11-mavzu yarim oval elementli kichik harflar guruhi bilan tanishtirish. Yarim oval elementli harflarni qismlarga ajratib, avval elementlarini, so‘ngra to‘liq shaklini husnixat talablariga muvofiq yozishni mashq qilish



Yüklə 17,97 Kb.
tarix30.09.2023
ölçüsü17,97 Kb.
#150650
11-mavzu yarim oval elementli kichik harflar guruhi bilan tanish


11-MAVZU Yarim oval elementli kichik harflar guruhi bilan tanishtirish. Yarim oval elementli harflarni qismlarga ajratib, avval elementlarini, so‘ngra to‘liq shaklini husnixat talablariga muvofiq yozishni mashq qilish. Ushbu harflar ishtirokida so‘zlar yozish.



1.1 Amaliy mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi.

Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 30 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot

Amaliy mashg‘ulot rejasi

1. Talabalarni amaliy mashg‘ulotga tayyorlash.
2. Husnixat daftariga harf unsurlarini yozishni mashq qildirish.
3.Husnixat darslariga qo‘yiladigan talablar yuzasidan talabalar bilimini aniqlsh.
4.Yarim oval unsurga ega bo‘lgan harflar yuzasidan talabalar bilan suhbat.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarni yarim oval elementli harf unsurlarini grafik jihatdan to‘g‘ri yozish malakalarini rivojlantirish.

O‘qituvchining vazifasi:
1. Husnixat darslariga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish bo‘yicha talabalar bilimini aniqlash mashg‘ulot davomida ularni faollashtirish.
2. Yarim oval elementli harflarni to‘g‘ri yozishni tushuntirish, talabalarning mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini 5 ball asosida baholash.



O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Yozuv qurollarini sanab bering.
2. Yarim oval elementli kichik harflar guruhini husnixat qoidalari asosida yozishni mashq qilish.
3. Test yechish.
4. Yarim oval elementli kichik harflarni husnixat qoidalari asosida yozishga o‘rgatuvchi mashqlardan namunalar ko‘rsatish.

Ta’lim metodi va texnikasi

Genetik metod, suhbat, qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.

Ta’lim vositasi

Darslik, metodik qo‘llanma, proyektor

Ta’lim shakli

Yakka tartibdagi savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.

Ta’lim sharti

Auditoriya, TSO dan foydalanish.

Texnologik xarita

Dars bosqichlari va vaqti

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish.
(5 daqiqa)

1. Amaliy mashg‘ulot mavzusini (. Yarim oval elementli kichik harflarni yozish.)
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini e’lon qilish.

Eshitadi, yozadi,javob beradi.

2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish
(15 daqiqa)

Metod. Suhbat.
Maqsad. Talabalarning boshlang‘ich sinflarda husnixatga o‘rgatish usullari bo‘yicha fikrlarni aniqlash.
Savollar.
1.Husnixatga o‘rgatishda qaysi tamoyillarga amal qilinadi?
2. Husnixatga o‘rgatishda onglilik tamoyiliga qanday amal qilinadi?
3. Husnixatga o‘rgatishda qanday ko‘rgazmalardan foydalaniladi?

Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi.

3-bosqich.
Umumlashtirish
(50 daqiqa)

Topshiriq.. Yarim oval elementli harflarni esga olish va mashq qilish ustida ishlanadi. Yarim oval elementli harf elementlariga
c x a
Yarim oval elementli harflarni husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda yozdirish. Shundan so‘ng harf elementlarini xattaxtada yozishni mashq qildirish.
Harf elementlari uchun ko‘rgazma tayyorlash yuzasidan maslahatlar berish




4-bosqich
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

Savol – topshiriqlar.
1.1-4-sinf o‘quvchilarini husnixatga o‘rgatishda ularning qaysi holatlari hisobga olinadi?
2.Harf elementlari uchun ko‘rgazmalar tayyorlang.
Dars yakunida harf elementlari uchun ko‘rgazma tayyorlash ustida ishlanadi, mashg‘ulotda faol qatnashgan talabalar baholanadi.




Yüklə 17,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin