«Afrosiyob – tezyurar poyezd», A.Obidjonning
«O’zbekistonim», N.Narzullayev ning
«Ozod Vatan – obod Vatanl» (2-sinf),
Muhabbat Hamidovaning
«Vatanni tanish» (3-sinf),
S. Barnoyevning
«Mangulikka tatigulik kun», “Iqboli buyuksan” (Miraziz A`zam) (4-sinf)
mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil
fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday
mavzudagi asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan
to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag’riga sayohat
uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o’rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili
vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilьmlar
namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga
ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma
nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.
Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan
«Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog’i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4-sinflarda ham davom
ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlari to’ldiradi va boyitadi.
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o’laroq, boshlang’ich
sinflarning o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish, asar
matni ustida ishlash ta’limning