O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   416
«Afrosiyob – tezyurar poyezd», 
A.Obidjonning
 
«O’zbekistonim», N.Narzullayev
ning
«Ozod Vatan – obod Vatanl» 
(2-sinf),
 
Muhabbat Hamidovaning
«Vatanni tanish» 
(3-sinf),
 
S. Barnoyevning
 
«Mangulikka tatigulik kun», “Iqboli buyuksan” (Miraziz A`zam) 
(4-sinf) 
mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. 
Tabiatga oid mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil 
fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday 
mavzudagi asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan 
to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi. 
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag’riga sayohat 
uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o’rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili 
vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilьmlar 
namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. 
Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga 
ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma 
nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi. 
Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan 
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. 
Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan 
«Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog’i», 
«Zumrad bahor», «Kumush qish»
kabi mavzular 2-4-sinflarda ham davom 
ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlari to’ldiradi va boyitadi. 
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o’laroq, boshlang’ich 
sinflarning o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish, asar 
matni ustida ishlash ta’limning 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin