O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   416
tanlab 
o’qish
dir. Masalan, 3-sinfda 
X. To’xtaboevning «Yaxshilik ketidan yaxshilik 
keladi»
asari bilan o`rganish jarayonida “Dehqon yigitning gapiga podshoning 
munosabati ifodalangan o`rinni” yoki 
«Bobur va kabutar» 
rivoyatidagi 
“Kabutarning “g`ulu-g`ulu” deb keltirgan xabari haqidagi Boburning izohini topib 
o`qing” degan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi 
natijasida ushbu asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga 
erishiladi.
Izlanish metodi
. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o’quvchilarga 
savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo’llaniladigan 
usuldir. 
O’qish darslarida 
reproduktiv metod
keng qo’llaniladi. Masalan, o’qituvchi 
dastlabki darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning 
aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab 
ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, 
o’quvchilarga ko’maklashadi. Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma 
vazifasini o’taydi. SHundan so’ng o’quvchilar o’qituvchining ko’rsatmalari 
yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda 
bajaradilar. 
Dasturlashtirilgan ta’lim
o’quv materialini kichik-kichik qismlarga
bo’lish, uni muayyan tartibda bayon etish, ushbu qismlarning biridan
ikkinchisiga o’tish tartibi (qoidalari)ni belgilash, xususan, har bir qismni
o’zlashtirish yuzasidan aniq ko’rsatmalar, topshiriqlar berish, o’z-o’zini nazorat
qilishni ta’minlash kabi yo’llar bilan amalga oshiriladi. 
Bahs-munozara metodidan o`
qish darslarida foydalanish imkoniyati keng. 
Ta’lim jarayonida muayyan muammo jamoa bo’lib muhokama qilinadi. Ba’zi 
hollarda biri ikkinchisining fikrini inkor qilishi mumkin, shu asosda ham muammoni 
yagona yeichimi topilishi mumkin. Masalan, asar voqealarida ilgari surilgan axloqiy 


217 
masalalar yuzasidan tarbiyaviy xulosalar chiqarishda foydalanish yaxshi natijalar 
beradi. Masalan, 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin