236
o’quvchida fikr qo’zg’atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga
to’g’ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik
qimmati, badiiy go’zalligi ham alohida qayd qilib o’tiladi.
O’qish darslarida o’quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata
olish, yozuvchining hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani
va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o’qish va asarni tahlil qilish
malakasini hosil qilinadi. O’quvchilar adabiy ma’lumotlarni o’zlashtirish orqali
badiiy asarning mazmuni, g’oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar.
O’quvchilarning nutqini o’stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy
tushunchalarni shakllantirish ham muhim o’rin tutadi. O’quvchilar adabiy
tushunchalarni o’rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi,
uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar.
Boshlang’ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, o’xshatish,
jonlantirish, mubolag’a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, she’r, doston,
maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi.
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o’quvchilarda o’z ona tiliga muhabbat hissi,
badiiy asarni ongli o’qish ko’nikmasi o’stiriladi, asar g’oyasini chuqur idrok etishga
zamin hozirlanadi, o’quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib,
qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkir syujetliligi
va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o’qib bo’lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga
alohida ahamiyat berish zarur.
3-sinf «O’qish kitobi»da keltirilgan
Dostları ilə paylaş: