O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Xato o’qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   416
Xato o’qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi: 
1. Matnni o’qitishdan oldin undagi o’qilishi qiyin so’z, birikma va gaplarni 
aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab 
so’zlarni bo’g’inlab o’qilishini mashq qildirish. 
2. Matnni o’qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan 
so’zlarning lug’aviy ma’nosini tushuntirish. So’z ma’nosini izohlash usullarini 
aniqlash.
3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish. 
4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o’qishlari uchun sharoit yaratish. 
5. Oldin ichda o’qitish, so’ng ovoz chiqarib o’qitish. 
6. O’qitishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni 
matnni oson, o’rtacha qiyinlikda va qiyin o’qiladigan o’rinlarini belgilab olib, unga 
kuchi yetadigan o’quvchilarga oldindan taqsimlab berish. 
7. O’quvchilarning o’qishini muntazam tekshirib turish.
8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to’g’ri tuzatish yo’lini 
aniqlash. 
9. O’quvchilarni xato qilish mumkin bo’lgan o’rindan ogohlantirib turish. 
10. Xatcho’pdan foydalanish. 


227 
11. Xato o’qish o’quvchining shaxsiy ko’ruv sezgisiga bog’liq bo’lsa, bu jihatni 
ham hisobga olish. 
O’qituvchining tuzilishi murakkab so’zlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga 
bo’g’inlarga bo’lib yozib qo’yib, o’quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o’qitishi 
yaxshi natija beradi. 
O’quvchilar yo’l qo’ygan xato ikki xil yo’l bilan tuzatiladi:
1. O’quvchi so’z oxiridagi qo’shimchani noto’g’ri o’qisa, o’quvchini o’qishdan 
to’xtatmasdan xatoni to’g’rilash mumkin. 
2. Xato o’qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o’qitish usulidan 
foydalaniladi. Bunda o’quvchiga o’qigan matni yuzasidan savol berilsa, o’quvchi 
e’tiborli bo’lib qayta o’qiydi.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin