168
__________________________________________________________________
__mo___ma______po___pe_________________________________________
- Bu bo’g’inni qanday yozganimni kim ko’rsatadi?
Bir o’quvchi yozilgan bo’g’inni xatcho’p bilan yurgizib chiqadi, qolgan
o’quvchilar uni diqqat bilan kuzatib turadilar. Agar o’quvchi xato qilsa, o’qituvchi
sinfdan so’raydi va boshqa o’quvchini uning xatosini to’g’rilashga chiqaradi.
So’ng hamma o’quvchilar bu bo’g’inni qanday yozilishini ko’rsatib beradilar.
Ular ruchkani o’ng qo’llariga olib, o’ng qo’l tirsaklarini chap qo’llariga qo’yadilar
(o’qituvchi bu qanday qo’yilishini ko’rsatib beradi) va bo’g’inni havoda o’qituvchi
xattaxtada qanday yozganini yozib ko’rsatadilar.
O’quvchilar xattaxtaga yozilgan bo’g’inga
qarab havoda ustidan chizib
chiqadilar. Yoki o’qituvchining bo’g’inni yozayotganida uning harakati bilan
birgalikda havoda berilgan bo’g’inning ustidan chizib chiqadilar.
Faqat shundan keyingina o’quvchilar bu bo’g’inni daftarlariga yoza boshlaydilar.
Agar o’quvchi yozib bo’gan bo’lsa, u ruchkani joyiga qo’yib, yozilgan bo’g’inni
to’g’ri yozilganiga ishonch hosil qilishi kerak.
O’qituvchi: “Kim
ma
bo’g’inini qo’l uzmasdan yozdi? Qo’lingizni ko’taring”.
O’qituvchi sinf bo’ylab yuradi va ayrimlarga uning xatosini ko’rsatib o’tadi.
O’quvchilar yana bir bor bu bo’g’inni yozadilar va ruchkaning uchini qog’ozdan
uzmasdan yozishni kuzatib boradilar. Bo’g’inni qo’l uzmasdan yoza olmayotgan
o’quvchilar qo’llarini ko’taradilar.
O’qituvchi yoza olmagan o’quvchining oldiga
boradi va qanday yozish
kerakligini o’quvchining daftariga yoki hamma sinf uchun xattaxtaga yana bir bor
yozib ko’rsatadi. So’ng
ma
bo’g’inini qator oxirigacha yozib chiqiladi.
Xuddi shunday tushuntirish ishlari boshqa bo’g’in va so’zlarni yozishda ham olib
boriladi.
Avval so’zlar bo’g’inlab, qo’l uzmasdan yoziladi, chunki bu vaqtda o’qishda
ham bo’g’inlab o’qiladi. O’quvchilar birinchi bo’g’inga kiruvchi harflarni eslab
qolishi , so’ng qo’l uzmasdan yozishi kerak. Keyingi ikkinchi bo’g’in ham qo’l
169
uzmasdan yoziladi. O’qituvchi esa barcha qo’l uzmasdan yoziladigan bog’lanishli
so’zlarni qo’l uzmasdan yozib ko’rsatadi.
O’qituvchi hamma o’quvchilarning yozayotganliklarini kuzatib boradi.
Buning uchun u sinfni aylanadi va o’quvchilarning yozish jarayonidagi ruchkaning
harakatini kuzatib boradi. Daftarlarni tekshirayotgan o’qituvchi o’quvchining qo’l
uzmasdan yoki uzib yozganligini darrov ilg’ab oladi. Buni chizilgan chiziqning
xarakteridan bilish mumkin. A harfi pastki tomondan birozgina yo’g’onlashadi.
Daftarlarni tekshirayotgada o’qituvchi o’quvchining qo’l uzmasdan bo’g’lanish
usulidan to’g’ri yoki noto’g’ri foydalanayotganini ko’rishi mumkin.
O’qituvchi o’quvchilarning qo’l uzib yoki uzmasdan yozayotganliklarini
daftarga bir qarashdan bilishini ko’rsatib qo’yishi kerak.
Bir harfning qo’l uzmasdan bo’g’lanishning turli
usullari darsda bir necha
marotaba takrorlanadi.
Yilning ikkinchi yarmida bolalarga tanish bo’lgan uncha katta bo’lmagan
4-5 harfdan iborat bo’lgan so’zlar qo’l uzmasdan butunligicha yozdiriladi.
Ikkinchi sinfda o’quvchilar barcha so’zlarni qo’l uzmasdan yozadilar. Ayrim
harflargina qo’l uzib yoziladi. Bular
b
keyingi
harf bilan uzib yoziladi,
k
harfiga
pastki element uzib yoziladi,
x
harfi bilan yarim ovallilar uzib yoziladi.
X
va
k
harflarini o’quvchilarga qo’l uzmasdan yozishga ham o’rgatish mumkin, lekin qo’l
uzmasdan yozishda uchraydigan qiyinchiliklar tufayli ulardan qattiq talab qilish
shart emas.
Bosh harflarni yozayotganda ham uzib yozish kuzatiladi.
Barcha
bo’g’lanishlar o’quvchilarning maxsus tayyorgaliklarini talab etadi. Shunday tarzda
o
harfi turli harf birikmalari bilan qo’l uzmasdan bog’lab yozishni talab etadi.
O’qituvchi xattaxtaga ikkita so’zni yozadi. O’qituvchi o’quvchilarga murojaat
qiladi:
- Aytingchi o harfini bu so’zda qo’l uzmasdan bog’lab yozishning necha
usulidan foydalanilgan?
- Uch usulidan.
- Qanday usulligini ko’rsatib va aytib ber.
170
O’quvchi xattaxtaning yoniga keladi va
o
harfini ajratib aytib beradi. _____
so’zida uchta
o
harfi bor. Birinchi
o
harfi __ harfi bilan pastki bog’lanishni talab
etadi. Bu harflarni quyidagicha bog’laymiz. __ harfini qo’l uzmasdan yozganimizda
pastki tomondan
o
harfini yozamiz va ruchkaning uchini yuqoriga
olib borib ovalni
yopamiz va takroran yozgan chizig’imizdan qaytib
o
harfini __ harfi bilan
tutashtiramiz. Bu so’zdagi navbatdagi
o
harfini __ harfi bilan yuqoridan bog’lanishni
talab etadi. __ harfini yozganimizda ruchkaning uchini yuqoriga ovalga yurgizamiz,
bir necha marta aylantiramiz va yozilgan joydan
ovalni chapdan ongga tomon
harakatlanib ovalni yopamiz va
o
harfini __ va __ harflari bilan tutashtiramiz. Bu
so’zdagi oxirgi o harfi ham pastki qismdan bog’lanayotganda qanday yozilsa,
shunday bo’g’lanadi.
Shundan keyin o’qituvchi o’quvchilarni
o
bo’g’inini uch turda bog’lanishini
yozib olishlarini taklif etadi.
______________________________________________________________
___ok____iok__lok__mol__ko__no_____________________________________
So’ng o’quvchilar shu bo’g’inlarga mos turli so’zlarni yozadilar.
Dostları ilə paylaş: