partaning ustki qavatining ozodaligiga va yozayotganda daftarning tagiga toza
qog’oz varag’ini qo’yishga o’rgatib boorish kerak. Ularning hammasi o’quvchining
daftarni tashqi tomondan ozoda tutishini nazorat qilib borishga o’rgatadi.
Daftarning tashqi ko’rinishining ozodaligi va tartibliligi hamma tomondan
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Daftar varag’iga yozishda bolalarga quyidagilarni: tushuntirib o’tish lozim.
1. Sana yoki tartib raqami qayerga yozilishini:
2.
Qatorning qayeridan so’z yozishni boshlash lozimligini;
3. Qatordagi so’zlaning oraliq masofasi qanday bo’lishi kerakligini;
4. Avvalgi va keyingi ishlar orasida qancha qator tashlanishi haqida;
5. Betni qanday yakunlash haqida tushuntirib o’tish lozim.
Savol va topshiriqlar:
1.Husnixat darslariga qanday metodik talablar qo’yiladi?
2.Yozuvning gigeyenik talablariga nimalar kiradi?
3.Yozuv mebellari qanday talabga javob berishi zarur? Partada o’tirish qoidalarini
aytib bering?
4.Yorug’likning tushushi haqidagi ko’rsatmalarni so’zlab bering.
5.Yozuv jarayonida ruchka ushlash qoidalari va uni o’quvchilarga o’rgatish usulini
ayting.
6.Daftardan foydalanish qoidalariga nimalar kiradi?
7.Husnixat bilan yozish ko’nikmalarini shaklantirish nimalarga bog’liq?
Husnixatga o’rgatishning metodik shartlari
1. O’qituvchining namunaviy yozuvi
– bolalarda to’g’ri yozuvni
shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Yozishga o’rgatish ko’pincha taqlid
qilish orqali amalgam oshadi. O’qituvchining birinchi o’quv yilida sinf taxtasi yoki
o’quvchi daftariga yozganlari asl nusxa sifatida ko’riladi, chunki o’quvchilar undan
o’z daftariga ko’chirib oladilar. Shuning uchun o’qituvchining husnixati to’g’ri va
chiroyli bo’lishi lozim. Sinf taxtasiga yozilgan yozuvi esa o’quvchining daftaridagi
harflarning joylashishiga mos xolda bo’lishi kerak. Amaliyotning ko’satishicha,
148
agar o’qituvchi qatorning oxirigacha yozmasa (to’ldirmasa), bolalar ha undan
namuna olib qatorning oxirigacha yozishmaydi, qog’ozni bekorga sarf etishadi va
so’zlarni keyingi qatorga to’g’ri ko’chirish yo’llani o’rgana olmaydilar, shubhali
hollarda qator oxirigacha ko’chirmaydigan bo’lishadi.
O’qituvchi o’z yozuvini yanada chiroyli va mukammal bo’lishi uchun uzluksiz
shug’ullanib borishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishi shart.
Shunday fikrlar bor, agar muntazam yozib borilsa, yozuv yaxshilanib
boradi.Lekin buning aksi ham bo’lishi mumkin:inson qanchalik ko’p yozsa, uning
yozuvi shu nchalik tushunarsiz bo’lib borar ekan.
O’qituvchi to’g’ri husnixatda yozishni o’rganib olishi lozim.O’qituvchi faqat
nazariy jihatdangina emas,balki har bir harf uchun yo’lga qo’yilgan amaliy
proporsional bog’liqlikni ham bilishi darkor.
Shu bilan bir vaqtda lozim bo’lgan mashqlar orqali qo’lning kaftini va
barmoqlar harakatini yengillatish va rivojlantirish kerak bo’ladi.
O’qituvchi sinf taxtasida yozish usullarini ham egallab olishi lozim.Sinf
taxtasidayozish jarayonida xatolarga yo’l qo’ymasligi kerak..Masalan , harflarni
grafik yozish,uning uzoqdan qandayko’rinishini hisobga olmasdan yozish, barcha
asosiy va birlashtiruvchi unsurlarni bir hil qolipda yozish kabi .
Faqatgina yaxshi yozuvga ega bo’lgan holdagina o’qituvchi bolalarga namuna
bo’la oladi va ulardan yaxshi natijalar olishi mumkin.O’quvchilar harflarning
tuzilishini ,uni chizishdagi ketma ketligini yaxshi o’zlashtirib olishlari uchun
o’qituvchi bularning hammasini sinf taxtasida ko’rgazmali tarzda ko’rsatishi lozim.
Tajribalarning ko’rsatishicha ,o’quvchi chiroyli va to’g’ri yozuvda
sinftaxtasiga bo’rda aniq va chiroyli yozadigan o’qituvchining o’quvchilari chiroyli
va to’g’ri yozadilar.
Sinf taxtasida yozish malakalariga quyidagilar kiradi:1-navbatda qo’l
harakatini rivojlantirish, simmetriyani his qilish va taxtaning qaysi qismida yozilgan
harf, so’z va fraza yozilganini tezda topishni ,bir qarashda topa bilishlikni o’rgatish
lozim.
149
Bundan so’ng bo’r bilan yozishni u bilan ishlash texnikasini o’rganib olish
lozim. Bo’r bilan yozishda ingichka va qalin shtrixlarni yozishni, shuningdek,
ingichka chiziqdan bosib yozishga o’tish kabi malakalarni egallash lozim.Yozuvda
sinf taxtasi va bo’rning sifati katta ahamiyatga ega.
2.O’qituvchi bolalarning daftaridagi xato-kamchiliklarni o’z o’rnida aniq
ko’rsatmasligi natijasida bolaning yozishiga nisbatan e’tiborsizlik yuzaga keladi.
3.Aniq va to’g’ri husnixatda yozishga nafaqat husnixat darsida, balki barcha
dars turlarida va sinfdan tashqari yozuv ishlarida,yozma ariza, ular tomonidan
tayyorlanadigan ko’rgazmalar (devoriy gazetalar, jadvallar, shiorlar va h.zo) amal
qilish kerak.
Orfografik - to’g’ri, aniq va tushunarli qilib yozishni talab etish jarayonida
o’qituvchi o’quvchining pala - partish yozuvini va ikki varaq qog’ozga yozgan
yozma ishini ham nazorat qilib borishi lozim. Har bir o’quvchining daftari tartibli
bo’lishiga erishish kerak.
Harflarning yozilishi sodda va to’g’ri bo’lishi kerak. Pedagogik amaliyotda,
boshlang’ich 1-2- sinflarda o’rganiladigan shriftlarning namunasi ishlab chiqilgan.
3- va 4-sinflar amaliyotida qo’llanadigan tez yozuv malakasining boshlang’ich
sinflaridagi yozuvdan anchagina farq qiladi. Xarakterli jiharlaridan biri shundaki,
tez yoziladigan yozuvda ayrim so’zlar qog’ozdan qo’l uzmasdan yoziladi.
4. Husnixatga o’rgatish izchil va ketma-ketlik xarakteriga ega bo’lishi lozim.
O’rgatish jarayonida o’qituvchining dastur materialini, o’quvchini soddaroq shakliy
ko’rinishga ega bo’lgan harflardan, murakkabroq ko’rinishga ega harflarga
o’tkazishga va yirik hamda sekin yozuvdan, mayda va tez yozuvga o’tkazishda
e’tibor beriladi.Husnixat mashqlarini o’zaro bog’liqlikda muntazam uyushtiriladi.
Shuni yodda tutishi kerakki, bolani sekin yozuvda harfni to’g’ri yozishni
o’rganib olmaguncha tez yozuvga o’tkazish mumkin e-mas. Shuning uchun ham
dasturda tez yozish ko’nikmalari 3-4-sinflarda shakllantiriladi.
5. Ayrim o’quvchilarning yozuvidagi individual farqlikni kuzatib borish
mumkin. Bu farq o’ta qiya yozilishda va hokazolarda kuzatiladi.
150
Dastlabki yozuvga o’rgatish paytida individual ko’p ko’zga tashlanmaydi, bu
hol ko’proq yuqori sinflarda tez yozuvga o’tgan paytda kuzatiladi.
Yozuvdagi individuallik o’ziga xoslikni 4-sinflarda o’tkaziladigan
mashg’ulotlar jarayonida aniqlash mumkin, chunki bu davrda o’quvchilar mustaqil
ravishda bir chiziqli daftarga yozishga o’tgani bo’ladi.
O’quvchida aniq va ravon yozuv hosil bo’lishi uchun o’qituvchi o’quvchining
butun diqqatini harfning grafik shakliga, boshqa harf bilan qo’shilib ketmasligiga,
har biri bir - biridan o’ziga ko’rsatilgan o’lchamga e’tiborini qaratishi lozim.
6. O’quvchilarning husnixat bilan to’g’ri yozish ko’nikmalarini rivojlantirib
borish, husnixatga o’rgatish ishlarini sistematik tarzda olib borish talab etiladi.
Buning uchun ham o’quvchilar to’g’ri yozuvning har kungi ko’nikmasi bilan
cheklanib qolmay, uzluksiz ravishda nazorat tekshiruv ishlarini yoki yozuvning
sifatini ‘ko’rish’ ishlarini olib borishlari zarur bo’ladi.
O’quvchilar nazorat vaqtini oldindan bilganlari ma’qul, chunki bungacha
ruchkadagi kamchilikni va daftarni tayyorlab qo’yishga vaqt ajratadilar. Yozib
bo’lgach, bolalar o’z ishlarini o’rtoqlari bilan almashadilar va o’qituvchi bilan
birgalikda tahlil qiladilar. Eng yaxshi ishlar ‘o’quvchi burchagiga ilib qo’yiladi.
Nazorat paytida husnixat qoidalariga rioya etgan holda yozilganiga,
harflarning to’g’ri yozilganligiga, matnning oson o’qilishiga, yozuv bir tekisligiga,
matnni o’qish uchun va qog’ozni tejashni rejalay olishga va h. zolarga e’tibor berish
lozim. Muntazam ravishda nafaqat ona tili darslaridagi yozma ishlarini, balki
o’quvchining boshqa o’quv fanlaridagi yozuvini ham tekshirib borish lozim.
Nazorat - tekshiruv ishlarini bir - biri bilan solishtira olishi uchun
o’quvchilarning ishlarini maxsus joyga ilib qo’yiladi. Buning uchun nazorat -
tekshiruv ishlarini alohida qog’ozga yozish kerak va u uncha katta bo’lmagan matn
asosida bo’lishi kerak. Yozuv malakasini yaxshilanganligini solishtirib borish uchun
har bir o’quvchining nazorat - tekshiruv ishlarini saqlab qo’yish lozim.
Dostları ilə paylaş: |