247
ulardan ma’lumotlar to’platish, alьbomlar tayyorlatish, so’ng o’quvchilar o’zlari
aniqlagan ma’lumotlarni o’qib, so’zlab berishidir.
Sinfdan sinfga ko’chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o’quvchilar
bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo’yilgan talablar ham
ko’payadi. O’qituvchi qisqa ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to’liqroq
tanishtirishga o’tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yoshiga mos
imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va uning asarlaridan
nimalarni o’qiganligini hisobga oladi.
Asar bilan tanishtirish
Tayyorgarlik davridan so’ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning
asosiy vazifasi asar mazmunini bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish
muhim bo’lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir
darsda o’rganishga mo’ljallangan qismi yaxlit o’qish usulida tanishtiriladi.
Hikoya, masal, she’rning mazmunini to’g’ri idrok etish, shuningdek, matnning
hissiy ta’sirini oshirish uchun ifodali o’qish katta ahamiyatga ega.
1. Matn o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib beriladi (ba’zan asar matni
magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O’quvchilar matn mazmuni bilan
tanishtirilgach, o’qituvchi ularga boshlang’ich taassurotlarini aytishni talab
qiladigan savollar beradi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: