O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   416
didaktik vazifalar
quyidagilardan iborat: 
1. O’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish 
malakalarini shakllantirish. 
2. O’quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga 
o’rgatish, kitobga muhabbat uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza 
yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish. 
3. O’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish 
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 


212 
4. O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalash. 
5. O’quvchilarning bog’lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o’stirish. 
6. O’quvchilarning xayolot olamini boyitish. 
7. Elementar adabiy tasavvurlarni shakllantirish. 
SHuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy 
metodik usullari mavjud bo’lib, ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib 
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari 
o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi. 
O’qish darslarida qo’llaniladigan 
metod va usullar 
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim berishning ilg’or pedagogik 
texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy 
o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan. 
Ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi 
faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet 
darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish 
metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning 
umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida 
takomillashtirilib boriladi.

 
Binobarin, fanning o’zi kabi o’qitish metodlari ham uzoq tarixga ega. Al 
Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy savol-javob metodini, Ibn Sino ko’rgazmali tajriba 
metodini, Farobiy ko’nikma, malakalarni shakllantirish metodi, bilimlarni tekshirish 
metodlari haqida o`z davrida qimmatli fikrlarni bildirganlar. Bularning barchasida 
o’quvchilarning aqliy faoliyatini, mantiqiy fikrlashini, mantiqiy tafakkurini 
rivojlantirish maqsad qilingan. 
O`qishga o`rgatish metodlari doimiy rivojlanishda bo’lgan. Masalan, eski 
maktablarda o’qish quruq yod olish metodi asosida o’rgatilgan. Yod olish metodida 


213 
matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni qayta 
hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor 
berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish, ifodali o’qish 
nazarda tutilgan. 
Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, 
quyidagicha savol tug’iladi: 
Izohli o’qish nima?
Izohli o’qishga XIX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos 
solgan, u o’qishda o’quvchilarni «ongli, tushunib, o’ylab o’qishga» o’rgatishni 
alohida ta’kidlaydi va uni «Izohli o’qish» deb nomlaydi. 
Izohli o’qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar 
kiritdilar, takomillashtirdilar. Korf va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real 
bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o’quvchilarga o’qish jarayonida 
bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog’liq holda beriladi, 
degan fikrni ilgari suradilar. 
Professor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr 
yuritib, o’quvchilarning oldin bilimlarni o’zlashtirishiga, so’ng yod olishlariga 
e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi. 
Demak, 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin