Xatolar ustida ishlash usuli.
Bu usulni qo’llashdan maqsad har bir o’quvchini
o’z xatosini mustaqil topa olishga va uni tuzatishga o’rgatishdir.
O’quvchilarning o’z yozuvlaridagi harflarning to’g’ri yoki noto’g’riligini,
qiyaligini, baland yoki past yozilganligini tekshirib chiqish topshiriladi. o’quvchilar
navbati bilan o’zlari yo'1 qo’ygan kamchiliklarni aytib beradilar, ayrim
o’quvchilarga o’qituvchi yordam beradi.
Undan tashqari, o’quvchilar o’z kamchiliklarini yozuv daftarida yoki
«Husnixat» kitobida berilgan namunaga qarab taqqoslash orqali ham tuzatishlari
mumkin.
Ko’pchilik o’quvchilarning takrorlangan bir xildagi xatolarini o’qituvchi
doskada tahlil qilib, uni qanday tuzatish yo’llarini ko’rsatib beradi.
Savol va topshiriqlar:
1.Yozuvga o’rgatishda qanday usullardan foydalaniladi?
171
2.Chiziqli usulga xos xususiyatni va uning salbiy tomonlarin bayon qiling.
3.Genetik usul husnixatga o’rgatishda qanday ahamiyatga ega?
4.Ritmik usul qanday amalgam oshiriladi?
5.Yuqoridagi usullarni qo’llab dars ishlanmasini tayyorlang.
O’quvchilar yozuviga qo`yiladigan talablar
Husnixat darslarida o’quvchilar yozuviga quyidagi talablar qo`yiladi:
1. Husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan
to’g’ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda
xat-savod o’rgatish davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi
materiallar asosida o’rgatiladi.
2. Grafik me’yorlarga amal qilish. Bunda harflar elementining qiyaligiga,
harflar bo’yining tengligiga, harflar va so’zlar orasidagi oraliq masofalarning teng
bo’lishiga e’tibor berilishi kerak.
3. Harflar qiyaligini to’g’ri saqlash. Bolalaming yozuvlari har xil qiyalikda
bo’lishi mumkin. Agar harflarning asosiy elementlari daftar chizig’iga nisbatan tik
holatda bo’lsa, yozuv holati ham tik bo’ladi. Harf elementlari o’ng tomonga qiya
bo`lib, o’tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. O’quvchilarni o’ng tomonga qiya
qilib (65°) yozish ko`nikmalarini shakllantirish lozim.
O’ng qo’l bilan yozadigan o`quvchilar uchun yozuvning qiyaligi o’ng tomonga
moslashtirilishi faqat harflarning shaklini chiroyli qilish uchun emas, yozuvning
qulayligi uchun ham mos keladi. Yozuvning qiyaligini to’g’ri chamalash qo’l va
barmoqlarni ortiqcha zo’riqtirmaydi.
Yozuvning o’ng tomonga qiyaligini saqlash tirsaklarni bir tomonga erkin
yuritish uchun qulay bo’lib, parta ustidagi daftarning turish holatiga bogliqdir.
Yozayotganda daftarning holati chap tomonga 25 gradius qiya bo’lishi
yozuvning qiyaligini ta’minlaydi.
Yozuvning qiyaligini saqlashda daftardagi siyrak qiya chiziqlar ham katta
yordam beradi, shuning uchun dastlabki paytda qiya chiziqli daftarlardan
foydalaniladi.
172
Qiya yozishga o’rgatishning o’ziga xos usullari mavjud. O’quvchilarga dastlab
eng sodda shakldagi kichik tayoqchalarni yozishni mashq qildirish. O`quvchilarning
qiya va tik holatdagi harflarni farqlashlari uchun o’qituvchi doskada ikki xil shaklda
(qiya va tik) tayoqchalar shaklini yonma-yon yozib ko’rsatadi, ularning farqlarini
tahlil qilib beradi. Bunday mashqlar xotirada uzoq vaqt saqlanib, xatolarning oldi
olinadi.
4. Daftarni partada yozish talablari asosida tutish. Daftarning pastki chap
burchagi ko’krak o’rtasiga to’g’ri bo’lishi yoki daftaming qiya chizig’i (agar qiya
chiziqli daftar bo’lsa) partaning chetiga tik bo’lishi kerak.
Daftar beti satrlarga to’lib borgan sari yuqoriga surilib boradi. Chap qo’l bilan
esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining ustiga
ikki o’quvchining har biri uchun alohida ingichka qiya chiziq tekshiruv chizig`i
sifatida chizib qo’yiladi. Bu chiziqning pastki uchi o’quvchilarning chap ko’kraklari
o’rtasiga to’g’ri bo’lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65° qiya bo`ladi.
Agar daftarning chap beti to`lsa, daftarning buklanadigan joyi tekshiruv
chiziqqa to’g’irlab olinadi va o’ng betiga yozishga o’tiladi.
O’quvchilarda harflarni qiya yozishga o’rgatish malakasini oshirish ancha
murakkab jarayon bo’lib, o’qituvchidan chidam, sabr-toqat, kuch talab qiladi.
Muntazam ravishda turli mashqlar olib borish, o’quvchilar harakatini qunt bilan
kuzatib borish natijasida ko’zlangan maqsadga erishiladi.
O’qituvchi tomonidan berilgan ko’rsatmalarga qaramay, ayrim o’quvchilar
harflar qiyaligini to’g’ri chamalay olmaydilar. Buning uchun maqsadga
yo`naltirilgan grafik mashqlar o`tkaziladi. O’quvchilarga dastavval daftar satriga bir
nechta harf yozdirib, ular orasiga qiya chiziqlar qo’yiladi va harflar shu chiziqlarga
taqqoslash orqali xatolar tushuntiriladi, tuzatishga kirishiladi.
5. Harflarni bir tekis bosimsiz yozish. Harflarni bir tekisda yozish malakalarini
shakllantirish husnixat darslarining asosiy vazifasi sanaladi. Ruchkani barmoqlar
orasida qattiq siqmasdan erkin va bo’sh ushlash harflarni tekis yozishga imkon
yaratadi.
173
Bosimsiz yozish harflarning umumiy ko’rinishi bir tekis va chiroyli bo’lishini,
tez yozish malakasining shakllanishini va bog`lab yozishni ta`minlaydi.
O’qituvchi doskada harflarni bo’r bilan yozib ko’rsatadi. Bunda o’qituvchi ham
bo’rni qattiq ushlamay, bosimsiz bir tekis yozishi lozim.
Bosimsiz, bir tekis yozishga darsning dastlabki kunlaridanoq odatlantirib
borish kutilgan samara beradi, o’quvchining qolini toliqtirmaydi.
6. Harflarning tutashtirilishini to’g’ri ifodalash. Husnixat darslarida harflarning
shakllarini yozib tugatganlaridan keyin o’qituvchining navbatdagi vazifasi harflarni
bir-biriga ulab, qo’shib yozishga o’rgatishdan iborat.
7. Harflarni elementlarga ajratmay, bog’lab yozish. Harflarni qo’shib
yozilishini ta’minlash uchun ayrim chiziqlar o’z harakati bo’yicha orqaga qaytadi.
Bunday harakatlar oval selementli harflarda ko’proq kuzatiladi.
Ko’pchilik bosh harflar kichik harflar bilan qo’l harakatini uzmay, ulab
yoziladi. Namuna sifatida kichik d harfiga kichik a harfini ulab yozish quiydagi
tartibda tushuntiriladi:
Bolalar, qarang, men kichik d harfini kichik a harfiga qo’shib yozishni
ko’rsataman. Siz mening qol harakatimga e’tibor bering;
Kichik d harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina pastga
burib, yana orqaga qaytaramiz va kichik a harfini hosil qilamiz;
Qani, bolalar, kim ko’rsatadi, bu ikkala harfni men qanday qilib qo’shib
yozdim?
Bir o’quvchi doskada o’qituvchi yozgan harflar ustidan qolini yurgizadi,
qolgan o’quvchilar diqqat bilan kuzatadilar. Agar o’quvchi yanglishsa, boshqa
o’quvchi chaqirilib xato tuzattiriladi.
- Qani, bolalar, bu harflarning qo’shilish holatini havoda mashq qilamiz.
Hammangiz ruchkangizni oling. Boshladik (o’qituvchining o’zi bilan birga
qaytariladi).
Shundan so’ng bolalar bu harflar bog’lanishini daftarlariga ko‘chirib yozadilar,
yozganlarida qo‘l harakatini uzmayotganliklariga e’tibor qaratiladi.
174
Ikkala harf qo’shib yozilib, bir necha qator yozdiriladi. O’qituvchi bu vaqtda
sinf aylanib chiqib, noto’g’ri yozayotgan o’quvchilarga yordam beradi.
1-sinfda o’quv yilining II yarimidan boshlab o’quvchilar 4-5 harfdan tashkil
topgan so’zlarni qo’l harakatini uzmasdan yoza oladilar. 2-sinfdan boshlab
murakkab so’zlami ham bog’lab yozishlari lozim.
Ammo ayrim bosh harflar esa qo’1 harakatini uzib yozishni talab etadi.
Masalan: G bosh harfiga kichik a harfini ulashda qo`l harakatini uzishga to`g`ri
keladi. Bunday holda boglanish yozib korsatiladi. Masalan, o’qituvchi Vaqt,
Toshkent, Nodir so‘zlarini yozib ko’rsatishi lozim.
Rasm
- Qani, bolalar, bu so’zlarni yozishda qo’l harakatini qaerda uzdim?
Siz katta V harfidan keyin kichik a harfini yozishda qo‘l harakatini uzdingiz?
Siz, katta G harfidan keyin o harfini yozishda qol harakatini uzdingiz?
To’g’ri. Agar so’zlarda bosh harflardan keyin ulash chiziqlari bo‘lsa, qo‘l
harakati uzilmasdan keyingi harflarga ulanadi. Lekin bosh harflarga ulanadi. Lekin
bosh harflarda ulash chiziqlari bo’lmasa qo’l harakati uziladi va ulash chizig’i
qo’shilib keyingi harflarga ulanadi. Shu tartibda qol harakatini uzmasdan harflami
bog’lab yozish qiyalikni bir xilda saqlashga ham yordam beradi.
Bog’lashlarni to’g’ri ifodalash qoidalari har bir sinflarda eslatib turiladi,
shundagina bolada tez yozish malakasi o’sadi.
Husnixatga o’rgatishning yuqoridagi qoidalari to’g’ri o’rgatib borilsa,
o’quvchilarni xatosiz, chiroyli, ravon yozishini amalga oshirish mumkin. shu nutqni
nazariy husnixat darslarini to’g’ri tashkil qilishga yo’llanma sifatida bitta dars
namunasini keltiramiz.
O’quvchilar ishtirok etgan harflarni oldin rejalashtirishlari lozim. Harflarni
elementlarini tasavvur qila olishlari,tarkibiy jihatdan tahlil qila olishlari kerak.
1-sinfning 2-yarim yilligida o’qituvchi husnixatga o’rgatishni ona tili
darslariga qo’shib olib borsa ham, o’z ishlarini rejalashtirib olishlari zarur. .
Savod o’rgatishdan keyin yozuv sharti ham o’zgaradi. O’quvchilar daftarlarida
harf namunalarining yo’qligi sababli ular qo’shimcha bir qancha shartlarni
175
bajarishlari zarur. Jumladan, bosma harflarni yozma harflarga aylantirish, ulanishini
aniqlay olishlari va so’zlarni qatorlarga to’g’ri joylashtirishni mustaqil amalda
oshirishlari kerak. Bundan tashqari mashq shartlarini ham bajarishlari darkor.
Shuning uchun o’qituvchi husnixat darslarini rejalashtirish va yozuv materiallarini
tanlashga alohida e’tibor berish zarur. Rejalashtirishda yordamga muhtoj holatlarni
hisobga olishi lozim.
2-sinfda husnixat darslari har haftada ona tili darslarining oxirgi bir soati
ajratiladi va o’quv yili davomida 33 soatni tashkil etadi.
2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) bir chiziqli daftarlarning qiyinligini hisobga olib harflarni genetik tamoyili
asosida yozdirish;
b) har bir harfning o’zidan oldingi yoki keyingi harfga ulanishini o’rgatib
borish;
d) harflar elementlarining o’xshashligini hisobga olib guruhlash;
e) bosh harflarning elementlarini yuqoriga va pastga tomon tushushini hisobga
olgan holda guruhlash;
f) matnlarning bolalar hayotiga mos bo’lishiga erishish;
g) imlosi qiyin so’zlarni yozuv materiali sifatida tanlash;
h) yozuv sur’atini oz-ozdan tezlashtirib borish.
3-4-sinfda har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi husnixatga ajratiladi. Ona tili
darslarida tashkil etiladigan husnixat daqiqalari uchun yozuv materiallarini
(yozilishi o`rgatiladigan harflar guruhini, so`z yoki matn) tanlashda quyidagilarga
e`tibor beriladi:
-umumdidaktik talablarga;
-materiallarning mavsumga mos bo’lishiga;
-bosqichli ketma-ketlik tamoyiliga;
-husnixat materialining ona tili darsida o’rganilayotgan mavzu bilan
bog’lanishiga;
-imlo bilan bog’lanishiga;
-bolalar hayoti bilan bog’lanishiga;
176
-ajratilgan vaqtga mosligiga.
Dostları ilə paylaş: |