O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   416
izohli o’qish
deb o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qilishga, 
o’qilganning mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi. Izohli 
o’qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari 
surayotgan g’oyani anglashni ta’minlaydi. 
Izohli o’qish qo’yidagi tamoyillarga to’liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli 
bo’ladi: 
1. O’qishni hayot bilan bog’liq holda tashkil etish. 
2. O’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning hayotiy 
tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. 
3. O’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar 
uyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, 
predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o’quvchining ifodali o’qishi tarzida olib 
borish. 


214 
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar
hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib 
o’rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda 
yaratiladi. SHuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga xos usulda 
o’qib o’rganish taqozo qilinadi. 
Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri 
ijodiy o’qish
dir. 
Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagi ish 
usullarini kiritadi: 
a) o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning 
asarni to’g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini 
ta’minlash maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi;
b) o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini 
chuqurlashtirish maqsadiga ega bo’lgan va ularning diqqatini matnning muhim 
g’oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo’naltiradigan suhbat uyushtirish yoki 
o’qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning 
qo’yilishi; 
v) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish 
jarayonida to’yingan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi 
so’zi
18

Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli o’laroq, to’g’ridan - to’g’ri 
matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-sinfda Safar 
Barnoyevning “Mangulikka tatigulik kun” asarini ijodiy o’qish metodi asosida 
o’rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g’oyaviy niyatidan kelib chiqib 
Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzining yuksalib borayotgani haqida, 
Vatanimizdagi o`zgarishlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda 
«O’tinchi yigit»
, 3-sinfda 
O’tkir Hoshimovning «Xazonchinak»
, 4-sinfda 
S. 
18
Кудряшов Н.И. Взаимосвязь методов обучения на уроках литературы. - Москва: 
Просвещение, 1981.- Стр. 60. 


215 
Anorboevning «Qo’rqoq»
asarlarini ham ijodiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy 
samaralar beradi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin