Hattotlik maktablari haqida ma’lumot
Xattot va madaniy hayot.
Sharq xalqlari, shu jumladan, O’rta Osiyo
xalqlarining madaniy tarixi eng qadimiy va ko’p sohalarda yuksak taraqqiyot
bosqichiga erishilganligi butun dunyo ilm-fan ahli tomonidan e’tirof etilgan
haqiqatdir. O’rta Osiyo xalqlari o’z o’tmishida bir necha daf`a iqtisodiy, siyosiy va
madaniy taraqqiyot davrini boshidan kechirgan.
17
G’ulomov.M, “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini husnixatga o’gatish” T. O’qituvchi 1970,
“Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish” T. O’qituvchi 1992, “Husnixat metodikasi” T.
O’qituvchi 1976.Abdullayev. I “Hamrohim” o’quv qo’llanma” T. O’qituvchi 1996, “Sovg’a”
o’quv qo’llanmasi T. O’qituvchi 1996, “Yangi alifbo va imlo” T. O’qituvchi 2000
138
Arablar istilosidan so’ng IX-XI asrlarda O’rta Osiyoda, ayniqsa, Xorazmda
madaniy va ilmiy tafakkur beqiyos barq urib gulladi. Jahonga tanilgan al-Farobiy,
Ibn Sino, al-Beruniy singari ulug‘ mutafakkir olimlar dahosidan hozirgacha
bashariyat bahramand bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu porloq
davr arab istilosining mahsuli emas, aksincha, arab istilosiga qadar O’rta Osiyoda
mavjud bo’lgan xorazmiylar va so’g’diylarning uzoq asrlik boy madaniyatining
qonuniy taraqqiyotidan iborat bolgan. Arab istilosiga qadar O’rta Osiyo xalqlari, shu
jumladan, turkiy xaqlar (ayniqsa, uyg’urlar) yaratgan madaniy obidalar fikrimizning
isbotidir. Ayniqsa, 1965- yili Samarqandda ochilgan Afrosiyob arxeologik
yodgorliklari arablarga qadar O’rta Osiyo xalqlarining mislsiz taraqqiyot darajasida
ekanini yana bir marta tasdiqlaydi.
XIII-XIV asrlarda mo’g’ullar O’rta Osiyoni vayron qilib, obod shaharlarni
xarobaga aylantiradilar. Madaniy yodgorliklar parchalanib, ilm-fan xazinasi bo’lgan
minglab qo‘lyozma kitoblar gulxanlarda kuydiriladi. Mo’g’ul bosqinchilari qancha
barbod qilmasinlar, ijodkor xalq o’z madaniy merosini ardoqlaydi, eng og’ir va
mashaqqatli hollarda madaniy hayot olg’a tomon boraveradi.
XIV-XV asrlarda Temuriylar davrida o’rta Osiyo feodalizm jamiyatida qisqa
muddatli bo‘lsa ham markazlashgan feodal davlati joriy qilinib, mamlakat hayotida
iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalish ro’y berdi. Ayniqsa, XV asr Hirotda,
Samarqandda o’rta Osiyo xalqlari madaniyati o’zining eng porloq davrini boshidan
kechirdi. Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xondamir, Behzod,
Sulton Ali va Mirzo Bobir bu davrning aql egalaridan bo’lganlar.
XVI asrning boshidan safaviylar va shayboniylar hokimiyat tepasiga kelishi
bilan iqtisodiy va madaniy hayot asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi.
XIX asrga kelganda, ayniqsa, o’rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy va
siyosiy aloqalari kuchaya borgan sari madaniy hayotda yana kotarilish roy bera
boshladi.
Shunday qilib, IX asrdan to XX asrgacha, taxminan 1000 yillik tarixida o’rta
Osiyo xalqlarining ilm-fan va ma’naviy madaniyat sohasida yaratib qoldirgan buyuk
merosi bizning davrimizgacha, asosan, qo’lyozma kitoblar shaklida etib kelgandir.
139
Arab yozuvida kitobat qilingan ming yillik madaniy meros nasldan-naslga
qo‘lyozma shaklida o’tib kelgan. Shu qolyozma kitoblar tufayligina o’rta Osiyo
xalqlari ota-bobolari yaratib qoldirgan madaniy merosdan bahramand bo’lganlar.
Shu qo’lyozma tufayli O’rta Osiyodagi har bir xalq, har bir millat o’z tarixiga ega
bo’lgan. Nihoyat, shu qo’lyozmalar tufayli o’rta Osiyo xalqlari jahon madaniyat
tarixi taraqqiyotiga o’z hissasini qo’sha olgan.
Bu qo’lyozma kitoblarning muallif tomonidan parcha-parcha qog’ozlarga
yozilib ijod etilgandan so’ng, uni oqqa ko’chirib, kitob tusiga kirituvchi g’oyat
murakkab, mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli vazifani bajaruvchi shaxs kitob
bo’lgan. Kotiblik da’fatan qaraganda kishiga bir texnik vazifaga o’xshab ko’rinadi.
Kitob go’yo muallifning yaratgan asarini harfma-harf ko’chiruvchi kishidek bo’lib
tuyuladi. Haqiqatda esa bunday emas.
O’rta asr tarixida va u davrdagi madaniy hayotda kitobatlik hunari eng sharafli
va muqaddas vazifa hisoblangan. Avvalombor kotibning savodli bo’lishining o’zi
feodalizm sharoitida ko’p vaqt hokimlar, amirlar savodsiz bo’lgan bir paytda uni
(kotibni) yuqori mavqega olib chiqadi. Ikkinchidan, kotib kitobat qilish munosabati
bilan har bir ko’chirgan kitobning mazmunini o’zlashtira boradi. Shuning natijasida
haqiqiy kotib o’z zamonasining o’qimishli ilm-ma’rifat egalari qatoridan joy oladi.
Demak, o’rta asr Sharq mamlakatlarida kitob ko’chirish bilan shug’ullangan
xattotlarni biz oddiy ko’chiruvchilik vazifasini bajaruvchi shaxs deb emas, balki har
bir xattotni o’z zamonasining o’qimishli ma’rifatparvar, ilg‘or ziyolisi va yirik
madaniyat arbobi deb tushunishimiz kerak.
Arab yozuvi O’rta Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan. Shu sababli arab
mamlakatlaridagi va shuningdek, O’rta Osiyodagi bir guruh xattotlar Qur’on hamda
diniy kitoblarni ko’chirish bilan shug’ullanganlar. O’z zamonasida nihoyatda
muqaddas hisoblangan «kalomi sharif», din, shariat haqidagi kitoblarni ko’chirish
vazifasi har kimning qo’lidan kelavermagan.
Bulardan tashqari tarixdan yana shu narsa ma’lumki, o’rta asrlar yashagan bir
qancha olim, shoir va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab,
keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Bunday ulug’ zotlar faqat o’z
140
asarlarinigina kitobat qilmasdan, balki boshqa mualliflar asarini ham ko’chirganlar.
Masalan, Hofiz Sheroziy Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»sini ko’chirgan. Temuriy
bolalaridan bir nechalari (Boysunqor Mirzo, Rolib Mirzo, Badiuzzamon) kitobat
bilan shug’ullanganlar. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy
manbalardan ma’lum. Mirzo Bobur arab grafikasining turkiy xalqlarga moslab islox
qilingan engil yozuv «xatti boburiy»ni ijod etgan. Munis Xorazmiy xattotlik san’ati
haqida «Savodi ta’lim» nomli risola yozgan va Alisher Navoiyning «Xamsa»sini
nihoyatda go’zal xat bilan ko’chirgan. Nihoyat, Buxoro xattotlik maktabining so’ngi
vakillaridan XIX asrning buyuk olimi, ensiklopedik aql egasi Axmad Donish o’ndan
ortiq zebo qo’lyozmalar ko’chirib qoldirgan.
Ibn Bavvobning xat san’ati haqidagi risolasidagi asosiy g’oyalar keyinchalik
juda ko’p risolalarda taraqqiy ettiriladi va yangi amaliy maslahatlar, nazariy fikrlar
bilan boyitiladi.
Biroq Ibn Bavvob ixtiro etgan xat namunalari haqida XVI asrgacha, deyarli,
hech qanday aniq ma’lumot yo’q. Faqat XV asrning II yarmida yashab 908/1502-03
yilda vafot etgan arab xattotlaridan Muhammad bin Hasan al-Tibiy o’zining
risolasida Ibn Bavvob Tomonidan 17 xil xat ixtiro etilganligini to’la ravishda bayon
qiladi hamda bu 17 xil xatni Ibn Bavvob yozgan mo’tabar nusxalardan ko’chirib,
ularning nomlarini birma-bir ko’rsatadi. Muxammad Bin xasan al-Tibbiy risolasini
arab olimlaridan doktor Saloxdddin al-Munajjid 908/1502-03 yilda ko’chirilgan
nusxasini 1962- yilda faksimal shaklida nashr qildirgan va unga katta so’z boshi
yozgan.
Mazkur risola orqali biz Ibn Bavvobga nisbat berilgan xat namunalari bilan
tanishish imkoniga egamiz.
Arab xatining husnixatdagi eng muhim qoidalari va turlarini mashhur ixtirochi
Ibn Bavvob 36 tur xatdan tubandagi 16 turini Ibn Muqladan keyin ixtiro qilnganligi
va takomillashtirganini XVI asr (1519 yil)da yashagan ulug’ xattot Muhammad
binni Hasan Tibiy o’zining «Jome’i mahosini kitobat ul-kuttab» nomli asarida Ibn
Bavvob usulidan suratlarini yozib ko’rsatgan.
141
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti qolyozmalar fondida mavjud minglab kitoblar va kitobat
san’ati, husnixat to’g’risidagi qator risolalarda berilgan ma’lumotlardan husnixat
san’ati o’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyat tarixida yetakchi ro’l o’ynagan
san’atlardan bo’lgan degan xulosa chiqarish mumkin.
O’rta Osiyoda xattotlik san’atinining keng taraqqiyoti Temur va Temuriylar
davridan boshlanadi. Husnixat san’ati dastlab Xuroson poytaxti Hirotda rivojlanib,
u erda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik maktabi tashkil topadi.
Maktabning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu yerda, asosan, XIV asrda Mir
Ali Tabriziy yaratgan nasta’liq xat uslubi Sulton Ali tomonidan takomillashtiriladi.
Bu uslub yirik va mayda nasta’liq kitobat ishlarida keng qo’llanib, badiiy va tarixiy
asarlar faqat nasta’lish xatida kitobat qilingan. Diniy va ba’zi ilmiy asarlar esa nasx
xatida ko’chirilgan. Kofiy, riqo,suls va nasx xatlari esa ko’proq me’morchilik,
naqqosh san’atida va Sharq epigrafiyasida ishlatilgan.
Xattotlik san'atini rivojlantirishda Ibn Muqla, Ibn Bavvob va Yoqut
Musta'simiy bilan bir qatorda XV asrning mashhur xushnavisi Sultonali
Mashhadiyning ham xizmatlari kattadir. Uning «Odob ul-mashq» risolasida birinchi
bor chiroyli yozuvga o`rgatishning ikki usuli-nazariy va qalamiy usullari bayon
etilgan. Nazariy usul o`tgan ustozlar yozuvini o`rganish va mushohada etishni
taqozo etsa, qalamiy usul-chiroyli nusxaga qarab payvasta mashq qilishni talab
etadi.
Hushnavislar aksari ikki tarzda jalliy va xalfiy tarzda yozadilar. Odatda xalfiy
mashqi kunduzgi, jalliy mashqi kechasi amalga oshirilar edi. Chunki xalfiy xati
kichik yozilsa, jalliy yozuvi katta-katta yozilar edi. Ko`pgina kitoblarning
hoshiyalarida xalfiy xatida kitobat qilingan yozuvlarni ko`ramiz. O`rta asrlarda har
bir hushnavis hech bo`lmaganda uch xil yozuvda-suls, nasx, nasta'liq yozuvlarida
mashq qilar edilar.
Dostları ilə paylaş: |