O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


analitik bosqich, sintetik bosqich va



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   416
analitik bosqich, sintetik bosqich va 
avtomatlashgan bosqich.
Analitik bosqich
savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi, 
bunda so’zni bo’g’in-harf tomonidan tahlil qilish va bo’g’inlab o’qish malakasi 
shakllantiriladi. 
Sintetik bosqich
uchun so’zni sidirg’a o’qish xarakterlidir; bunda 
so’zni ko’rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so’z ma’nosini anglash bilan 
asosan mos keladi. O’qish so’z ma’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. 
O’quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o’tadilar. Bundan keyingi yillarda o’qish 
avtomatlasha
boradi.
O’qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar 
mazmunini tahlil qilish o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan 
bo’lsin. 
To’g’ri o’qish. 
To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish 
tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarni 
buzmasdan, so’zdagi tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni 
qo’shmay, harflar o’rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri 
qo’yib o’qish hisoblanadi. M. Odilova va T. Ashrapovalar 
«Adabiy talaffuz 
me’yorlariga qo’yilgan barcha talablar to’g’ri o’qish ko’nikmasiga ham 
taalluqlidir»,
- deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to’g’ri o’qishga 
quyidagicha ta’rif bergan: 
«To’g’ri o’qish - bu materialni tovush tomondan xatosiz 
va bir tekisda ravon nusxa ko’chirishdir».
Demak, to’g’ri o’qish so’zning tovush 
tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida 
o’qishdir. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini 
tushunish o’rtasida puxta sintez yo’q bo’lgani uchun ular o’qishda xatoga yo’l 
qo’yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi. 
To’g’ri o’qish so’zning uzun-qisqaligiga, o’quvchining so’z boyligiga, ya’ni 
so’zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so’zning bo’g’in va morfemik 


226 
tarkibiga bog’liq. O’quvchilar ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra xatoga yo’l 
qo’yadilar: 
1. So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o’rtasida puxta sintez 
bo’lmagani uchun bola so’zning oldin tovush tomonini ko’radi, uni talaffuz qilishga 
oshiqadi. So’zning ma’nosini esa e’tibordan chetda qoldiradi. 
2. So’z ko’p bo’g’inli bo’lib, bola uni oldin eshitmagan bo’lsa, xatoga yo’l 
qo’yadi. 
3. So’zning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo’l qo’yadi. 
4. Tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadi. 
5. To’g’ri o’qish yorug’likka va yorug’likning tushishiga ham bog’liq. 
6. Undosh tovush so’zning o’rtasida va oxirida kelgan yopiq bo’g’inli so’zlarni 
o’qishda qiynaladilar. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin