159
5. Husnixatga o’rgatishda qanday ko’rgazmalardan foydalaniladi?
6. 1-4-sinf o’quvchilarini husnixatga o’rgatishda
ularning qaysi holatlari
hisobga olinadi?
7. O’quv va yozuvning o’zaro aloqadorligi nimalarda namoyon boladi?
8. Chiroyli yozuv imlo bilan qanday aloqadorlikka ega?
Husnixatga o`rgatishning metod va usullari
Husnixatga o’rgatish metodikasi ham boshqa fanlar qatori
o’zining metod va
usullariga ega, bo`lib. Ular davr talablari asosida takomillashib bormoqda. Hozirgi
kunda o`quvchilarni husnixatga o`rgatishda quyidagi metod va usullar ta`lim
jarayoniga tatbiq etib kelinmoqda:
1.Chiziqli usul.
2.Genetik usul
3.Namunaga qarab yozish usuli.
4.Namunaga qarab ko’chirish usuli.
5.Nusxa ko’chirish usuli.
6.asavvur orqali yozish usuli.
7.Ritmik usul(sanoq-ohang)
8.Harf shakllarini tahlil qilish usuli
9.Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli
10.Qo’l harakatini mashq qildirish usuli.
11. Qo`l uzmasdan yozish usuli.
11.Xatolar ustida ishlash usuli.
Chiziqli usul.
Qaysidir harfni yozilishini o’rganish uchun o’quvchi
bu harf
qanday belgilarga ega ekanligini ,harfdagi alohida elementlarning joylashish
o’rnini,uning kattaligini va hokazolarni o’rganib olishi kerak.O’quvchiga harfning
yozilishini to’g’ri o’rgatish uchun
uning qatordagi o’rnini to’g’ri joylashtirish va
qatorni qog’oz varag’ioda joylashish o’rnini bilish uchun qog’ozda gorizontal ,yotiq
chiziqlar
chiziladi, shunda daftarning betida o’ziga xos setka paydo
bo’ladi.O’quvchilar unga har bir alohida harfni yozib boradilar.
160
Qatorning yo’nalishini ko’rsatib turuvchi chiziq va kataklar harflarning ayrim
elementlarining proporsiyalarini aniqlashtirib olish va yozuvni o’rganish jarayonini
anchagina osonlashtiradi. Shuning uchun ham yozuvga o’rgatishning asosiy uslubi
hisoblanadi va o’quvchi maktabda to’g’ri yozish mashg’ulotlarida undan
foydalanadi.chiziqli uslubning o’ziga hos ijobiy
xususiyatlaridan tashqari ,
setkaning ichiga yozish bir qator kamchiliklarga ega:
1) tez-tez uchrab turadigan kataklarda yozish bolani bir muncha cheklab
qo’yadi, uning diqqatini bo’ladi;bir tomondan o’quvchi kerakli harfni yozayotgan
qo’lining harakatini kuzatib borsa, ikkinchi tomondan
esa harflar chiziqdan
tashqariga o’tmasligini kuzatib boradi.
2) kataklar orasiga yozishni o’rgangan bola aniq va tez yozish malakalarini
egallay olmaydilar. Shuning uchun ham o’quvchi harfning elementlarini chizish
asosiy proporsiyalarning asosini o’zlashtirib olgandan so’ng ,
kataklarga yozish
ehtiyoji yo’qoladi. Ikkinchi sinfdayoq bolalar bir chiziqli daftarga yozishga
o’tadilar.
3) qo’l kaftlarining va panjalarining erkin harakatlanishini rivojlantirish uchun
lozim bo’ladigan uslublar yozuvga o’rgatishda mashq harakteriga ega bo’lgan
alohida mashg’ulotlarsiz ish bitmaydi.Bu mayda muskullar va qo’lning kaft qismi
yaxshi rivojlanmagan. Ularda ko’rsatgich barmoq va
ayniqsa uning uchi yaxshi
rivojlanmagan, buning natijasida bola ko’rsatkich barmoq bilan ruchkani qattiq
bosib yozadilar.Bolalar katta barmoqdan ham yaxshi foydalana olmaydilar, buning
natijasida o’z xohishlaricha ushlaydilar. Shuning uchun ham ko’rsatkich va katta
barmoqning mayda muskullarini rivojlantirish lozim.
Tayyorgarlik mashqlarini bajarish bilan bolalar qo’llarini yozuvda kerak
bo’ladigan harf elementlarini nozik va aniq harakatlarga tayyorlab boradilar.
Bunday mashqlarning maqsadi barmoqlar harakatining
yengil va egiluvchan
bo’lishiga erishishdir. Ular o’quvchilarga harflarni to’g’ri husnixatda yozishga va
uni tez yozuvda rivojlantirishga yordam beradi.
Bu uslubni birinchi sinfning birinchi yarim yilligida yozuvga endi o’rgatishga
boshlagan davrda qo’llash katta ahamiyatga ega.Masalan,pastga aylana shaklida
161
yoziladigan shtrixni yozish uchun, barmoqlarni aylana
harakat qilishga mashq
qildirish lozim. Keyinchalik ular “o’”harfini yozishga ham yordam beradi.
Yozuvda yoki uslubda ko’rsatib o’tilgan mashqlarning barchasini birdaniga
bajarish mumkin emas, balki u yoki bu harf o’rgatish uchun dars jarayonida kerak
bo’ladigan,
qo’l
va
barmoqlarni
to’g’ri
harakatlantirishga
Dostları ilə paylaş: