O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   416
Tasavvur orqali yozish usuli
. Bolalarga tasavvur orqali havoda harflar 
shaklini yozdirish ham qo’llaniladi. O’qituvchi doskaga yozib ko’rsatgan harf yoki 
uning bog’lanishlarini o’quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirlb ko’rsatadi va 
bu orqali o’quvchida harf haqida tasavvur hosil qilinadi.So’ng o’quvchi daftarga 
yozishga kirishadi. Bunday mashq usuli o’quvchining qiziqishini oshiradi. 
Bu usulning salbiy jixati shundaki,o’qituvchi bu usuldan foydalanganda barcha 
o’quvchilarning qo’l harakatini to’g’ri yoki noto’g’riligini bir paytda tekshira 
olmaydi.Bunda bir necha o’quvchining qo’l harakatini kuzatib tegishli ko’rsatma 
beriladi. 
Ritmik( sanoq-ohang) usuli

 
Bu usul o’qituvchi sanog’i ostida harf va uning 
elementlarini yozish demakdir. Bu usuldan savod o’rgatish davrida foydalanish 
mumkin. 
Sanoq-ohang usulining foydali jihatlari mavjud. Birinchidan , harflarning tekis 
yozishini ta’minlaydi.Ikkinchidan sekin yozadigan o’quvchilarni tez va sinfdagi 
barcha o’quvchi bilan barobar yozishga undaydi. Uchinchidan, o’quvchilar aniq va 
dadil harakatlanish orqali ish bajaradi. To’rtinchidan,sinfda darsni jonlantiradi. 
Bu usuldan butun dars davomida foydalanib bo’lmaydi, chunki o’quvchi 
charchab qoladi va yozuv sifati buziladi. 
Ritmik usulni qo’llashda asosan, harflarning asosiy elementi “bir”,”ikki” 
,”uch”deb beriladi. 
Bu usulni qo’llashda harf yoki elementlar avval sanoqsiz yoziladi so’ngra 
sanoq ostida yozdiriladi. 


164 
Sanoq-ohang yoki ritmik usuldan bo’g’in va so’z,gaplarni yozdirishda ham 
foydalaniladi. 
 Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli
. Harf va uning 
elementlarini tahlil qilish turlicha amalgam oshiriladi.Harflarni elementlarga ajratib 
tahlil qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini qanday shaklda 
ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog’lanishida qanday ko’rinishga ega 
bo’lishini o’quvchilar tasavvur etadilar. 
Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo’lib , ular bir butun 
shaklda yoziladi,ammo o’qituvchi uning necha elementdan iboratligini eslatib 
o’tadi.M, kichik d harfining birinchi elementi to’liq oval, ikkinchi elementi pasti 
halqali tayoqchadan iborat.
Bu o’rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi eslatib o’tiladi, yozishda 
esa bu harfni qo’l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin