O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Hattotlik maktablari haqida ma’lumot



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   416
 
Hattotlik maktablari haqida ma’lumot 
Xattot va madaniy hayot.
Sharq xalqlari, shu jumladan, O’rta Osiyo 
xalqlarining madaniy tarixi eng qadimiy va ko’p sohalarda yuksak taraqqiyot 
bosqichiga erishilganligi butun dunyo ilm-fan ahli tomonidan e’tirof etilgan 
haqiqatdir. O’rta Osiyo xalqlari o’z o’tmishida bir necha daf`a iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy taraqqiyot davrini boshidan kechirgan. 
17
G’ulomov.M, “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini husnixatga o’gatish” T. O’qituvchi 1970, 
“Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish” T. O’qituvchi 1992, “Husnixat metodikasi” T. 
O’qituvchi 1976.Abdullayev. I “Hamrohim” o’quv qo’llanma” T. O’qituvchi 1996, “Sovg’a” 
o’quv qo’llanmasi T. O’qituvchi 1996, “Yangi alifbo va imlo” T. O’qituvchi 2000


138 
Arablar istilosidan so’ng IX-XI asrlarda O’rta Osiyoda, ayniqsa, Xorazmda 
madaniy va ilmiy tafakkur beqiyos barq urib gulladi. Jahonga tanilgan al-Farobiy, 
Ibn Sino, al-Beruniy singari ulug‘ mutafakkir olimlar dahosidan hozirgacha 
bashariyat bahramand bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu porloq 
davr arab istilosining mahsuli emas, aksincha, arab istilosiga qadar O’rta Osiyoda 
mavjud bo’lgan xorazmiylar va so’g’diylarning uzoq asrlik boy madaniyatining 
qonuniy taraqqiyotidan iborat bolgan. Arab istilosiga qadar O’rta Osiyo xalqlari, shu 
jumladan, turkiy xaqlar (ayniqsa, uyg’urlar) yaratgan madaniy obidalar fikrimizning 
isbotidir. Ayniqsa, 1965- yili Samarqandda ochilgan Afrosiyob arxeologik 
yodgorliklari arablarga qadar O’rta Osiyo xalqlarining mislsiz taraqqiyot darajasida 
ekanini yana bir marta tasdiqlaydi. 
XIII-XIV asrlarda mo’g’ullar O’rta Osiyoni vayron qilib, obod shaharlarni 
xarobaga aylantiradilar. Madaniy yodgorliklar parchalanib, ilm-fan xazinasi bo’lgan 
minglab qo‘lyozma kitoblar gulxanlarda kuydiriladi. Mo’g’ul bosqinchilari qancha 
barbod qilmasinlar, ijodkor xalq o’z madaniy merosini ardoqlaydi, eng og’ir va 
mashaqqatli hollarda madaniy hayot olg’a tomon boraveradi. 
XIV-XV asrlarda Temuriylar davrida o’rta Osiyo feodalizm jamiyatida qisqa 
muddatli bo‘lsa ham markazlashgan feodal davlati joriy qilinib, mamlakat hayotida 
iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalish ro’y berdi. Ayniqsa, XV asr Hirotda, 
Samarqandda o’rta Osiyo xalqlari madaniyati o’zining eng porloq davrini boshidan 
kechirdi. Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xondamir, Behzod, 
Sulton Ali va Mirzo Bobir bu davrning aql egalaridan bo’lganlar. 
XVI asrning boshidan safaviylar va shayboniylar hokimiyat tepasiga kelishi 
bilan iqtisodiy va madaniy hayot asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi. 
XIX asrga kelganda, ayniqsa, o’rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy va 
siyosiy aloqalari kuchaya borgan sari madaniy hayotda yana kotarilish roy bera 
boshladi. 
Shunday qilib, IX asrdan to XX asrgacha, taxminan 1000 yillik tarixida o’rta 
Osiyo xalqlarining ilm-fan va ma’naviy madaniyat sohasida yaratib qoldirgan buyuk 
merosi bizning davrimizgacha, asosan, qo’lyozma kitoblar shaklida etib kelgandir. 


139 
Arab yozuvida kitobat qilingan ming yillik madaniy meros nasldan-naslga 
qo‘lyozma shaklida o’tib kelgan. Shu qolyozma kitoblar tufayligina o’rta Osiyo 
xalqlari ota-bobolari yaratib qoldirgan madaniy merosdan bahramand bo’lganlar. 
Shu qo’lyozma tufayli O’rta Osiyodagi har bir xalq, har bir millat o’z tarixiga ega 
bo’lgan. Nihoyat, shu qo’lyozmalar tufayli o’rta Osiyo xalqlari jahon madaniyat 
tarixi taraqqiyotiga o’z hissasini qo’sha olgan. 
Bu qo’lyozma kitoblarning muallif tomonidan parcha-parcha qog’ozlarga 
yozilib ijod etilgandan so’ng, uni oqqa ko’chirib, kitob tusiga kirituvchi g’oyat 
murakkab, mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli vazifani bajaruvchi shaxs kitob 
bo’lgan. Kotiblik da’fatan qaraganda kishiga bir texnik vazifaga o’xshab ko’rinadi. 
Kitob go’yo muallifning yaratgan asarini harfma-harf ko’chiruvchi kishidek bo’lib 
tuyuladi. Haqiqatda esa bunday emas. 
O’rta asr tarixida va u davrdagi madaniy hayotda kitobatlik hunari eng sharafli 
va muqaddas vazifa hisoblangan. Avvalombor kotibning savodli bo’lishining o’zi 
feodalizm sharoitida ko’p vaqt hokimlar, amirlar savodsiz bo’lgan bir paytda uni 
(kotibni) yuqori mavqega olib chiqadi. Ikkinchidan, kotib kitobat qilish munosabati 
bilan har bir ko’chirgan kitobning mazmunini o’zlashtira boradi. Shuning natijasida 
haqiqiy kotib o’z zamonasining o’qimishli ilm-ma’rifat egalari qatoridan joy oladi. 
Demak, o’rta asr Sharq mamlakatlarida kitob ko’chirish bilan shug’ullangan 
xattotlarni biz oddiy ko’chiruvchilik vazifasini bajaruvchi shaxs deb emas, balki har 
bir xattotni o’z zamonasining o’qimishli ma’rifatparvar, ilg‘or ziyolisi va yirik 
madaniyat arbobi deb tushunishimiz kerak. 
Arab yozuvi O’rta Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan. Shu sababli arab 
mamlakatlaridagi va shuningdek, O’rta Osiyodagi bir guruh xattotlar Qur’on hamda 
diniy kitoblarni ko’chirish bilan shug’ullanganlar. O’z zamonasida nihoyatda 
muqaddas hisoblangan «kalomi sharif», din, shariat haqidagi kitoblarni ko’chirish 
vazifasi har kimning qo’lidan kelavermagan. 
Bulardan tashqari tarixdan yana shu narsa ma’lumki, o’rta asrlar yashagan bir 
qancha olim, shoir va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab, 
keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Bunday ulug’ zotlar faqat o’z 


140 
asarlarinigina kitobat qilmasdan, balki boshqa mualliflar asarini ham ko’chirganlar. 
Masalan, Hofiz Sheroziy Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»sini ko’chirgan. Temuriy 
bolalaridan bir nechalari (Boysunqor Mirzo, Rolib Mirzo, Badiuzzamon) kitobat 
bilan shug’ullanganlar. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy 
manbalardan ma’lum. Mirzo Bobur arab grafikasining turkiy xalqlarga moslab islox 
qilingan engil yozuv «xatti boburiy»ni ijod etgan. Munis Xorazmiy xattotlik san’ati 
haqida «Savodi ta’lim» nomli risola yozgan va Alisher Navoiyning «Xamsa»sini 
nihoyatda go’zal xat bilan ko’chirgan. Nihoyat, Buxoro xattotlik maktabining so’ngi 
vakillaridan XIX asrning buyuk olimi, ensiklopedik aql egasi Axmad Donish o’ndan 
ortiq zebo qo’lyozmalar ko’chirib qoldirgan. 
Ibn Bavvobning xat san’ati haqidagi risolasidagi asosiy g’oyalar keyinchalik 
juda ko’p risolalarda taraqqiy ettiriladi va yangi amaliy maslahatlar, nazariy fikrlar 
bilan boyitiladi. 
Biroq Ibn Bavvob ixtiro etgan xat namunalari haqida XVI asrgacha, deyarli, 
hech qanday aniq ma’lumot yo’q. Faqat XV asrning II yarmida yashab 908/1502-03 
yilda vafot etgan arab xattotlaridan Muhammad bin Hasan al-Tibiy o’zining 
risolasida Ibn Bavvob Tomonidan 17 xil xat ixtiro etilganligini to’la ravishda bayon 
qiladi hamda bu 17 xil xatni Ibn Bavvob yozgan mo’tabar nusxalardan ko’chirib, 
ularning nomlarini birma-bir ko’rsatadi. Muxammad Bin xasan al-Tibbiy risolasini 
arab olimlaridan doktor Saloxdddin al-Munajjid 908/1502-03 yilda ko’chirilgan 
nusxasini 1962- yilda faksimal shaklida nashr qildirgan va unga katta so’z boshi 
yozgan. 
Mazkur risola orqali biz Ibn Bavvobga nisbat berilgan xat namunalari bilan 
tanishish imkoniga egamiz. 
Arab xatining husnixatdagi eng muhim qoidalari va turlarini mashhur ixtirochi 
Ibn Bavvob 36 tur xatdan tubandagi 16 turini Ibn Muqladan keyin ixtiro qilnganligi 
va takomillashtirganini XVI asr (1519 yil)da yashagan ulug’ xattot Muhammad 
binni Hasan Tibiy o’zining «Jome’i mahosini kitobat ul-kuttab» nomli asarida Ibn 
Bavvob usulidan suratlarini yozib ko’rsatgan. 


141 
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik instituti qolyozmalar fondida mavjud minglab kitoblar va kitobat 
san’ati, husnixat to’g’risidagi qator risolalarda berilgan ma’lumotlardan husnixat 
san’ati o’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyat tarixida yetakchi ro’l o’ynagan 
san’atlardan bo’lgan degan xulosa chiqarish mumkin. 
O’rta Osiyoda xattotlik san’atinining keng taraqqiyoti Temur va Temuriylar 
davridan boshlanadi. Husnixat san’ati dastlab Xuroson poytaxti Hirotda rivojlanib, 
u erda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik maktabi tashkil topadi. 
Maktabning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu yerda, asosan, XIV asrda Mir 
Ali Tabriziy yaratgan nasta’liq xat uslubi Sulton Ali tomonidan takomillashtiriladi. 
Bu uslub yirik va mayda nasta’liq kitobat ishlarida keng qo’llanib, badiiy va tarixiy 
asarlar faqat nasta’lish xatida kitobat qilingan. Diniy va ba’zi ilmiy asarlar esa nasx 
xatida ko’chirilgan. Kofiy, riqo,suls va nasx xatlari esa ko’proq me’morchilik, 
naqqosh san’atida va Sharq epigrafiyasida ishlatilgan. 
Xattotlik san'atini rivojlantirishda Ibn Muqla, Ibn Bavvob va Yoqut 
Musta'simiy bilan bir qatorda XV asrning mashhur xushnavisi Sultonali 
Mashhadiyning ham xizmatlari kattadir. Uning «Odob ul-mashq» risolasida birinchi 
bor chiroyli yozuvga o`rgatishning ikki usuli-nazariy va qalamiy usullari bayon 
etilgan. Nazariy usul o`tgan ustozlar yozuvini o`rganish va mushohada etishni 
taqozo etsa, qalamiy usul-chiroyli nusxaga qarab payvasta mashq qilishni talab 
etadi.
Hushnavislar aksari ikki tarzda jalliy va xalfiy tarzda yozadilar. Odatda xalfiy 
mashqi kunduzgi, jalliy mashqi kechasi amalga oshirilar edi. Chunki xalfiy xati 
kichik yozilsa, jalliy yozuvi katta-katta yozilar edi. Ko`pgina kitoblarning 
hoshiyalarida xalfiy xatida kitobat qilingan yozuvlarni ko`ramiz. O`rta asrlarda har 
bir hushnavis hech bo`lmaganda uch xil yozuvda-suls, nasx, nasta'liq yozuvlarida 
mashq qilar edilar. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin