131
Munis Xorazmiy xattotlik san’ati haqida “Savodi ta’lim” nomli risola yozdi va
Alisher Navoiyning “Xamsa”sini nihoyatda chiroyli xat bilan ko’chirdi. Muqimiy
ham juda mayda nasta’liq va shikasta xati uslubida bayoz ko’chirgan. Bularning
hammasi shuni ko’rsatadiki, (o’rta Osiyoda nafis kitob
yaratish texnikasi ixtiro
etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli bo’lgan. Qo’l yozmalarni
kitob holiga keltirishda bir necha mutaxasislar ishtirok etganlar.
Bu jarayonda
qog’ozrez (qog’oz quyuvchi), xattot, (muzahhib (oltin suv bilan bezak beruvchi),
lavoh (lavha chizuvchi), musavvir va sahhof (muqovqchi) ishtirok etadi. Shu
yo‘sinda tayyorlangan nafis kitoblar shohlar,
buyuk olimlar va shoirlar
kutubxonalarida saqlanar edi.
O’rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog’oz ishlashda
katta shuhrat qozongan edilar. Ularning qog’ozlari pishiq va silliq edi. Xattot
uchun
esa ana shunday sifatli qog’ozlar kerak bo’lar edi. Qog’ozlar kustar holda turli
usullarda tayorlangan.
Xattotning asar ko’chirish qurollari: “siyoh”, “qamish qalam”, “mistar”
(transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun “qalamtarosh”,
qamish
qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka “qalam qat” dan
iborat bolgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan. Uni
tayyorlash ham alohida san’at talab etgan. Qamish qalamdan qog’ozga siyoh
tommaslik uchun hamda qalamda doim etarli darajada siyoh bo’lishi uchun
siyohdon (dovot) ga tolguncha ipak los solingan. Siyohga bo’ktirilgan ipak loslar
qalamning yetarli miqdorda siyoh bilan ta’minlanishiga yordam beradi.
Xattotlar texnik vazifalardan tashqari o’z yozuv
uslublarini ham ishlab
chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko‘fiy xati
uslubi keng o’rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil asosiy
uslublari maydonga keladi:
1. Suls xati - bu xatning to’rt bahrasi tekis, ikki
bahrasi yumaloq shakilda
yoziladi.
Suls xati
132
Suls xati - bir narsaning uchdan bir hissasi yoki uchinchi hissasi demakdir. Ibn
Bavvob birinchi bo`lib suls xati harflarining shaklini nuqta o`lchovlariga asoslagan
va suls xatining grafik asoslarini ixtiro etgan
.
2.Nasx xati - bu xatning ixtirochisi mashhur xattot Ibn Muqla’ hisoblanadi.
Bu xat yuzaga chiqib, shuhrat qozongandan keyin boshqa xatlarning barchasi
mansux, ya`ni ishlatishdan qoldirildi. Ilmiy adabiyot va qo`lyozmalarda ko`p
uchraydigan g`ubor xati nasx xatining mayda qalamda yozilishidir. Matnlar
raqamlarga o`xshab juda mayda qilib yozilgani uchun g`ubor deb aytilgan. G`ubor
xatining ixtirochisi - Said Qosim.
3.Muhaqqaq xati - bir bo’lak
qismi tekis bolib, qolgan bo’laklari yumaloq
shaklida yoziladi.
Shuning uchun bu xatning ma`qaliy va ko`fiy xatlariga o`xshashligi boshqa
xatlarga nisbatan ko`prokdir. Shu sababdan Ibn Muqla bu xatga muhaqqaq deb
nom berdi. Boshqa turdagi xatlardan birinchi deb bildi.