4.Rayhoniy xati - muhaqqaqdan kelib chiqqan bo’lib uning ixtirochisi Ibn
Bavvobdir.
Rayhoniy xati - ko`fiydan kelib chiqqan. Bu nom xatning yozilishi shakl
jihatidan rayhonga o`xshashligida. Ko`fiy va rayhoniy xatlarning ixtirochisi Ibn
Bavvob (vaf.mil.1022y.) bo`lgan.
5.Tavqe xati - yarim tekis, yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan.
Ma`qaliy va ko`fiy xatlariga o`xshashligi bor. Tavqe deyilishiga sabab shuki,
ilgari qozilar qozixona hujjatlarining boshiga yoziladigan so`zlarni shu xat bilan
yozganlar. Qozilar va hokimlar hujjatlarni shu tavqe xati bilan imzolardilar. Idora
va mahkamalarda farmonlarga, maktublarga, qo`lyozmalarga tavqe uslubida imzo
qo`yilgan.
6.Riqo xati - ko’pchilik harflag bir-biriga qurama qilib yoziladi.
Riqo` xati - ko`pincha maktublar, kishilarga yuboriladigan xatlar shu xat bilan
yozilgan. Ko`pchilik harflari bir-biriga qurama qilib yoziladi. Riqo` «ruq`a»
so`zining ko`pligi bo`lib, qog`oz parcha, maktublar demaqkdir. Tavqe va riqo
xatining ixtirochisi ma`lum emas.
134
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatlarning har biri o’z o’rnida qo’llanilib kelingan.
Muhaqqaq xatidan qasida va she’rlar yozishda, suls-ilmiy asarlar va xat yo’1-
yo’riqlarida, rayhoniy va nasx-qissa va xabarlarda, tavqe buyruq va farmonlarda,
riqo xati maktublarda ishlatilgan. Undan tashqari, bu asosiy usulning har biri
ingichka va yo’g’on qalamlarda yozilishi natijasida yana o’n ikki xil xatni tashkil
qilgan. Shuning uchun ham eski maktablarda yozuv malakasini hamma o’quvchilar
ham to’liq egallay olmaganlar. Yozishga qiynalishning yana bir sababi ko’p
xarflarning so’zda qo’llanish o’rniga qarab har xil shakl olishidir.
Eski maktabda harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib yozish
“sarxat” deb atalib, ba’zan sarxat yozish bir-ikki yilga cho’zilgan. Sarxat yozishga
o’rgatilganidan so’ng “murakkabot”, ya’ni harflarni bir-biriga qo’shib yo’zib
o’rgatilgan. Murakkabotdan keyin “muqattaot” mashqi, ya’ni bayt va ruboiylar
ko’chirib yozish o’rgatilgan. Eski maktabda muqattaotga juda ko’p vaqt sarf
qilingan. Bolalar duoiy salomni yozishni bilsalar, ularning xat-savodi chiqqan
hisoblangan.
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat
mashg’ulotlari uchun zarur bolgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga
o’rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan
bir marta yozilgandan so’ng uning ustida qayta yozishga yo’l qo’yilmagan, bu yozuv
qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo’lgan. Bolalarga yuqoridagiga o’xshash
ayrim yo’1-yo’riqlar ko’rsatilgani bilan ularning ko’zi bilan qog’oz orasidagi
masofaning to’g’ri saqlanishiga e’tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish
ham ta’qiqlangan.
135
Eski maktabda husnixat qoidalarini o’rgatuvchi birdan-bir qo’lanma
“Mufradot” kitobi bo’lgan. Domlalar yozishni o’rgatish va husnixat mashq
qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o’rgatishning birdan-
bir yo’li ko’chirib yozish ko’nikmasini hosil qilish bo’lgan. Bolalar uchun arab
alfavitida yozish juda qiyin bolib, unda biror nuqtaning noo’rin qo’llanishi yoki
nuqtalar sonini kam yoki ortiq bo’lishi so’zning ma’nosini tubdan o’zgartirib
yuborgan. Shuning uchuin, arab yozuvida juda ehtiyot bo’lib yozish zarur edi. Ana
shunday bir vaqtda husnixat bo’lishni, har bir harfni to’g’ri va aniq yozishni talab
qilish, bu masalaga kishilarning diqqatini jalb qilishda husnixat ta’limini o’rgatuvchi
metodik qo’llanma juda muhim edi. Bu ishga birinchi bo’lib shoir va xattot
Shermuhammad Avazbek o’g’li Munis (1778-1829) bel bog’laydi. Munis 1804
yilda o’zbek tilida ‘Savodi ta’lim’ nomli risola yozadi. Uning bu risolasi amaliy
hamda nazariy tomondan o’sha davrga nisbatan katta ahamiyatga ega edi.
Munisning bu asari uning vafotidan keyin Xorazm xattotlari tomonidan ko’chirib
yoziladi.
Munis bu risolasini ikki qismiga birinchi qismida husnixatdan ta’lim bergan
ustozlari haqida, xat va chiroyli yozuv asboblari haqida foydali maslahatlar beradi.
So’ z maxzanining nishonasi ham,
Ma’ni durining hazonasi ham,
Har so’ zki, ko’nguldan o’vdi mavjud,
Xat bo’lmasa bo’lg‘ay erdi nobud...
U yozuv qoidalariga ham katta ahamiyat
berib shunday deydi:
Olam ishi intizomi andin,
Olam elining nizomi andin,
Ul bo’lmasa bo’lmag’ay kitobat,
Bu bo’lmasa qolmag’ay hikoyat...
“Savodi ta’lim”ning ikkinchi qismida arab
alfavitidagi harflarning o’lchovi va shakli,
katta- kichikligi tushuntiriladi. Munis bu
136
kitobida harflarning o’lchovini qat’iylashtirib har xillikka chek qo’yib, husnixat
ta’limiga yangilik kiritgan. Uning bu risolasi xattot va kitoblarga hamda o’z xatini
tuzatmoqchi bo’lgan kishilarga yaqindan yordam bergan.
Hozirgi kunda maktablarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri
o’quvchilarning savodxonligini oshirishdir. O’quvchilarning savodxonligini
oshirishda toza va chiroyli yozuvning roli katta. Ulug’ rus pedagogi K. D. Ushinskiy
husnixat darslariga alohida e’tibor berib, ‘dastlabki orfografik malakalar husnixat
darslarida tiklanadi’, - degan edi.
O’zbek maktablari 1940 yildan boshlab, krill grafikasi asosida yozuvga o’ta
boshladi. O’zbek maktablari uchun husnixatga oid maxsus qollanmalar
yaratilmagan bo’lsa ham, rus metodist olimlari tomonidan yaratilgan qo`llanmalar
asosida o`quvchilar yozuvga o`rgatildi.
1948- yilda V. A. Saglinning “Boshlang’ich sinflarda yoziivga o’rgatish” nomli
qo’llanmasida 1-4- sinflarda husnixatga o’rgatishning maqsadi, vazifalari va usullari
bayon etilgan. Bu kitobda yozuvda uchraydigan tipik grafik xatolarni tuzatish uchun
ko’rsatmalar va tez yozishga o’rgatuvchi tayyorgarlik mashiqlari berilgan.
Qo’llanmada doskada bo’r bilan yozish qoidalari ham bayon qilingan.
1948-yilda E.V. Guryanov “Yozuv mashqlarning psixologik eslatmalari” va
“Alifbe davrida yozuvga o’rgatishning psixologiyasi va metodikasi” nomli
qo’llanmalarida esa yozuv jarayoniga ilmiy asosda yondashadi va yozuvning
psixofiziologik asoslari ochib beriladi. Muallif bu qo’llanmalarda o’quvchilarning
diqqatini boshlang’ich sinflarda darsning samaradorligini oshiruvchi qator shart-
sharoitlarga to`xtaladi hamda amaliy ko’rsatmalar beradi. 1959-yilda E.V.
Guryanovning “Yozuvga o’rgatish psixologiyasi” kitobi nashr qilindi. Bu
qo’llanmada, asosan, yozuvga o’rgatish psixologiyasi to’la ochib beriladi hamda
eski kaligrafik yozuv sistemasi tanqid qilinadi. Muallif bosim bilan yoziladigan
yozuv sistemasini misollar bilan ko’rsatib beradi hamda mavjud yozuv grafikasini
soddalashtirishni taklif qiladi.
1983- yilda D. A. Pisarevskiy tomonidan yozilgan “Yozuvga o’rgatish”
kitobida birinchi marta boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun darslarni qanday
137
tashkil etish yo’llari ko’rsatiladi. Muallif bu kitobda harflarni izchillik bilan
o’rgatishni, har xil bog’lanishlarni to’liq ko’rsatib o’tadi. Ammo chiroyli yozuvga
o’rgatishning asosiy shartlari haqida kam ko’rsatma beradi.
1970- yidan boshlab soddalashtirilgan harflar qabul qilindi, “Alifbe” kitobida
o’quvchilar uchun ko’rsatmalar berildi. Yangi shriftning asosiy xususiyatlari
quyidagilardir: juda ko’p harflarning shakli soddalashtirilgan, katta harflarning
shakliga yaqinlashtirilgan; yangi harflar bir sharoitda qo’lni uzmasdan bog’lab
yozishga mo’ljallangan. Yozuv qurollari takomillashib borishi bilan E.V.Guryanov
tomonidan tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970- yildan boshlab maktablarda
keng qo’llanila boshlandi. Harflar soddalashtirilib, husnixat bilan yozishni
o`rgatishga mo`ljallangan kitoblar nashr qilina boshlandi.
O’zbek maktablarida soddalashtirilgan kirill alifbosida chiroyli yozish va
chiroyli yozishga o’rgatish borasida M.G’ulomov
17
tadqiqot ishlarini olib bordi. U
o’zining qo’llanmalarida 1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish
usullarini, husnixat qoidalarini ishlab chiqdi, amaliyotga tadbiq etish metodikasini
ochib berdi.
Amaldagi alfavitdagi harflarni husnixat bilan yozish qoidalariga doir amaliy
mashqlar namunasi Y.Abdullayevning “Sovg’a”, “Yangi alifbo va imlo”
“Hamrohim” qo`llanmalarida o’z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: |