O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   416
Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli. 
Chiroyli yozuv qoidalarini yaxshi 
bilish yozuv malakasining shakllanishiga yaqindan yordam beradi. 
Chiroyli yozuv qoidalarini qisqa va tushunarli qilib bayon etish lozim, 
shundagina o’quvchilar uni to’liq o’zlashtirishlari va amalda qo’llashlari mumkin. 
Masalan, birinchi sinfda dastlab to’g’ri o’tirish, ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni 
to’g’ri holatda qo’yish kabi talablar asosida: so’zlarda harflarning balandligini va 
qiyaligini bir xilda saqlash, so’zlarda harf unsurlari va harflarning oralig’ini bir xil 
uzoqlikda chamalab yozish qoidalari kelib chiqadi. 
Faqat ikkinchi sinfdan boshlab chiroyli yozish malakasiga o’rgatishda yozuv 
texnikasiga oid bo’lgan: kichik va bosh harflarni bir xil balandlikda chamalab 
yozish; harf va 4-5 harfdan iborat so’zlarni qo'1 harakatini uzmasdan bog’lab yozish, 
tez va toza yozish kabi qoidalar talab etiladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan har bir qoida o’zining aniq mazmuniga ega bo’lishi 
kerak. 
O’qituvchi har bir qoidani asta-sekin o’z o’rnida o’rgatib borishi lozim. 
Masalan, dastlab yozuvning qiyaligini to’g’ri saqlash qoidalari talab etilgan bo’lsa, 


165 
bu alifbegacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bolalar qiya chiziqlar ahamiyatini 
yaxshi bilib olganlaridan so’ng, bu qoidalarni harf va so’zlarni yozishda qo’llaydilar. 
Yozuvning qiyaligi haqidagi tushunchalar chuqur singdirilgandan so’ng, 
harflarni bir xil masofada tekis yozish qoidalari o’rgatiladi. Harflarni qo'1 harakatini 
uzmasdan yozish qoidalari o’rganilgandan so’ng, so’zlarni qo'1 harakatini uzmasdan 
yozish qoidalari o’rgatiladi. 
Chiroyli yozuv deganda biz toza, aniq chiziqlar bo’yicha, husnixat 
namunalarida ko’rsatilgandek yozilgan xatni tushunamiz. 
Uchinchi sinfdan boshlab esa bu qoidalarga yana qo’shimcha tez va toza yozish 
qoidalari kiritiladi. 
Ammo har bir qoidani har darsda o’quvchini bezdiradigan darajada takrorlash 
yaramaydi, bunda ongli ravishda o’zlashtirish uchun mo’ljallangan qoidalar 
asqotishi mumkin. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin