178
O’quvchilarga daftarlar tarqatiladi va sinf taxtasida daftarni to’g’ri qo’yganda
egilish chizig’i to’g’ri burchak bilan partaning oldingi chetiga tushishini ko’rgazmali
holda ko’rsatib o’tadi.
Bundan keyin oqituvchi o’quvchilarga ruchkani to’g’ri
ushlash tartibini
ko’rsatib beradi. Ruchkani uchta barmoq bilan : bosh, o’rta va ko’rsatkich barmoqlar
bilan ushlash lozim. Bu barmoqlar juda ham bukilgan va juda ham ochilgan
bo’lmasligi kerak. Barmoqlarni
qattiq siqmaslik kerak, bosh barmoq ko’rsatkich
barmoqqa tegmasligi kerak. Qolgan ikki barmoqlarni shunday joylashtirish kerakki,
bunda ular yozish jarayonida qo’l kaftining qator yo’nalishiga erkin holda
yo’naltirib boradi, bu esa tez va bog’lanishli yozuvda muhim o’rin tutadi. Nomsiz
barmoqni o’rta barmoqqa yoki kaftga tomon engashtirish mumkin.
Jimjiloq kaft
uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi, u yozish jarayonida qog’oz yuzasiga tegib turish
va unda yengil harakatlanishi kerak. Qo’l kafti shunday holatda joylashishi kerakki,
yozayotgan odam kaftning ichki tarafmi ko’rmasligi lozim. Kaftning o’ng tomoni
qog’ozga tayanishi mumkin emas, bunday holat o’ng qo’lning
erkin
harakatlanishiga halaqit beradi.
Husnixat bilan yozilgan yozuvlar namoyish qilinadi. Bb harflarini va u ishtirok
etgan so`z va gaplarni doskada yozib ko`rsatadi.
Husnixat bilan yoza olmaydigan, kamchiliklarga yo`l qo`yayotgan
o`quvchilarga yordam ko`rsatiladi.
Shuningdek, o’quvchilarga uyga beriladigan
topshiriqlarni ham oldindan
rejalashtirib qo’yish kerak. Beriladigan topshiriq o’quvchilarni mustagil ravishda
mashg bajarishga va o’tilgan dastur materialini mustahkamlab
borishga xizmat
qilishi lozim.
Bu kabi suhbatdagi maslahatlar keyingi husnixat daqiqalarida eslatib turiladi.
Dostları ilə paylaş: