O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   416
«Bobur va kabutar»
asarida 
hazrat, a’yonlar, oliy hazrat 
so’zlari 
qo’llangan. Asar matnida qadimiy davr bilan bog’liq qo’shimchalarning 
qo’llanilishi ham asarga joziba bag’ishlaydi. Masalan: 
«Kabutar ne deydur?» 
kabi. 
Mazkur asarda ikkinchi shaxs qo’shimchasi o’rnida hurmat ma’nosidagi uchinchi 
shaxs qo’shimchasi qo’llangan: 
«Xatda:
Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo’l 
urib bersalar».
SHu o’rindagi 
«qo’l urib bersalar»
birikmasi ibora hisoblanadi
.
Iboralar doim ko’chma ma’no ifodalab, nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Matndan 
iboralar aniqlangach, ma’nosini izohlashdan tashqari, ularga ma’nodosh yoki 
qarama-qarshi ma’noli iboralarni topshirish ham yaxshi samara beradi. 
Topishmoqlarda ham jonlantirish va o’xshatishlar juda ko’p. Masalan,
 «Ayoz 
bobo novvot sotdi, Olgan edim, qo’lim qotdi»
topishmog’ida o’xshatish, 
«CHiq-
chiq» ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi»
topishmog’ida jonlantirish 
qo’llangan. 
«CHumoli va Tipratikan», «O’jar toshbaqa» 
masallarida ham badiiy til 
vositalari mavjud. Xususan, ularda 
«O’g’irlik mol aylar jonsarak», «Bola ko’nglin 
ko’tarar», «Kosang joningga huzur», «Senga qalqon usti-bosh», «Parcha go’sht 
bo’lib yurar», «Jish Toshbaqa»
kabi ibora, birikma va gaplar uchraydiki, ular ustida 
ishlashda 
“Bunday majorolar qachon va kimlar orasida bo’lib o’tishi mumkin?”, 
“Ularga hayotdan misollar keltiring”
kabi topshiriqlar berish, ulardagi ma’noni 
boshqacha yo’sinda bayon ettirish, o’zaro taqqoslash, ta’sirchanligidagi farqni 
aniqlatish katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan: 
«Bola ko’nglin ko’tarar» - 
Bolasiga yaxshi gaplar gapirar,
«Kosang joningga huzur» - 
Kosang joningni, 
sog’lig’ingni asraydi» kabi.


239 
Boshlang’ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash 
o’quvchilarning ijodiy tafakkurini o’stirishga, ularda jonlantirish, o’xshatish, 
mubolag’a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga 
yordam beradi. 
O’qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan 
nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o’qishni to’g’ri uyushtirish uchun o’qituvchi 
badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o’qish 
jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning matnni 
idrok etish va o’zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur. 
O’qish ta’limi bo’yicha o’quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida 
dastur talablariga javob berib bo’lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi tarbiyaviy 
g’oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har 
qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab 
yetilganda o’quvchi diqqatini o’ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy 
tushunchalarni o’zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali 
erishiladi. 
Asar tahlili jarayonida o’qituvchi savollariga o’quvchilarning o’z so’zlari bilan 
javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy 
fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to’g’ri baholashga yaqindan yordam 
beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo’lmasdan, qat’iy maqsad asosida izchil 
berilishi o’quvchilarning o’qilgan matn mohiyatini chuqur anglab yetishlariga 
imkon yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi. 
Ta’kidlash joizki, o’quvchilarning o’zlarini ham savol tuzishga o’rgatish lozim. 
K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to’g’ri qo’yilgan masalaning o’zi yarim javobdir. 
Matn yuzasidan savol tuzishda o’quvchining dars mavzusi bilan bog’liq jihatlarga 
e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o’rtasidagi sababiy 
bog’lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo’l ochadi. SHuning 
uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o’quvchini ongli va tushunib o’qishga 
yo’llaydi.


240 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin