O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   416
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


205 
III BO`LIM. SINFDA O`QISH METODIKASI 
 
 
Sinfda o’qish darslarining maqsad va vazifalari, 
ta’limiy - tarbiyaviy ahamiyati 
Hozirgi kunga qadar adabiy ta`lim ona tili o`qitish metodikasining tarkibida 
o`rganilib kelinayotgan edi. O`rta umumiy ta`limda adabiyot o`qitish metodikasi 
mustaqil fan sifatida o`z statusiga ega bo`lgani sababli boshlang`ich ta`limda ham 
adabiy ta`lim metodikasiga metodist olimlar metodikaning mustaqil fani sifatida 
qarash lozimligini ilmiy-metodik jihatdan asoslashga harakat qilmoqdalar. 
Ma`limki, XX asrning 2-yarmida boshlang`ich sinf metodikasida badiiy asarga 
estetik jihatdan yondashib san`at asari sifatida o`rganish g`oyasi ilgari surilgan 
bo`lsa, psixologik izlanishlar kichik yoshdagi o`quvchilarning potensial qobiliyati 
adabiyot dunyosini tanishtirishga boshqacha yondashish kerakligini taqozo 
etmoqda. Jumladan, N.N.Svetlovskaya o`quvchining mustaqil o`qish nazariyasini 
ishlab 
chiqqan 
bo`lsa, 
Ye.A.Adamovich, 
M.S.Vasileva, 
V.G.Goretskiy, 
M.I.Omorokov, T.G.Ramzaeva va boshqalar badiiy asarning shakl va mazmunini 
tahlil qilish, L.A.Gorbushina, O. V.Kubasova, L.N.Mali, L.V.Nefedova va 
boshqalar ishlab chiqqan metodikada o`quvchilarning ijodiy ishlariga, ayrimlar esa 
o`qish texnikasini rivojlantirish kerakligi g`oyasini ilgari surdilar. Shunday qilib, 
boshlang`ich ta`lim metodikasi metodik fan sifatida shakllanish bosqichlarini bosib 
otdi.
Har bir fan o`zining o`ganish ob`ekti va predmetiga ega bo`lganidek, hozirgi 
kunda boshlang`ich sinflarda o`qish metodikasi adabiy ta`lim metodikasi sifatida 
ish ko`rishi lozimligi g`oyasi ilgari surilmoqda. Haqiqatan ham, adabiyot o`qitish 
sistematik kursiga tayyorlovchi predmet sifatida o`qish metodikasi bolalar adabiyoti 
namunalari asosida o`z maqsad va vazifalarini belgilaydi. Shundan kelib chiqqan 
holda boshlang`ich sinfda o`qish darslarining o`rganish ob`yekti – o`quvchilarning 
adabiy ta`limni egallash jarayoni deb belgilanishi maqsadga muvofiq. 
“Adabiy ta`lim” atamasi o`zaro bog`liq bo`lgan uch jarayonni o`z ichiga
oladi: 1) adabiy-badiiy asarlar bilan aloqa jarayonida shaxs tarbiyasi; 2) o`qitish, 


206 
ya`ni bolalar adabiyotini maktab fanlaridan biri sifatida o`qitish; 3) shaxsning o`zini 
rivojlantirishini shakllantirish. 
V.V.Golubkov tomonidan ishlab chiqilgan “Nima uchun o`rgatish kerak?” 
(badiiy asarni o`rgatish maqsadi), “Nimani o`rgatish kerak?” (adabiy ta`limning 
mazmuni), “Qanday o`rgatish kerak?” (talabalarning – bo`lajak o`qituvchining 
maqsadi, mazmuni, mos metod va usullar, vositalar), “Nima uchun shunday o`qitish 
kerak, boshqacha emas?”(tanlangan yo`lning ilmiy asoslanganligi) adabiy ta`lim 
metodologiyasiga asoslanilgan. Hozirgi kun metodikasida bu masalaga o`quvchi 
nuqtai nazaridan qaralmoqda. Unga ko`ra o`quvchi tomonidan tan olingan o`quv 
maqsadi sifatida quyidagilar belgilangan: 
1) “Nimani o`rganyapman?” (adabiy ta`limning o`quvchi shaxsi tomonidan 
qabul qilingan mazmuni); 
2) “Qanday o`qiyman?” (bola o`zlashtirishning qaysi usullaridan foydalanishi); 
3) “Nega men shu usulda o`rganyapman, boshqa usulda emas?” (o`rganayotgan 
usullaridan qaysi birining samarali ekanini anglashi) 
Metodologiyaning fan sifatida rivojlanishi bir paradigmaning boshqasi bilan 
bog`liqligiga asoslanib o`qitish ko`zga tashlanadi. Bunda “Nima uchun o`qituvchi 
dars beradi?”, “Nima uchun bola o`qiydi?” savollarga javoblar mos tushadi. 
Badiiy asarlarni o`qish bilan bog`liq holda shaxsni estetik tarbiyalash, ya`ni 
bilim berish, tarbiyalash va e`tiqodlarini shakllantirish; ya`ni maktabda o`qitiladigan 
predmetlar kabi bolalar adabiyoti namunalarini san`at asari sifatida o`rganish 
 
1-sinf o`quvchisi bunday maqsadlarni o`z oldiga qo`ya olmaydi (maqsad: 
ma`naviy barkamol, madaniy bo`shliqlarni to`ldirish, so`z san`atini o`zlashtirish.). 
O`qituvchi bu maqsadlarni o`rtaga tashlab, o`quvchilarni maqsad sari yo`naltiradi. 
Siz nima o`qiyapsiz? O`ylang, nima uchun bu asarni o`qiyapmiz? Bu asarni hozirgi 
o`qish va tahlil qilish usulimiz bilan yaxshi o`zlashtira oldingizmi? 
Keyinchalik o`quvchi darslar davomida kitobxon bo`lish uchun nimalarni 
bilish kerakligini, yaxshi kitob kitobxonda turli xil kechinmalarni (qayg`urish, 
tshvishlanish) yuzaga keltirishini, fikrlashga undashini, o`zining pozitsiyasini 
tanlash imkonini berishini bilib boradi.


207 
Maktabda adabiy ta`limni o`qitishda quyidagilarini belgilab olishni nazarda 
tutadi: 
1)
adabiy ta`limning maqsadi va mazmun-mundarijasini belgilab olish; 
2)
kitobxon o`quvchining badiiy asarni qabul qilishini; 
3)
maktabda asarni tahlil qilishni; 
4)
o`qish texnikasini; 
5)
o`qishga bo`lgan qiziqishni; 
6)
o`qitishning metod, usul va vositalarini; 
7)
o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini; 
8)
mustaqil o`qish ko`nikmalarini rivojlantirishni; 
9)
adabiy ta`limda o`quvchilarga individual va differensiyal yondashishni. 
M.A.Ribnikova metodikaning asosi sifatida 4ta didaktik qoidani keltiradi: 
1.Ta`lim o`quvchilarning anglashlariga har tomonlama ta`sir etuvchi 
xarakterda bo`lishi. 
2.O`quvchilar oldilarga qo`yilgan masalani aniq tushunishlari. 
3.Metodist yangi murakkab hodisalarni tanish hodisalardek oson ko`rsata 
olishi mahoratiga ega bo`lishi. 
4.Deduksiyani induksiya bilan bog`lashi. 
M.A. Ribnikova bu metodik sistemaga jonli jarayon sifatida qaydi va asosiy 
diqqatni metodik sistemaga qaratish lozimligini ta`kidlaydi. 
Hozirgi adabiy ta`limni o`qitishda maktab o`sib kelayotgan yosh avlodni yuz 
yillar oldindan insoniyat tarixi davomida yaratilgan va shu vaqtgacha to`ldirib 
kelingan madaniyatni egallashga undayapti. Shu bilan birga, maktab o`quvchilarni
bolani real hayotga tayyorlash, ongli ravishda kasb tanlashiga erishish talabini 
qo`ymoqda. Buning uchun o`quvchilarning imkoniyatlarini va asosiy faoliyatlarini 
hisobga olgan holda o`qitishning har bir bosqichida maktab adabiy ta`limi tayanch 
maqsadlarni belgilab olish lozim .
Shuni ta`kidlashimiz kerakki, adabiy ta`lim bosqichlari hozirgi zamonaviy 
ta`lim bosqichlariga to`g`ri kelmaydi.Boshlang`ich ta`lim maktablarining asosiy 


208 
vazifasi o`quvchilarni atrofdagi kishilar bilan madaniyatli muomala qilishga 
o`rgatish.
Boshlang’ich 
sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va 
vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida 
savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. SHuning uchun ham boshqa 
predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk 
bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat 
ta’lim standartlari (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-
biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan 
o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan 
intilishlariga turtki beriladi. 
Shu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan 
olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, 
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik 
kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, 
axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. 
O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar 
bilan amaliy tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida 
uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular 
bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. 
Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular 
o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini 
milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. 
Shunga ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning 
savodxonligini ta’minlash bilan birga o’quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak 
axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladigan asarlarning mavzu 
doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga 


209 
muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy 
mavzular doirasida birlashtirilgan. 
O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot, 
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va 
tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat 
haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni 
anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir. 
Vatan, atrofimizdagi olam, mehnat kabi mavzular o’qish darsliklaridagi keng 
qamrovli mavzulardan bo’lib, 2-sinf “O’qish kitobi”dagi 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin