O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Munavvarqori Abdurashidxonovning “Har kim ekkanin o`rar”



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   416
Munavvarqori Abdurashidxonovning “Har kim ekkanin o`rar” 
ertagi yuzasidan o’qituvchi o’quvchilar bilan cholning 
“Men otamga ne qilsam, 
Endi menga sen qilding” 
gapi yuzasidan asar qahramonlarining xatti-harakatini 
baholash va maqsadli xulosaga kelishlari uchun bahs-munozara uyushtiradi.
O’quvchilar javoblari orqali bir-birlarini inkor etishlari mumkin, mustaqil 
fikrlaydilar, bir-birlarining fikrlarini to’ldiradilar, qo’llab-quvvatlaydilar, munozara 
yakunida qaror qabul qiladilar, yagona fikrga kelishlari ham mumkin. 
O`qish darslarida 
“Klaster” metodidan
foydalanish mumkin. “Klaster” 
ma`lumotlarning grafik shakli bo`lib, unda ma`lumotlarning asosiy birliklari ajratib 
ko`rsatiladi va sxemada ular orasidagi barcha bog`lanishlar qayd qilinadi. U o`quv 
materialini tartiblashtirib va umumlashtirib tasvirlab beradi. Klaster tanqidiy 
fikrlash metodlaridan biri. Hozirgi ta`lim tizimi ham o`quvchida tanqidiy fikrlashni 
shakllantirishga yo`naltirishni talab etmoqda. Tanqidiy fikrlash pedagogik 
texnologiya sanaladi. U o`quvchining tanqidiy intelliktini rivojlantiradi.
Tanqidiy fikrlash uch bosqichni qamrab oladi: 1.Chaqiriq bosqichi. 2.Fikrlash 
bosqichi. 3. Anglash (Refleksiya) bosqichi. 
Birinchi bosqich o`quvchilar jamoasini faollashtiradi. Bu bosqichning maqsadi 
mazkur mavzu bo`yicha bilimlarni eslatish va qayta tiklashga qaratilgan savollar 
tizimini va to`plamini tayyorlab olish lozim, bu savollar javobni topishga
yo`naltiriladi. Fikrlash bosqichida ma`lumotlar ustida fikr yuritiladi: matn o`qiladi, 
o`ylangan egallangan faktlar tahlil qilinadi. Refleksiya – tahlil bosqichida olingan 
bilimlar ijodiy fikrlash orqali xulosalanadi.
Klaster bilimlarni sistemalashtiradi. Butun bir mavzu klaster metodida olib 
borilishi mumkin. Dasrning borishi davomida yangi ma`lumotlar qo`shib boriladi, 
asosiy ma`lumotlar boshqa ranglar bilan ajratib boriladi. 
Klasterni markazida asosiy tushuncha turadi. Klasterda noto`g`ri fikrlar 
tuzatilishi mumkin. 
Masalan: O`quvchilar o`qigan asarlarining muhim tushunchalarni aytadi, 
o`quvchi doskaga yozib boradi. 


218 
Ish faolyati davomida quyidagi ko`nikmalar rivojlanib boradi: 
-savollar qo`ya bilish; 
-asosiyni ajratish; 
-sababini aniqlash aniqlash orqali bog`lanishlarni belgilash; 
-qismdan umumiyga o`tish, muammoni to`liq anglash; 
-taqqoslash va tahlil qilish; 
-xulosa chiqarish. 
Klaster na faqat o`quv materialini sistemalashtiradi, balki o`quvchilarga 
o`zining fikrini aytish, kuzatishlarini asoslash, erkin ijodiy faoliyat yuritish 
imkoniyatini beradi. 
Klasterdan yangi mavzuni tushuntirishda ham foydalanish mumkin. Birinchi 
o`qish darsida o`qish o`qituvchi o`qish darslarining maqsad va vazifalarini 
o`quvchilarga tushuntirishi lozim. Bunda quyidagi klasterdan foydalanishi mumkin: 
Bu klaster davom ettiriladi. O`quvchilar o`qish ko`nikmalarini o`zlashtirish 
uchun “O`qish ”kitobi” darsligida berilgan asarlarni o`qishni mashq qilishini, buning 
uchun ularni berilgan topshiriqlarni bajarish uchun necha marta o`qishini, asardagi 
voqealardan o`zi tarbiyaviy xulosa chiqarishi lozimligini anglashi lozim.
To`g`ri 
o`qish 
Ifodali o`qish 
O`qish ko`nikmalari
Ongli o`qish 
Tez o`qish 
O`qish mavzulari 
Vatan 
Axloqiy

… 
Tarbiyalash 
Vazifasi 
Maqsadi 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin