245
Xattaxtaga
buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib
qo’yiladi.
Tayyorgarlik shakllaridan biri
− ekskursiya
dir. Bu ish turidan tabiat tasviriga
bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir
mavzular va tarixiy asarlar o’rganilganda foydalanish mumkin. CHunonchi, 1-sinfda
“Issiqxonada”, 2-sinfda “Metropoliten” kabi mavzularni o’rganishdan
oldin
ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya o’quvchilarning asarda ifoda
etilgan hodisalarni aniq va ongli o’zlashtirishlariga
yordam beradi, bilimlarini
chuqurlashtiradi, tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko’nikmalarini
shakllantiradi.
Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uyg’otadi, uni sevish va tabiat ehsonlarini
asrash hissini tarbiyalaydi.
Ishlab
chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskursiyalar esa
tarixiy voqealarning to’g’ri idrok etishlarini ta’minlaydi,
kattalar mehnati bilan
tanishtiradi, o’quvchida mehnatga muhabbat uyg’otadi, kasbga yo’naltiradi.
Dostları ilə paylaş: