O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   416
2. O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan 
javob berishi.
Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama 
yuritish ko’nikmasini o’stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, 
muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni 
aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga 
yo’naltirilgan va muayyan izchillikda bo’lishi, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga 
undashi lozim. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi 
maqsadga yo’naltirilganiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: 
1. Asar mazmunini o’zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol- topshiriqlar. 
2. Asar tilini o’rganish va o’zlashtirishga doir savol-topshiriqlar.
Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o’qituvchi asar 
g’oyasini tushunishda o’quvchilarga yordam berishni ko’zda tutsa, savol sabab-
natija tarzida bo’ladi. 
Anvar Obidjonning “Odobli bo’lish osonmi?”
ertagi (4-
sinf) g’oyasi o’quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala 
madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o’qituvchi 
“Anvar Obidjon aytmoqchi bo’lgan salom berish mavridlarini o’z so’zingiz bilan 
aytib bering”, “Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?”, ”Toshbaqaning 
sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering”
kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi 
mumkin. 
Qambar O’taevning “Non qaerdan keladi?”
(4-sinf) she’ri asosida esa 
“Non nima? Uni ta’riflang”, “Non qaerdan kelar ekan?”, “Nonni nima uchun 
qadrlash kerak?”
kabi savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang’ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o’rin berilgan. 
O’qituvchining vazifasi ana shu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan 
belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o’quvchilarni mustaqil fikrlashga 
undaydi. 4-sinf «O’qish» kitobidan o’rin olgan «Qodir bilan Sobir» matni yuzasidan 


251 
o’quvchilarni o’z fikrini aytishga undovchi 
«Sobir o’qishdan kechikish sababini 
ochiq aytib to’g’ri qildimi?», «Uning o’rnida siz bo’lganingizda nima qilardingiz?»
kabi savollar o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og’zaki nutqini o’stiradi va 
matnni yaxshi o’zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid 
savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham kata 
ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf “O’qish kitobi”dagi Qudrat Hikmatning 
“Bahor”
she’ri asosida 
“SHe’rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?”, “SHe’rdagi fikr 
yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib bering”, “SHoir bahorni tasvirlashda qanday 
tasvir usullaridan foydalangan?”
kabi savol-topshiriqlardan foydalanish 
o’quvchilar faolligi oshiradi. 
Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin