Boshlang’ich sinfda husnixat daqiqalarining mazmuni Husnixat daqiqalari ona tili darsining bir qismini tashkil qiladi. Husnixat
daqiqasining mavzusi, husnixatga o`rgatishning maqsad va vazifalari, tashkil etish
shakllari, metod va usullari darsning maqsadi, turi, shakli, bosqichlariga singdiriladi.
Masalan, darsning mavzusi “Tovushlar va harflar” shundan so`ng husnixat mavzusi
yoziladi. Bosh B va kichik b harfini husnixat bilan yozish. Bb harfi ishtirok etgan
gap yozish.
Daqiqaning maqsadiga qo`shimcha “ O’quvchilarni yozuv faoliyatida
ishtirok etadigan tana qismlari bilan tanishtirish. Yozuv paytida gavdani to’g’ri
tutishga o`rgatish. Yozish jarayonida o`quv qurollaridan to`g`ri foydalanish
ko`nikmasini shakllantirish” kabilar yoziladi.
Darsning birinchi bosqichiga “Yozuv jarayonida odamning tana qismining
holatini ko’rsatish va nomlari bilan tanishtirish. Yozayotgan paytdagi holatini video
orqali namoyish qilish. Ularni shunday holatda o`tirishlarini mashq qildirish.
Daftarning turishi, kaftni to’g’ri tutish va ruchkani to’g’ri ushlashni mashq qilish.
Bb harflari yuzasidan suhbat o`tkazish va o`quv materiallarini yozish. O`quvchilar
yozuvini nazorat qilib borish, kamchiliklarini tuzatishga ko`maklashuvchi ish
turlarini tashkil qilish” kiritiladi.
Daqiqaning borishi: Husnixat daqiqasiga rejalashtirilgan ishlar amalga
oshiriladi.
O’qituvchi yozuv jarayonida noto’g’ri o’tirish bir qancha jiddiy kasalliklarning
kelib chiqishiga sabab bo’lishini va keyinchalik butun hayoti davomida qolishi
haqida ma’lumot berib o’tadi. Bularga masalan: uzoqni ko’ra olmaslik, bukchayish,
nafas olishning qiyinlashuvi va o’zidan keyin ko’krak qafasi kasalliklarining kelib
chiqishiga va h.zolarga sabab bo’ladi.
Shundan keyin o’qituvchi o’quvchilarga tushuntirib o’tganlarini takrorlab
berishlarini taklif etadi.
Stolga o’tirayotganda o’quvchilarga yaxshi ko’rinadigan joyga (eng yaxshisi
profil holda) o’tirib: ‘Qaranglar, men hozir yozish jarayonida qanday o’tirish talab
177
etilsa, shunday o’tiraman. Sizlar ham men qanday o’tirsam, shunday o’tirishga
harakat qiling. Qarang-chi, men qanday o’tiribman, egilibmi, yo to’g’ri o`tirdimmi?’
O’quvchilar: To’g’ri.
O’qituvchi: qaranglar, mening qo’llarim qayerda turibdi va diqqat bilan qarang-
chi, tirsaklarim qanday holda turibdi?