211
O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va
malakalarining kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib
yetishishlariga erishish
o’qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha DTS va «Ona tili» o’quv dasturida o’qish ta’limi
oldiga qo’yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o’qishni to’g’ri tashkil qilish,
o’qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg’or pedagogik
texnologiyalardan o’rinli foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Hozirgi
globallashuv davri
boshlang`ich sinflarda sinfda o`qish darslarini
tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Ma`lumki, o`qish dasturida
oqish mavzulari va bu mavzuga doir asarlar belgilab ko`rsatilgan. Muayyan mavzuni
belgilab berish va darslikda berilgan asarni o`qishga o`quvchini
majbur qilish
tendensiyasidan voz kechish o`quvchini erkin faoliyatga va mustaqil fikrlashga
imkoniyat beradi. Bu ta`lim sharoitini va shakllarini o`zgartirishni taqozo etadi.
Boshlang`ich sinflar uchun umumta`limning yuqori sinflaridan ajratib o`qitadigan
maktablar tashkil qilish, ta`limda bolalarning erkin hatti-harakatiga va qiziqishlariga
asoslanish haqiqiy kitobxonni tarbiyalashga yordam beradi. Buning uchun maktabda
bolalar o`tirib, yotib, dumalab o`qiydigan xonalar,
badiiy jihatdan bezatilgan
kitoblar bilan ta`minlangan kutubxonalar tashkil qilish bilan davlat ta`lim standarti
talablarini bajarish mumkin. Shunda kitobxonlar jamoasi – o`quvchilar yuzaga
keladi, ular o`zaro
fikr almashadilar, o`zlari bir-birlarini kitob o`qishga
qiziqtiradilar.
Umuman olganda, o’qish darslari oldiga qo’yiladigan
Dostları ilə paylaş: