O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   416
 
 
4.Rayhoniy xati - muhaqqaqdan kelib chiqqan bo’lib uning ixtirochisi Ibn 
Bavvobdir. 
Rayhoniy xati - ko`fiydan kelib chiqqan. Bu nom xatning yozilishi shakl 
jihatidan rayhonga o`xshashligida. Ko`fiy va rayhoniy xatlarning ixtirochisi Ibn 
Bavvob (vaf.mil.1022y.) bo`lgan. 
 
 
5.Tavqe xati - yarim tekis, yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan. 
Ma`qaliy va ko`fiy xatlariga o`xshashligi bor. Tavqe deyilishiga sabab shuki, 
ilgari qozilar qozixona hujjatlarining boshiga yoziladigan so`zlarni shu xat bilan 
yozganlar. Qozilar va hokimlar hujjatlarni shu tavqe xati bilan imzolardilar. Idora 
va mahkamalarda farmonlarga, maktublarga, qo`lyozmalarga tavqe uslubida imzo 
qo`yilgan.
6.Riqo xati - ko’pchilik harflag bir-biriga qurama qilib yoziladi. 
Riqo` xati - ko`pincha maktublar, kishilarga yuboriladigan xatlar shu xat bilan 
yozilgan. Ko`pchilik harflari bir-biriga qurama qilib yoziladi. Riqo` «ruq`a» 
so`zining ko`pligi bo`lib, qog`oz parcha, maktublar demaqkdir. Tavqe va riqo 
xatining ixtirochisi ma`lum emas. 


134 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatlarning har biri o’z o’rnida qo’llanilib kelingan. 
Muhaqqaq xatidan qasida va she’rlar yozishda, suls-ilmiy asarlar va xat yo’1-
yo’riqlarida, rayhoniy va nasx-qissa va xabarlarda, tavqe buyruq va farmonlarda, 
riqo xati maktublarda ishlatilgan. Undan tashqari, bu asosiy usulning har biri 
ingichka va yo’g’on qalamlarda yozilishi natijasida yana o’n ikki xil xatni tashkil 
qilgan. Shuning uchun ham eski maktablarda yozuv malakasini hamma o’quvchilar 
ham to’liq egallay olmaganlar. Yozishga qiynalishning yana bir sababi ko’p 
xarflarning so’zda qo’llanish o’rniga qarab har xil shakl olishidir. 
Eski maktabda harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib yozish 
“sarxat” deb atalib, ba’zan sarxat yozish bir-ikki yilga cho’zilgan. Sarxat yozishga 
o’rgatilganidan so’ng “murakkabot”, ya’ni harflarni bir-biriga qo’shib yo’zib 
o’rgatilgan. Murakkabotdan keyin “muqattaot” mashqi, ya’ni bayt va ruboiylar 
ko’chirib yozish o’rgatilgan. Eski maktabda muqattaotga juda ko’p vaqt sarf 
qilingan. Bolalar duoiy salomni yozishni bilsalar, ularning xat-savodi chiqqan 
hisoblangan. 
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat 
mashg’ulotlari uchun zarur bolgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga 
o’rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan 
bir marta yozilgandan so’ng uning ustida qayta yozishga yo’l qo’yilmagan, bu yozuv 
qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo’lgan. Bolalarga yuqoridagiga o’xshash 
ayrim yo’1-yo’riqlar ko’rsatilgani bilan ularning ko’zi bilan qog’oz orasidagi 
masofaning to’g’ri saqlanishiga e’tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish 
ham ta’qiqlangan. 


135 
Eski maktabda husnixat qoidalarini o’rgatuvchi birdan-bir qo’lanma 
“Mufradot” kitobi bo’lgan. Domlalar yozishni o’rgatish va husnixat mashq 
qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o’rgatishning birdan-
bir yo’li ko’chirib yozish ko’nikmasini hosil qilish bo’lgan. Bolalar uchun arab 
alfavitida yozish juda qiyin bolib, unda biror nuqtaning noo’rin qo’llanishi yoki 
nuqtalar sonini kam yoki ortiq bo’lishi so’zning ma’nosini tubdan o’zgartirib 
yuborgan. Shuning uchuin, arab yozuvida juda ehtiyot bo’lib yozish zarur edi. Ana 
shunday bir vaqtda husnixat bo’lishni, har bir harfni to’g’ri va aniq yozishni talab 
qilish, bu masalaga kishilarning diqqatini jalb qilishda husnixat ta’limini o’rgatuvchi 
metodik qo’llanma juda muhim edi. Bu ishga birinchi bo’lib shoir va xattot 
Shermuhammad Avazbek o’g’li Munis (1778-1829) bel bog’laydi. Munis 1804 
yilda o’zbek tilida ‘Savodi ta’lim’ nomli risola yozadi. Uning bu risolasi amaliy 
hamda nazariy tomondan o’sha davrga nisbatan katta ahamiyatga ega edi. 
Munisning bu asari uning vafotidan keyin Xorazm xattotlari tomonidan ko’chirib 
yoziladi. 
Munis bu risolasini ikki qismiga birinchi qismida husnixatdan ta’lim bergan 
ustozlari haqida, xat va chiroyli yozuv asboblari haqida foydali maslahatlar beradi. 
So’ z maxzanining nishonasi ham, 
Ma’ni durining hazonasi ham, 
Har so’ zki, ko’nguldan o’vdi mavjud, 
Xat bo’lmasa bo’lg‘ay erdi nobud... 
U yozuv qoidalariga ham katta ahamiyat 
berib shunday deydi: 
Olam ishi intizomi andin,
Olam elining nizomi andin,
Ul bo’lmasa bo’lmag’ay kitobat, 
Bu bo’lmasa qolmag’ay hikoyat... 
“Savodi ta’lim”ning ikkinchi qismida arab 
alfavitidagi harflarning o’lchovi va shakli, 
katta- kichikligi tushuntiriladi. Munis bu 


136 
kitobida harflarning o’lchovini qat’iylashtirib har xillikka chek qo’yib, husnixat 
ta’limiga yangilik kiritgan. Uning bu risolasi xattot va kitoblarga hamda o’z xatini 
tuzatmoqchi bo’lgan kishilarga yaqindan yordam bergan. 
Hozirgi kunda maktablarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri 
o’quvchilarning savodxonligini oshirishdir. O’quvchilarning savodxonligini 
oshirishda toza va chiroyli yozuvning roli katta. Ulug’ rus pedagogi K. D. Ushinskiy 
husnixat darslariga alohida e’tibor berib, ‘dastlabki orfografik malakalar husnixat 
darslarida tiklanadi’, - degan edi. 
O’zbek maktablari 1940 yildan boshlab, krill grafikasi asosida yozuvga o’ta 
boshladi. O’zbek maktablari uchun husnixatga oid maxsus qollanmalar 
yaratilmagan bo’lsa ham, rus metodist olimlari tomonidan yaratilgan qo`llanmalar 
asosida o`quvchilar yozuvga o`rgatildi. 
1948- yilda V. A. Saglinning “Boshlang’ich sinflarda yoziivga o’rgatish” nomli 
qo’llanmasida 1-4- sinflarda husnixatga o’rgatishning maqsadi, vazifalari va usullari 
bayon etilgan. Bu kitobda yozuvda uchraydigan tipik grafik xatolarni tuzatish uchun 
ko’rsatmalar va tez yozishga o’rgatuvchi tayyorgarlik mashiqlari berilgan. 
Qo’llanmada doskada bo’r bilan yozish qoidalari ham bayon qilingan. 
1948-yilda E.V. Guryanov “Yozuv mashqlarning psixologik eslatmalari” va 
“Alifbe davrida yozuvga o’rgatishning psixologiyasi va metodikasi” nomli 
qo’llanmalarida esa yozuv jarayoniga ilmiy asosda yondashadi va yozuvning 
psixofiziologik asoslari ochib beriladi. Muallif bu qo’llanmalarda o’quvchilarning 
diqqatini boshlang’ich sinflarda darsning samaradorligini oshiruvchi qator shart-
sharoitlarga to`xtaladi hamda amaliy ko’rsatmalar beradi. 1959-yilda E.V. 
Guryanovning “Yozuvga o’rgatish psixologiyasi” kitobi nashr qilindi. Bu 
qo’llanmada, asosan, yozuvga o’rgatish psixologiyasi to’la ochib beriladi hamda 
eski kaligrafik yozuv sistemasi tanqid qilinadi. Muallif bosim bilan yoziladigan 
yozuv sistemasini misollar bilan ko’rsatib beradi hamda mavjud yozuv grafikasini 
soddalashtirishni taklif qiladi. 
1983- yilda D. A. Pisarevskiy tomonidan yozilgan “Yozuvga o’rgatish” 
kitobida birinchi marta boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun darslarni qanday 


137 
tashkil etish yo’llari ko’rsatiladi. Muallif bu kitobda harflarni izchillik bilan 
o’rgatishni, har xil bog’lanishlarni to’liq ko’rsatib o’tadi. Ammo chiroyli yozuvga 
o’rgatishning asosiy shartlari haqida kam ko’rsatma beradi. 
1970- yidan boshlab soddalashtirilgan harflar qabul qilindi, “Alifbe” kitobida 
o’quvchilar uchun ko’rsatmalar berildi. Yangi shriftning asosiy xususiyatlari 
quyidagilardir: juda ko’p harflarning shakli soddalashtirilgan, katta harflarning 
shakliga yaqinlashtirilgan; yangi harflar bir sharoitda qo’lni uzmasdan bog’lab 
yozishga mo’ljallangan. Yozuv qurollari takomillashib borishi bilan E.V.Guryanov 
tomonidan tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970- yildan boshlab maktablarda 
keng qo’llanila boshlandi. Harflar soddalashtirilib, husnixat bilan yozishni 
o`rgatishga mo`ljallangan kitoblar nashr qilina boshlandi. 
O’zbek maktablarida soddalashtirilgan kirill alifbosida chiroyli yozish va 
chiroyli yozishga o’rgatish borasida M.G’ulomov
17
tadqiqot ishlarini olib bordi. U 
o’zining qo’llanmalarida 1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish 
usullarini, husnixat qoidalarini ishlab chiqdi, amaliyotga tadbiq etish metodikasini 
ochib berdi.
Amaldagi alfavitdagi harflarni husnixat bilan yozish qoidalariga doir amaliy 
mashqlar namunasi Y.Abdullayevning “Sovg’a”, “Yangi alifbo va imlo”
“Hamrohim” qo`llanmalarida o’z aksini topgan. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin