212
4. O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash.
5. O’quvchilarning bog’lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o’stirish.
6. O’quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elementar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.
SHuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy
metodik usullari mavjud bo’lib, ular zamonaviy o’qitish
usullari bilan boyitib
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari
o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi.
O’qish darslarida qo’llaniladigan
metod va usullar
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim berishning ilg’or pedagogik
texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy
o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan.
Ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi
faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet
darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish
metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning
umumiy
rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida
takomillashtirilib boriladi.
Binobarin, fanning o’zi kabi o’qitish metodlari ham uzoq tarixga ega. Al
Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy savol-javob metodini, Ibn Sino ko’rgazmali tajriba
metodini, Farobiy ko’nikma, malakalarni shakllantirish metodi, bilimlarni tekshirish
metodlari haqida o`z davrida qimmatli fikrlarni bildirganlar.
Bularning barchasida
o’quvchilarning aqliy faoliyatini, mantiqiy fikrlashini,
mantiqiy tafakkurini
rivojlantirish maqsad qilingan.
O`qishga o`rgatish metodlari doimiy rivojlanishda bo’lgan. Masalan, eski
maktablarda o’qish quruq yod olish metodi asosida o’rgatilgan. Yod olish metodida
213
matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni
qayta
hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor
berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish, ifodali o’qish
nazarda tutilgan.
Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan ekan,
quyidagicha savol tug’iladi:
Izohli o’qish nima?
Izohli o’qishga XIX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos
solgan, u o’qishda o’quvchilarni «ongli,
tushunib, o’ylab o’qishga» o’rgatishni
alohida ta’kidlaydi va uni «Izohli o’qish» deb nomlaydi.
Izohli o’qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar
kiritdilar, takomillashtirdilar. Korf va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real
bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o’quvchilarga o’qish jarayonida
bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog’liq holda beriladi,
degan fikrni ilgari suradilar.
Professor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr
yuritib, o’quvchilarning oldin bilimlarni o’zlashtirishiga, so’ng
yod olishlariga
e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi.
Demak,
Dostları ilə paylaş: