O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   416
Savol va topshiriqlar: 
1. Husnixatga o’rgatishda qaysi tamoyillarga amal qilinadi? 
2. Husnixatga o’rgatishda ongillik tamoyiliga qanday amal qilinadi? 
3. Husnixatga o’rgatishda genetik tamoyilining ahamiyatini tushuntiring. 
4. Takrorlash tamoyili deganda nimani tushunasiz? 


159 
5. Husnixatga o’rgatishda qanday ko’rgazmalardan foydalaniladi? 
6. 1-4-sinf o’quvchilarini husnixatga o’rgatishda ularning qaysi holatlari 
hisobga olinadi? 
7. O’quv va yozuvning o’zaro aloqadorligi nimalarda namoyon boladi? 
8. Chiroyli yozuv imlo bilan qanday aloqadorlikka ega? 
Husnixatga o`rgatishning metod va usullari 
Husnixatga o’rgatish metodikasi ham boshqa fanlar qatori
 
o’zining metod va 
usullariga ega, bo`lib. Ular davr talablari asosida takomillashib bormoqda. Hozirgi 
kunda o`quvchilarni husnixatga o`rgatishda quyidagi metod va usullar ta`lim 
jarayoniga tatbiq etib kelinmoqda: 
1.Chiziqli usul. 
2.Genetik usul 
3.Namunaga qarab yozish usuli. 
4.Namunaga qarab ko’chirish usuli. 
5.Nusxa ko’chirish usuli. 
6.asavvur orqali yozish usuli. 
7.Ritmik usul(sanoq-ohang)
 
8.Harf shakllarini tahlil qilish usuli 
9.Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli 
10.Qo’l harakatini mashq qildirish usuli.
11. Qo`l uzmasdan yozish usuli. 
11.Xatolar ustida ishlash usuli.
Chiziqli usul. 
Qaysidir harfni yozilishini o’rganish uchun o’quvchi bu harf 
qanday belgilarga ega ekanligini ,harfdagi alohida elementlarning joylashish 
o’rnini,uning kattaligini va hokazolarni o’rganib olishi kerak.O’quvchiga harfning 
yozilishini to’g’ri o’rgatish uchun

uning qatordagi o’rnini to’g’ri joylashtirish va 


qatorni qog’oz varag’ioda joylashish o’rnini bilish uchun qog’ozda gorizontal ,yotiq 
chiziqlar chiziladi, shunda daftarning betida o’ziga xos setka paydo 
bo’ladi.O’quvchilar unga har bir alohida harfni yozib boradilar. 


160 
Qatorning yo’nalishini ko’rsatib turuvchi chiziq va kataklar harflarning ayrim 
elementlarining proporsiyalarini aniqlashtirib olish va yozuvni o’rganish jarayonini 
anchagina osonlashtiradi. Shuning uchun ham yozuvga o’rgatishning asosiy uslubi 
hisoblanadi va o’quvchi maktabda to’g’ri yozish mashg’ulotlarida undan 
foydalanadi.chiziqli uslubning o’ziga hos ijobiy xususiyatlaridan tashqari , 
setkaning ichiga yozish bir qator kamchiliklarga ega: 
1) tez-tez uchrab turadigan kataklarda yozish bolani bir muncha cheklab 
qo’yadi, uning diqqatini bo’ladi;bir tomondan o’quvchi kerakli harfni yozayotgan 
qo’lining harakatini kuzatib borsa, ikkinchi tomondan esa harflar chiziqdan 
tashqariga o’tmasligini kuzatib boradi. 
2) kataklar orasiga yozishni o’rgangan bola aniq va tez yozish malakalarini 
egallay olmaydilar. Shuning uchun ham o’quvchi harfning elementlarini chizish 
asosiy proporsiyalarning asosini o’zlashtirib olgandan so’ng , kataklarga yozish 
ehtiyoji yo’qoladi. Ikkinchi sinfdayoq bolalar bir chiziqli daftarga yozishga 
o’tadilar. 
3) qo’l kaftlarining va panjalarining erkin harakatlanishini rivojlantirish uchun 
lozim bo’ladigan uslublar yozuvga o’rgatishda mashq harakteriga ega bo’lgan 
alohida mashg’ulotlarsiz ish bitmaydi.Bu mayda muskullar va qo’lning kaft qismi 
yaxshi rivojlanmagan. Ularda ko’rsatgich barmoq va

ayniqsa uning uchi yaxshi 


rivojlanmagan, buning natijasida bola ko’rsatkich barmoq bilan ruchkani qattiq 
bosib yozadilar.Bolalar katta barmoqdan ham yaxshi foydalana olmaydilar, buning 
natijasida o’z xohishlaricha ushlaydilar. Shuning uchun ham ko’rsatkich va katta 
barmoqning mayda muskullarini rivojlantirish lozim. 
Tayyorgarlik mashqlarini bajarish bilan bolalar qo’llarini yozuvda kerak 
bo’ladigan harf elementlarini nozik va aniq harakatlarga tayyorlab boradilar. 
Bunday mashqlarning maqsadi barmoqlar harakatining yengil va egiluvchan 
bo’lishiga erishishdir. Ular o’quvchilarga harflarni to’g’ri husnixatda yozishga va 
uni tez yozuvda rivojlantirishga yordam beradi. 
Bu uslubni birinchi sinfning birinchi yarim yilligida yozuvga endi o’rgatishga 
boshlagan davrda qo’llash katta ahamiyatga ega.Masalan,pastga aylana shaklida 


161 
yoziladigan shtrixni yozish uchun, barmoqlarni aylana harakat qilishga mashq 
qildirish lozim. Keyinchalik ular “o’”harfini yozishga ham yordam beradi. 
Yozuvda yoki uslubda ko’rsatib o’tilgan mashqlarning barchasini birdaniga 
bajarish mumkin emas, balki u yoki bu harf o’rgatish uchun dars jarayonida kerak 
bo’ladigan, 
qo’l 
va 
barmoqlarni 
to’g’ri 
harakatlantirishga


Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin