O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   416
«Qodir bilan Sobir»
hikoyasidagi Qodir va uning xislatlarini ochishda 
tanlab o’qish asosida tarmoqlash usulidan foydalanilishi mumkin. O’qituvchi
bergan savollariga o’quvchilarning javobini xattaxtada tarmoqlash usulida yoritib 
boradi. Masalan, 
«Qodir qanday bola?», «Qodirning maqtanchoqligi tasvirlangan 
o’rinni topib o’qing», «Qodirning qo’rqoqligi ifodalangan o’rinni topib o’qing», 
«Qodirning yolg’on gapini Sobir qanday to’g’riladi? SHu o’rinni topib o’qing», 
«Qodirning zo’ravonligi ifodalangan o’rinni topib o’qing. O’qigan qismlaringiz 
asosida Qodirning xususiyatlarini isbotlab bering»
kabi savollar asosida 
quyidagicha jadval hosil bo’ladi: 


234 
O’qish darslarida o’qilayotgan asarning ongli o’zlashtirilishini ta’minlashda 
o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur. 
Boshlang`ich sinfda badiiy asarni tahlil qilishning metodik asoslari 
Zamonaviy maktab oldiga qo’yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi 
o’quvchilar umumiy rivojlanishining o’sganligi, psixologiya va xususiy metodika 
sohasidagi yutuqlar sinfda o’qish mazmuni va o’qitish metodlariga o’zgartirish 
kiritishni talab etmoqda. SHularga bog’liq holda badiiy asarnn tahlil qilish 
metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, 
ijodiy va o’qilgan matn yuzasidan o’z fikrini bayon qilish ko’nikmasini o’stiradigan 
mashqlar ko’paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida 
ishlanadigan bo’ldi, asar g’oyasi va obrazlarini tushuntirishda o’quvchilarning 
mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta’limda 
texnika vositalaridan va ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan ko’proq 
foydalanila boshlandi va h. k. 
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi 
o’quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko’nikmalari belgilab berildi, 
Итдан 
қўрқиб 
қочади
Ёнидаги 
болаларни 
туртади
Папкасининг чанги билан синфга 
кирмоқчи бўлади
Қўрқоқ
Зўравон
Одамдай-одамдай балиқларни 
тутиб олганмиз
Дарсдан 
кечикканда 
«Далада 
эдим» деб 
ёлғон 
гапирди
Командир 
бўламан
Мақтанчоқ
Ёлғончи
Тозаликка риоя 
қилмайди
Қодир 


235 
shuningdek, 1-4-sinflarda o’qish malakasiga qo’yilgan talablar ancha aniq ajratildi. 
XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga 
yaqinlashtirilgan o’qish kitoblari yaratildi. 
Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999 
yil boshlang’ich ta’limning ham “Davlat ta’lim standarti” yaratildi, o’quv dasturlari 
yangilandi. 2005- yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta’lim standartlari 
va o’quv dasturlari qayta ko’rib chiqildi, “O’qish kitobi” darsliklari ham yangilandi.
O’zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzaeva, M. S. 
Vasileva, V. G. Goretskiy, K. T. Golenkina, L. A, Gorbushina, M. I. Omorokova, 
Ye. A. Nikitina, N. S. Rojdestvenskiylar, o’zbek olimlaridan A.Zunnunov, 
K.Qosimova, 
Q.Abdullaeva, 
S.Matchonov, 
M.Yusupov, 
M. 
Umarova, 
X.G’ulomovalar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o’qish metodikasidan ijodiy 
foydalanilmoqda. 
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik shartlar asosida 
tahlil qilinadi: 
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini 
shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq 
o’qish malakalarini takomillashtirish topshirig’i ham hisoblanadi). 
2. Asarning g’oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, syujet chizig’i, 
kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida 
umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog’lanishli nutqining 
o’sishi (lug’atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi. 
3. O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok 
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 
4. Sinfda o’qishga o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit 
haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning 
samaarali vositasi sifatida qaraladi. 
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo’lgan muhim omillardan biri uning 
o’quvchilarga 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin