156
1. Onglilik tamoyili
. Chiroyli yozuvga o’rgatishda, o’quvchilarning husnixat
malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir.
Bu tamoyilga ko’ra o’quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi,
harfning qiyaligi, bo’yi va enini to’g’ri mo’ljallay olish lozim. harflarni harflarga
ulashda qol uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka
ushlashda ruchka uchi
bilan barmoq oraligldagi masofa 1,5-2 sm bo’lishi e’tiborda tutiladi. Shuningdek,
partada o’tirish qoidalariga (ko’z va daftar oralig’ining 30 sm,
daftarning parta
ustida ma’lum qiyalikda bo’lishiga,
partada engashmasdan, boshni to’g’ri tutib,
tirsaklarni partaga engil qo’yish, oyoqlarni parta ostiga to’g’ri qo’yish, ko’krak bilan
parta oralig’i masofasining bir kaft sig’adigan masofada bo’lishi) amal qilishga ongli
ravishda erishiladi.
2. Genetik tamoyil.
Chiroyli yozuv malakalarining
shakllanishida genetik
tamoyil katta o’rin tutadi. O’quvchi bu tamoyilga asosan avval shakli oson, sodda
harflarni yozdirishga o’rgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda ko’rinishga ega
bo’lib, ularni yozishda qiyinchilik tug’ilmaydi. Shuning
uchun chiroyli yozuvga
o’rgatishda, dastavval bosh va kichik harflar guruhlab olinadi, hamda shu guruhlash
asosida shakli oson harflardan
asta-sekin shakli murakkab,
yozish birmuncha
murakkabroq harflarga o’tiladi. Masalan, kichik harflarning 1-guruhiga i, n, m, r
kabilar kiradi. Bu harflar ilmoq shakllaridan iborat bo’lganligi
sababli yozishda
qiyinchilik bo’lmaydi. Shuningdek, genetik tamoyil asosida harf, bo’g’in, so’z, gap,
matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv mashqlari o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: