Toshkent viloyati Zangiota tumani XTB ga qarasshli 40-umumiy o'rta ta`lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi Yunusova Shoxista Ravshanovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada savod o’rgatish davrida o’qitishning maqsad va vazifalari, metodik qo’llanmaning tuzilishi, savod o’rgatish davrida ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish haqida fikr mulohazalar yuritildi.
Kalit so`zlar: metodik, savodxonlik, bilim, tayyorlov davri, yozuv darslari, tovush va harflar, bo`g`in ko`chirish.
Mustaqillik tufayli O’zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov kelajak avlodning savodxon, yuksak ma’naviyat egasi bo’lib yetishishlari uchun g‘amxo’rlik qilmoqdalar. Yurtboshimiz tomonidan yangi o’quv yilida 1-sinfga qadam qo’ygan jajji o’quvchilarga darslik va o’quv qurollarining sovg’a qilinishi buning isbotidir. Savod o’rgatish davrida o’qitishning maqsad va vazifalari o’quvchilarning boshlang’ich sinfda ona tili ta’limi bo’yicha egallaydigan bilim, ko’nikma va malakalari, ularga qo’yiladigan talablar davlat hujjati bo’lgan o’quv dasturida belgilab berilgan. Shuningdek, savod o’rgatish dasturida ham savod o’rgatish jarayoni va uning vazifalari aniq ko’rsatilgan. Dasturga ko’ra 1-sinfga kelgan bolalarning savodini chiqarish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. Ular boshlang’ich sinf davomida sidirg’a o’qish va savodli yozish kabi adabiy til me’yorlarini egallaydilar. Savod o’rgatish dasturida savod o’rgatish jarayoni ikki davrga bo’lib ko’rsatilgan: alifbogacha bo’lgan tayyorlov davri va alifbo davri. “Alifbe” darsligiga asoslangan holda savod o’rgarish o’quv darslari o’quvchilarni 4 oy davomida elementar o’qishga, yozuv darslari esa yozishga o’rgatilishi lozim. Demak, savod o’rgatish darslarining asosiy maqsadi o’quvchilarni o’zbek tilidagi barcha tovushlar va harflar bilan tanishtirish, o’qish va yozish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Savod o’rgatish davrida o’qitish vazifalariga dasturda belgilab berilgan talablarni amalga oshirish kiradi. Jumladan, savod o’rgatish jarayonida harflarning 4 xil: bosma, yozma, bosh va kichik shaklini va ularning ishlatilish o’rnini o’rgatish. Savod o’rgatish darslari harflarning 4 xil shakli asosida harflarning tovush ifodalashini, tovushlar harflar bilan ifodalanishini, tovushni tanish, uning to’g’ri talaffuzi, so’zdagi o’rnini aniqlashni, undosh va unli tovushlarni farqlashni, bo’g’inga bo’lish, bo’g’inlar sonini aniqlash, bo’g’inni mo’ljallab o’qish bilimlarini berishi va ko’nikmalarni shakllantirishi zarur. O’quvchilarni bo’g’inlab o’qishga o’rgatish. O’quvchilarni o’qishga o’rgatishda bo’g’inning asos qilib olinishi o’quvchilarga amaliy namunalar asosida o’rgatiladi. Bo’g’inlab o’qishga o’rgatish uchun so’zni bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash mashqlari har bir darsda tadrijiy ravishda izchil o’tkaziladi. O’quvchilar savod o’rgatish tayyorlov davridan so’zlarni bo’g’inga bo’lishni mashq qilib, alifbo davrida ham izchil davom ettirsalargina bo’g’inlab o’qish ko’ nikmasini yaxshi egallaydilar. Savod o’rgatish jarayoni o’qish va yozuv darslarida o’quvchilarni to’g’ri, me’yorida o’qishga o’rgatish. Buning uchun amaliy ravishda jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslash, talaffuzidagi farqlarni, so’z ma’nosini o’zgartirib yuborishini anglashlarini, barcha tovushlarning yakka va so’z tarkibidagi artikulatsiyasini o’zlashtirishlarini ta’minlovchi mashqlarni tashkil etish savod o’rgatish darslarining vazifasiga kiradi. O’quvchilarni so’zlarni grafik va imloviy to’g’ri yozishga o‘rgatish. Buning uchun o’quvchilarni so’zni bo’g’in-tovush va tovush- harf tahliliga o’rgatish, so’zdagi tovushlarning izchil tartibini ayta olish ko’nikmalarini, tovush va harf o’rtasidagi moslik va mos kelmaslikni anglashlariga doir mashqlarni tashkil etish zarur. O’quvchilarni ongli o’qishga o‘rgatish. Buning uchun savod o’rgatish darslariga matn mazmunini o’quvchilar hayoti bilan bog’lash ko’rgazmalardan foydalanish, matn mazmunini ongli o’zlashtirganini aniqlovchi savol-topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, matnga sarlavha topishga o’rgatish kabi vazifalar yuklanadi. O’quvchilarning lug’atini boyitish va bog’lanishli nutqini o‘stirish, dunyoqarashini kengaytirish. Buning uchun savod o’rgatish darslarida gaplarni ohangiga ko’ra to’g’ri o’qishni, o’qiyotgan matnning mazmunini tushunib, ongli o’qishlarini ta’minlovchi lug’at ustida ishlashni tashkil etish, matnga yaqinlashtirib to’liq qayta hikoyalashga o’quvchilarni tayyorlovchi tahlil turlarini ishlab chiqish lozim. O’quvchilar shaxsida insoniy fazilatlarni tarkib toptirish. Bunda o’qilgan matn, eshitilgan ertak, hikoya, she’r, ko’rilgan voqea va tasvirlardan to’g’ri xulosa chiqarishga, ularga o’z munosabatlarini bildirishga doir ishlar amalga oshiriladi. Metodik qo’llanmaning tuzilishi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi boshlang’ich ta’limning Davlat ta’lim standarti bo’yicha bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga o’rgatish, tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash,o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish ko’nikmalarini egalashlariga erishish lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun metodik qo’llanmaga ilg’or pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, test topshiriqlari dam olish daqiqalari asosida darslarni tashkil etish usullari yoritildi. Dars jarayonida o’quvchilarning bir qolipga tushib qolmasligi maqsadida boshlang’ich sinf o’qituvchilari faoliyatiga ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bilan birga, boshlang’ich sinf “Alifbe” va “ Yozuv” darslari uchun multimediali ishlanmalar yaratilgan holda o‘qitishning o’yinli shakllari va mediatexnologiyalardan keng foydalanildi. Savodga o’rgatish davri uchun davlat dasturida belgilangan reja asosida 128 soat vaqt ajratilgan bo’lib, “Alifbe” darslari uchun 64 soat, “Yozuv” darslari uchun 64 soat vaqt ajratilgan. Metodik qo’llanmada o’qituvchilar uchun har bir tushuncha va ko’nikmani hosil qilishda foydalaniladigan savol va topshiriqlar tizimi tavsiya etilgan. Ulardan “Alifbe” bo’yicha 20 ta dars uchun 42 ta animatsiya, 11 ta video, 9 ta qo’shiq, 33 ta tovush va so’z talaffuzi, 19 ta lug’at ishi, 17 ta husnixat namunalari, 8 ta test-topshiriqlari, 17 ta o’yin, 3 ta multfilm kiritilgan. “ Yozuv” bo’yicha 9 ta dars uchun 16 ta animatsiya, 3 ta qo’shiq, 10 ta husnixat namunalari, 12 ta o’yin kiritilgan. Savod o’rgatish davrida ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish Boshlang’ich sinflarning “Ona tili” fanidan DTS va o’quv dastu- ri asosida ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib 1-sinf savod o’rgatish darslarini tashkil etish metodikasi Davlatimiz tomonidan boshlang’ich ta’lim oldiga qo’ygan ta‘limiy-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.