O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   416
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Husnixat daqiqalarini tashkil etishning pedagogik, umumdidaktik talablari 
nimalardan iborat? 
2. 1-4-sinflarda husnixat daqiqalari qanday tashkil etiladi? 


179 
3. Husnixatga o’rgatish qoidalari deganda nimalar anglaniladi? 
4. Husnixat daqiqalarini to’g’ri tashkil etish uchun o’qituvchi oldiga qanday talablari 
qo’yiladi? 
5. Boshlang’ich sinf dasturini husnixat daqiqalariga qo`yiladigan talablar bo`yicha 
tahlil qiling. 
Husnixat daqiqasi namunasi: 
Mavzu: Kichik “
q
” harfini yozish daqiqasini tashkil etish 
Maqsad:
O’quvchilarni kichik “
q
” harfini va so`zlarni husnixat bilan 
yozishga o’rgatish.
Daqiqaning jihozlari:
“Yozish vaqtida to’g’ri o’tir” plakati, kichik “q” 
harfining yozma shakli, q harfining multimedia orqali yozilishini ko`rsatish 
 Daqiqaning rejasi: 
1.Darsning tashkiliy qismi. 
2.Chiroyli yozuv qoidalari haqida suhbat. 
3.Panja va barmoq muskullarining harakatini o’stiruvchi mashqlar. 
4.Kichik “
q
” harfining elementlarini doskaga yozib ko’rsatish. 
5.Kichik “
q
” harfining yozma va bosma shakllarini taqqoslab ko’rsatish. 
6.Harflarning shaklini daftarga yozdirish. 
7.Badantarbiya mashqlarini o’tkazish. 
8.Kichik “
q
” harfini qo’l harakatini uzmasdan bog’lab yozishga o’rgatish. 
9.Kichik “
q
” harfining boshqa harflar bilan bog’lanishini mashq qilish. 
10. Uyga vazifa berish. 
Tashkiliy qism: 
Yaxshi yozgan o’quvchilarning ishlarini ko’rsatish va rag’batlantirish. 
Daqiqaning borishi: 
O’qituvchi o’quvchilarning tayyorgarligini har bir o’quvchining oldida daftar, 
avtoruchka borligini tekshirib yozuv daftarlarini ham ko’rib chiqadi. 
Sinfda osib qo’yilgan “Yozish vaqtida to’g’ri o’tir” nomli plakatdan 
foydalanib, o’quvchilarning o’tirishini tekshirib chiqish, parta ustidagi qiya 
chiziqlariga daftarning holatini to’g’rilab oldi. 


180 
O’quvchilarga barmoqlarining harakatlarini o’stiruvchi mashqlar bajariladi. 
Bunday mashqlarni partada o’tirgan holda bajartirish mumkin. Qo’llarimizni 
oldinga uzatib, barmoqlarimizni ochamiz, ikki deganda barmoqlarimizni ochamiz, 
yana yopamiz. (bu mashq 5-6 marta takrorlanadi.) 
O’quvchilarga quyidagi topishmoqlar aytilib javobini topish so’raladi.
O’zi bitta qulog’i to’rtta. (qozon) 
Barmog’i bor-u tirnog’i yo’q. (qo’lqop) 
Doskaga topishmoqlar javobi yozilgan ko’rgazma qo’yilib, quyidagicha suhbat 
qilinadi.
-Bolalar doskadagi so’zlarni diqqat bilan kuzatting. Aytingchi, bu so’zlardagi 
o’xshashlik nimada?
Bu so’zlarda q tovushi ishtirok etgan so’zdan q tovushining o’rni aniqlanadi.
Qozon- Q tovushi so’z boshida kelgan. 
Qo’lqop- Q tovushi so’z boshida, so’z o’rtasida kelgan. 
Bugun kichik “q” harfini yozishni mashq qilamiz. O’qituvchi doskada kichik 
“q” harfi kattalashtirilib yoziladi yana shunga doir plakatdan foydalanib uning 
elementlarini va qanday yozishni tushuntirib beradi. Shundan so’ng “q” harfini 
doskada yozib ko’rsatadi. O’quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan kuzatadilar. 
O’qituvchi doskada harf elementlarini tushuntirib, uni to’liq yozishni ham eslatib 
o’tadi. 
O’qituvchi yozma va bosma “q” harfini bir-biri bilan solishtirib ko’rsatadi. 
O’quvchilarga kichik “q” harfining yozma va bosma shakllarining bunday taqqoslab 
ko’rsatilishining 
ahamiyati 
katta 
chunki 
ko’p 
o’quvchilar 
harflarni 
kitobdagigao’xshab yozishga harakat qiladi. Ko’rgazmali quroldan foydalanib 
o’quvchilarga uni yozma va bosma shakllarini, elementlarini ko’rsatib 
tushuntiriladi. 
q –bosma shakli
q-
yozma shakli 
O’qituvchi kichik “q” harfining birinchi elementini yana qayta doskada 
ko’rsatib beradi. Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga qiya chiziqcha chizilafi


181 
yuqoridan pastga kichik tayoqcha tushuriladi va qo’l harakatini uzmasdan turib yana 
tagi ilmoqli ikkinchi kichik tayoqcha tushiriladi
O’quvchilarni o’rnidan turg’azib oldin o’rganilgan batan tarbiya mashqlaridan 
2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3 daqiqa davom etishi kerak. Mashq 
tugagandan so’ng yana yozuv mashqlari davom ettiriladi. 
O’qituvchi doskada kichik “q” harfining elementlarga ajratmay butun shaklda 
yozib ko’rsatadi. O’quvchilar shu asosda davom ettiradilar. 
Bolalarga kichik “q” harfining bir necha kichik harflari bog’lanishi 
ko’rsatiladi, so’ng ular o’z daftarlariga yozib mashq qiladilar. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin