O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   416
 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Husnixatga o’rgatishga qanday metodik talablar qo’yiladi? 


151 
2.
Husnixat bilan yozish nimalarga bog’liq? 
3.
Husnixatga o’rgatish izchilligi va ketma-ketligi deganda nimani tushunasiz? 
4.
Barcha predmet darslarida o’quvchining husnixat bilan yozishi qanday nazorat 
qilib boriladi? 
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish 
O’quvchilami chiroyli yozishga o’rgatishda, ularda husnixat malakalarini hosil 
qilishda yozuv qurollari va materiallarining sifati katta rol o’ynaydi. 
Yozuvning chiroyli bo’lishi ko’p jihatdan yozuv quroli va materialiga 
bogliqdir. Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar sanaladi: 
1. Xattaxta. 
2. «To’g’ri o’tir» plakati. 
3. Alifboning yozma shakli. 
4. Haflar alohida yozilgan ko’rgazma. 
5. Husnixat daftari. 
6. Rangli bo’rlar. 
7. Ruchka. 
8. Yozuv daftari. 
Bola maktabga qadam qo’ygan kundanoq yozuv qurollaridan to’g’ri 
foydalanishga, ularni ozoda saqlashga o’rgatib boriladi. 
O’qituvchi o’quvchining yozuv qurollari va materiallarini muntazam tekshirib 
borishi muhim vazifa sanaladi. Dastur talabi boyicha 1-sinf o’quvchilari uchun 
yozuv yoli 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bolgan qiya chiziqlari siyrak bolgan 2 
chiziqli daftar tavsiya etiladi. 
2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi lozim. Kichik 
harflarning bo’yi 3 mm, bosh harflarning bo’yi 6 mm, raqamlarning bo’yi harflardan 
2 marta qisqa bo’ladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida darftarga, 3-4-
sinflarda ona tili daftariga yozadilar. 
1-2-sinflarda foydalaniladigan daftarda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm 
va qiya chiziqlarsiz kichik harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 4 
mm ga teng bo’lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. 


152 
Qiya chiziqlari siyrak bo’lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib borish va mashq 
qildirish orqali 1-sinf o’quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga o’rgatib 
boriladi. Bunday darftarda mashq qilish o’quvchilarga harflarning eni va ular 
orasidagi masofani ko’z bilan chamalash, qiyaligiga rioya qilish imkoniyatini beradi. 
1-sinfda «Husnixat» predmeti 2-yarim yillikdan boshlanadi. O’quvchi 
daftariga sana va oy yozdiriladi. Xat boshiga amal qilishga o’rgatiladi, daftar 
hoshiyasi bo’lishi shart. Darftarga sarlovha yozdirilganda, sarlovha va matn orasida 
satr qoldirilmaydi. 
Daftarga xatoni to’g’irlash yo’li o’rgatiladi. Bu holda xato harfning ustidan 
chiziq tortib, ustiga to’g’risini yozishga odatlantiriladi. Daftar uy vazifasi berilgach, 
yig’ib olinadi, tekshiriladi va baholanadi. 
Yozuv materiali bo’lgan daftarni yuritishga quyidagi talablar qo’yiladi: 
1. Daftarga toza va aniq yozish. 
2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, yonda daftar 
qaysi fan uchun tutilganligi, nechanchi sinf, maktabning nomi va nomeri
o’quvchining ismi va sharifi ko’rsatib o’tilishi zarur. 
3. 1-sinf o’quvchilarining daftarlari muqovasi o’qituvchi tomonidan yoziladi. 
4. Har bir daftarda hoshiya bo’lishi shart. 
5. 2-sinfdan boshlab mashq tartib raqami, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki 
uyda) yozib qo’yiladi. 
6. Harf yoki bo’g

in hamda so’zlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroydi va 
tekis chiziladi. 
7. Xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar 
hoshiyasiga yozib ko’rsatiladi. 
8. Noto’g’ri yozilgan harflarni bo’yash, o’chirish yoki qavs ichiga olib 
qo’yishga ruxsat etilmaydi. 
9. Mashqlarni bajarishda, matn yozishda xat boshidan yozish qoidalariga amal 
qilish talab etiladi. 
Chiroyli husnixat bilan yozishga erishishda yozuv qurolining ahamiyati katta. 
Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya etiladi. Sharikli 


153 
ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida tutishga mos. Ruchka 
barmoq orasida tutilganda, ruchka uchi bilan barmoq oralig’i 1,5-2 smga teng 
bo’lishi shart. Aks holda barmoqni ruchka uchidan uzoq ushlash yoki juda yaqin 
tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk yozishga olib keladi. 
Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to’ldirilgan sterjenning bo’lishi undagi 
ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi faqat binafsha 
rangda bo’lishi talab qilinadi. 
O’qituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi. Ruchka 
papkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qo’yish uchun maxsus joy 
bo’ladi. O’quvchi ruchakasidagi siyoh tugagan taqdirda, lozim bo’lganda 
foydalanish uchun ruchka va sterjenlar bo’lishi zarur. 
Xattaxta sinfda o’quvchi uchun yozuv materialidan biri sanaladi. O’quvchining 
husnixati daftar va xattaxtada takomillashtirib boriladi, shuning uchun xattaxtada 
yozuvni amalga oshirish uchun uning rangi jigar rang va to’q yashil bo’lishiga 
erishish lozim. Bunda xat aniq va chiroyli korinishga ega boladi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari foydalanadigan xattaxtaning uch qismdan iborat 
bo’lishi, xattaxtaning bir bo’lagiga yozuv daftarining, ikkinchi bo’lagiga katak 
daftarining chiziqlari chizilishi juda muhimdir. Bu chiziqlar yordamida o’quvchi 
chiroyli yozuvga o’rganadi. Shuningdek, xattaxtaning bo’yi ham chiroyli yozuvda 
katta ahamiyat kasb etadi, shu sababli u yuqori va pastga o’quvchi bo’yiga moslab 
harakatlantirishga moslangan bo’lishi e’tiborga olinadi. 
Bo’r xattaxtaga yozishda yozuv quroli sanaladi. Uning yogli bo’lishi katta 
ahamiyat kasb etadi. Bo’rning sifati yozuv sifatini ta’minlaydi. Husnixatga 
o’rgatishda yuqoridagilar e’tiborga olinishi shart. 
Bo’r yumshoq bo’lishi lozim. U 15x15 mmqalinlikda va 50 mm uzunligida 
uncha katta bo’lmagan shaklda tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak.Bunday shakldagi 
bo’r parchasini barmoqlar bilan ushlash qulay va qo’lni yengil harakatlantirish bilan 
turli qalinlikdagi shtrixlarni aniq chizishga erishish mumkin . 
Bo’r o’rta va bosh barmoqlarning o’rtasida yengil ushlanadi. Bosib yozish 
faqatgina ko’rsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Ko’rsatgich barmoq bo’rning 


154 
ustida, uning chekka qismda turishi lozim,bo’lmasa bosib yozish jarayonida bo’r 
sinib ketishi mumkin.Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla kaftga tomon bukilgan 
bo’lishi kerak. 
O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida shunday tuirishi kerakki, 
qo’llarining harakatini yopib qo’ymasligi lozim. 
Sinf taxtasi tekis g’adir-budursiz va yoriqlarsiz bo’lishi va bo’yash uchun 
maxsus tayyorlangan qora bo’yoq bilan bo’yalgan bo’lishi lozim. 
Oddiy moyli qora bo’yoq yozuv taxtani bo’yash uchun yaroqsizdir,chunki 
yozuv taxtaning yaltiroq ustki qavati yorug’likni ko’zga tushiradi,bo’r esa uning 
ustida sirpanadi va maydalanib ketadi. 
Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan tushayotgan 
yorug’lik unda aks etmasligi va o’quvchilar sinfning turli joyidan unga yozilgan 
yozuvni bemalol o’qiy olishlari mumkin bo’lsin. 
O’zida ishonch hosil qilgan holda yozuv taxtasiga harflarni bosib yozisjh 
uchun u mustahkam qilib joylashgan bo’lishi kerak. Agar yozuv taxtasi devorga osib 
qo’yilgan bo’lsa, nafaqat uning yuqori tomoni ilinib turishi kerak, balki yozuv 
taxtaning ikki cheti ham. 
Husnixat bilan yozish mashg’ulotlari uchun yozuv taxta rangli chiziqlar bilan 
chizilgan bo’lishi kerak. Agar yozuv taxtasi chizilmagan bo’lsa o’qituvchi o’zi unga 
chiziqlar tortishi talab etiladi. 
Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi 
masofa o’quvchilarning daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq olinishi kerak . 
Gorizontal chiziqlarni yozuv taxtasiga bo’r bilan bo’yalgan arqonchani yozuv 
taxtasiga bosib chiqish orqali chizish mumkin. 
Yozuv taxtasiga chiziqlarni tezda chizish uchun turli qalinlikdagi chiziqlardan 
foydalanish mumkin. Bunda bir vaqtning o’zida chizg’ichning ikkala tomonidan 
chiziqlar tortib ketish mumkin. 
Harflarning yotiqligini aniqlovchi yotiq chiziqlarni sinf to’g’ri burchakli 
uchburchagi yordamida tezda chizib chiqish mumkin. Bunday uchburchakni 
o’qituvchining o’zi foner yog’ochlar orqali yasab olishi mumkin. 


155 
Agarda sinf xonasi ikki smenada ikkita birinchi sinf yoki ikkita ikkinchi sinf 
o’quvchilari shug’ullanishsa ,unda sinf taxtasini muntazam ravishda emal bo’yog’i 
bilan chizilgan chiziqli holda ishlatish lozim. Buning uchun eng yaxshisi to’q qizil 
rangdagi yoki jigarrangdagi bo’yoqdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har 
qanday chiziqni ozoda (oldiniga chiziqlarni qalam bilan chizib olish, undan keyin 
bo’yoq bilan ) chizish mumkin. 
Shuningdek, maktabda ustiga qora bo’yoq bo’yalgan foner bo’lagidan ham ko’chma 
sinf yozuv taxtasini yasab olish mumkin.Bunday yozuv taxtalariga gorizontal va 
yotiq chiziqlar yoki matematik mashg’ulotlar uchun gorizontal va vertikal chiziqlar 
chizish uchun yozuv taxtasining qavatiga bigiz yoki mix yordamida chizib chiqiladi. 
Chiziqlar orasiga tushgan bo’r aniq oq chiziqning hosil bo’lishiga yordam beradi., 
bu esa o’qituvchining “qo’li” bilan bo’r bilan chizib chiqishda yengillik beradi va 
harflarni yozish jarayonini yengillashtiradi,chunki
yozuv taxtasining ustki qavatida 
bo’yoqlardan qolgan g’adir-budurlar bo’lmaydi.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin