214
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar, masallar,
ertaklar,
hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib
o’rganiladi.
Tabiiyki, ularning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda
yaratiladi. SHuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga xos usulda
o’qib o’rganish taqozo qilinadi.
Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri
ijodiy o’qish
dir.
Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagi ish
usullarini kiritadi:
a) o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning
asarni to’g’ri va
imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini
ta’minlash maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi;
b) o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini
chuqurlashtirish maqsadiga ega bo’lgan va ularning
diqqatini matnning muhim
g’oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo’naltiradigan suhbat uyushtirish yoki
o’qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy,
ijtimoiy-siyosiy muammoning
qo’yilishi;
v) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish
jarayonida to’yingan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi
so’zi
18
.
Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli o’laroq, to’g’ridan - to’g’ri
matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-sinfda Safar
Barnoyevning “Mangulikka tatigulik kun” asarini ijodiy o’qish metodi asosida
o’rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g’oyaviy niyatidan kelib chiqib
Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzining yuksalib borayotgani haqida,
Vatanimizdagi o`zgarishlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda
«O’tinchi yigit»
, 3-sinfda
O’tkir Hoshimovning «Xazonchinak»
, 4-sinfda
S.
18
Кудряшов Н.И. Взаимосвязь методов обучения на уроках литературы. - Москва:
Просвещение, 1981.- Стр. 60.
215
Anorboevning «Qo’rqoq»
asarlarini ham ijodiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy
samaralar beradi.
Dostları ilə paylaş: