O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   416
Ongli o’qish
. Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli 
o’qish o’qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, 
obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o’qish, shuningdek, asarda 
tasvirlangan voqea-hodisalarga o’z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o’qish o’z 
navbatida, o’quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so’zning leksik ma’nosini, 
gapda so’zlarning bog’lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog’liq. 
Hozirda ongli o’qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda: 
birinchidan, o’qish jarayonini egallashga nisbatan o’qish texnikasi ma’nosida, 
ikkinchidan, keng ma’nodagi o’qishga nisbatan o’qish sifatlaridan biri ma’nosida 
qo’llanadi. 
Matnni ongli o’qish uchun o’quvchilar to’g’ri, me’yorida o’qishni egallagan 
bo’lishlari va o’qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O’quvchilar matnni ongli 
o’qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi. 
Ongli o’qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish 
hisoblanadi. O’qituvchi ongli o’qishni matnni ifodali o’qishga (agar ovoz chiqarib 
20
Йўлдошев Ж. Ғ. 1992 йил «Ўқитувчилар уйидаги ижодкор ўқитувчиларнинг 1- 
анжуманидаги нутқдан. 


229 
o’qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to’g’riligiga, asar 
voqealari va qahramonlarning xatti-harakatiga bildirgan munosabatiga qarab 
baholaydi. Ongli o’qish va ifodali o’qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga 
aynan o’xshamaydigan o’qish sifatlaridir. 
Ifodali o’qish. 
Ifodali o’qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g’oyasi 
va jozibasini to’g’ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. 
«Ifodali o’qish adabiyotni aniq va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy 
shaklidir», deb ta’kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova
21
. Demak, «Ifodali 
o’qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya 
orqali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning asosiy 
tamoyili o’qiladigan asar g’oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir»
22
.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin