142
Xurosonning katta qismidagi markaziy shaharlardan yana biri Marv Shohjon
(Turkmaniston)dir. Yoqut Hamaviyning aytishicha, al mavron *(ikki marv) degan
so’z bo’lib, biri Marvrud ikkinchisi Marv shdhjondir.
Yoqut shunday deydi: «Marvda ilmiy ahamiyatga ega bolgan qimmatli kitoblar
juda ko’p edi. Men u erdan ketgan vaqtimda (1220 yilda) vaqf qilingan 10 ta
kutubxona bor ediki, dunyoda kitobning ko’pligi va yaxshiligi jihatidan unday joyni
ko’rmaganman. Ular quyidagicha:
1. Katta jomega qarashli 2ta kutubxona bolib, biri Sulton Sanjar xodimlaridan
Aziziddin Abu Bakr Zanjoniy nomiga qo’yilgan. Unda 12 ming jildga yaqin
qo’lyozma kitoblar saqlanadi.
2. Al-Kamoliya kutubxonasi (kimga nisbat berilganligi ma’lum emas).
3. 1100 yilda vafot etgan Al Mustavfiy Abulsa’d Muhammad ibn Mansurning
madrasasidagi kutubxona.
4. Nizom al-Mulk Hasan binni Ishohning madrasasidagi kutubxona.
5. Somoniylarga tegishli ikki kutubxona.
6. Al-Amidiyya madrasasidagi kutubxona.
7. Marvdagi oxirgi vazirlardan Majdi mulkning kutubxonasi.
8. Madrasa Xotuniyadagi kutubxona.
9.Yana u erda Az-Zamiriya kutubxonasi. Bularning hammasi 1221
yilda
mo’g’ullar tomonidan xarob etilgan».
Axmad Tayibshoh Movarounnahriy bir necha xatga, ayniqsa,
suls xatiga
ravshanlik kiritgan. 1215 yilda vafot etgan. Ba’zilar bu xattotni Ibrohim shoh Tayib
Axmad deydilar.
Mavlono Yusuf Xurosoniy xattot Yoqutning mashhur shogirdlaridandir. Ustozi
bilan bir vaqtda vafot etgan. Yoqut xat bilan 1210 yilda ko’chirilgan «Kalimoti
murtazaviyya» asari Ayoso’fiya kutubxonasida saqlanadi. «Kalimot» bilan birga Ali
binni Hilol xatida Salomat ibn Jandal ismli arab shoirning qasidasini ko’chirgan. Bu
qasidani 1218 yilda ko’chirib tamomlagan. 1269 yilda vafot etgan.
Ibroqim Mirzo Shohrux o’g’li Temur nabiralaridan bo’lib, Sharafiddin Ali
Yazdiy shogirdlaridandir. Ulug‘ tarixchi o’zining «Zafarnomaiy Temuriy» asarini
143
Temurga bag’ishlab yozgan. Mirzo Ibrohim olti xil xatda tengi yo’q xattot edi.
Yoqut
uslubiga taqlid qilib, xat san’atida undan o’tib ketgan. U yozgan xat
qoldiqlarining ba’zilari hozir ham Sheroz qadimiy binolarida saqlanib qolgan. Xattot
1431 yilda vafot etgan.
Ahmad Rumiy Sulton Boysunqor kitobxonasining xattotlaridan bo’lib, ko’p
vaqtlar ulug’ kishilar bilan suhbatlashgan.
Sulton Boysunqor Temuriy shahzodalaridandir. U 35 yoshida -1427 yilda vafot
etgan. «Davlatshox tazkira»da ko’rsatilishicha, uning kitobxonasida 40
nafar
mashhur xattotlar tun kun kitobat bilan shug’ullanar edilar. Xattotlik, zarafshonlik,
oltin xalash, naqsh, lavxa, rasm, miniatyura va boshqa badiiy san’atlar ishlash
Boysunqor davrida ravnaq topgan. Istanbulning
xar bir kutubxonasida hech
bo’lmaganda bir nusxa uning davrida ko’chirilgan asar mavjud. Sulton buyrug’i
bilan ko’chirilgan qo’lyozmalardan «Faraj ba’da shiddat»ning tarjimasi va «Nusxat
ul-arvox» kitobi diqqatga sazovordir.
Mirzo Ulug’bek astronomiya va xandasada o’z davrida yagona bo’lgani kabi
Boysunqor mirzo she’r va xatda o’z davrining eng mashxur kishisi edi.
Eronliklaming aytishicha, to’rt kishi to’rt
xatda sulsda Boysunqor Mirzo,
nasta’liqda Mir Imod, nasxda Mirzo Ahmad, shikasta xatda Darvesh Abdu Majid
Tolqoniy ustod emish.
Dostları ilə paylaş: