158
boriladi. Negaki yozish va o’qish bolaning nutqiy rivojlanishi (lug’at boyligi, gap
tuzish ko’nikmasi, nutqning mantiqiy boglanishi)ni ta’minlaydi. Yomon o’qigan
bola yozuvni egallashi qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish malakasidan so’ng,
bo’g’inlab yozish malakasi shakllanadi.
7. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi tamoyili.
Chiroyli
yozuv imlo bilan chambarchas bogliq. O’quvchining imloviy savodxonligi haqida
g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri
ifodalash, kishilar bilan o’zaro
xatosiz muomala uchun g’amxo’rlik demakdir. Shu sababli ham savod o’rgatish
davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid
malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.
Malumki, savod o’rgatish davrida o’quvchi
gapni bosh harf bilan yozish,
so’zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga ko’chirish, kishilar ismi,
sharifi, hayvonlarga qo’yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini
amaliy tarzda
o’rganadi.
Chiroyli yozuv darslarida so’zlar, gaplar, matnlar yozish,
ularning imlosini
tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi,
imlo qoidalarini
puxta egallashlariga zamin yaratadi.
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida savodli
yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. Har bir
harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bo’lishini ta’minlaydi. Buhing
uchun harflarning shaklini to’g’ri yozish, ularni to’g’ri ulashning ahamiyati kattadir.
Harflarni
bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan bog’lash,
so’zlarni qatorda to’gri joylashtirish, yozuv
vaqtining belgilab olinishi, tahlil
ishlarining (bo’g’in-tovush,
tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik-grafik
tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi.
Dostları ilə paylaş: