O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Ovozli o’qishning afzalliklari quyidagilar



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   416
Ovozli o’qishning afzalliklari quyidagilar: 
1. O’qituvchi o’quvchilarning xato va kamchiliklarini, o’qish ko’nikmalarini 
aniqlay oladi. 
2. Kichik yoshdagi o’quvchilar ovoz chiqarib o’qisalar, matn mazmunini tez 
tushunib oladilar. 
3. Ovozli o’qishdan kitobxon estetik zavq oladi. 
4. Ovozli o’qishda ifodalilikka katta e’tibor beriladi. 
5. Ovozli o’qish o’quvchilar lug’atini boyitish va nutqini o’stirishda katta 
ahamiyatga ega. 
SHivirlab (yarim ovozli) o’qish darsning tashkiliy qismlarida, o’qituvchi sinf 
jurnali bilan mashg’ul paytda yoki o’quvchilarni darsga tayyorlash bosqichlarida 
o’tkaziladi. 
Maktabda o’qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1-2-sinflarda ovozli va 
shivirlab (pichirlab) o’qishdan ichda o’qishga o’tilsa, 3-4-sinflarda ichda o’qishdan 
ovozli o’qishga o’tiladi. 3-4-sinflarda o’qish turlaridan foydalanishda chegara 
qo’yilmaydi. 
Boshlang’ich sinflarda o’qishning hamma turiga bir xil talab qo’yiladi, ya’ni 
o’qish to’g’ri bo’lishi, tez, ongli va ifodali bo’lishi zarur. 
Kichik yoshdagi o’quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi 
psixologik xususiyatlari 
Boshlang’ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi 
o’quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga 
olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo’lishicha, asarni idrok 
qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-
estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning 
o’zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo’lib, asarga unda 


233 
tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o’z ichiga oladi. 
Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o’quvchilarning adabiy 
qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o’rganilgan va 
ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo’lishlari aniqlangan: 
1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat. 
2. Elementar tahlil qilish. 
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o’quvchilar o’z shaxsiy va 
axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik 
yoshdagi o’quvchilarda chegaralangan bo’ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan 
botirlik, to’g’rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko’p ishlatadilar. 
Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so’z boyliklari 
yetishmaydi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular 
nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi 
so’zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi 
yoritish shartlaridan biri hisoblanadi. 
Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash 
asosida tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday 
qilishi kerakligini bilish muhimdir. Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy 
sifatlari ustida qo’proq ishlash lozim.
4-sinfda 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin