220
2. Kuzbor Malik qanday chavadoz va mergan ekan?
Malikning malika
Oychechakka munosabatida qanday xussusiyatlarini payqadingiz.
3. Jaloloddin Kuzbordan nimalarni o`rgandi? U qanday shahzoda bo`lib
yetishdi? Siz Jaloliddin haqida yana nimalarni bilasiz?
4-topshiriq.
Nutq madaniyatini egallashga qaratilgan topshiriqlar:
1.Kuzbor Malikning Malika Oychechakka ko`rsatgan ehtiromlarini ifodalagan
so`z va iboralarni aniqlab, lug`at daftaringizga yozing
va taqdimotga chiqing
(ehtirom ila bosh egdi, tiz cho`kdi, buyuring, sadoqat ila, “Siz buyuk Xorazmshoh
rafiqasi, men qulingizman, e`tirozga og`iz juftlamoqchi bo`ldi, bosh ustiga, ta`zim
ila).
2. Malika Oychechakning Kuzborga ko`rsatgan ehtiromini ifodalovchi so`z va
iboralarni aniqlab, lug`at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing
(yonidan joy
ko`rsatdi, og`a, o`tiring, minnatdorchilik bilan unga qaradi, uni yuz-xotir qilmang)
.
3. Malika Oychechakning onalik tilaklarini ifodalovchi so`z va iboralarni
aniqlab, lug`at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing
(injiq-tantiq shahzoda
bo`lmasin, chinakam bahodir yigit bo`lsin, alp yigit bo`lsin, zehni o`tkir, Jaloliddin
valiahd, bugundan shogirdingiz, o`quvchingiz
)
O`quvchilar bu topshiriqlarni bajarish uchun asarni bir necha marta o`qiydi,
o`qish ko`nikmalari takomillashadi. Asar mazmunini qayta hikoyalashda yuqorida
aniqlagan so`z va iboralarni nutqida qo`llaydi, nutqi rivojlanadi.
Matn ustida ishlash tarbiyaviy xulosa chiqarish bilan yakunlanadi. Bunda asar
qahramonlariga tavsif beriladi, bu orqali o`quvchilar o`zlariga hozirgi davr nuqtai
nazari bilan yondashib tegishlicha xulosa chiqaradilar: har bir yigit ajdodlari kabi
alp yigitlar, bahodir yigitlar bo`lib yetishishlari
uchun harbiy bilimlarni
egalamoqliklari kerak degan xulosaga keladilar.
Dostları ilə paylaş: