O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   416
Hirot xattotlik maktabi. 
Hirot Xurosonning eng katta va mashhur 
shaharlaridan bo’lib, olimlar, fozillar, shoirlar va xattotlar bilan tolgan xushmanzara 
bog’-bo’stonlari, turli meva va suvlarining ko’pligi bilan shuxrat qozongan. 


142 
Xurosonning katta qismidagi markaziy shaharlardan yana biri Marv Shohjon 
(Turkmaniston)dir. Yoqut Hamaviyning aytishicha, al mavron *(ikki marv) degan 
so’z bo’lib, biri Marvrud ikkinchisi Marv shdhjondir. 
Yoqut shunday deydi: «Marvda ilmiy ahamiyatga ega bolgan qimmatli kitoblar 
juda ko’p edi. Men u erdan ketgan vaqtimda (1220 yilda) vaqf qilingan 10 ta 
kutubxona bor ediki, dunyoda kitobning ko’pligi va yaxshiligi jihatidan unday joyni 
ko’rmaganman. Ular quyidagicha: 
1. Katta jomega qarashli 2ta kutubxona bolib, biri Sulton Sanjar xodimlaridan 
Aziziddin Abu Bakr Zanjoniy nomiga qo’yilgan. Unda 12 ming jildga yaqin 
qo’lyozma kitoblar saqlanadi. 
2. Al-Kamoliya kutubxonasi (kimga nisbat berilganligi ma’lum emas). 
3. 1100 yilda vafot etgan Al Mustavfiy Abulsa’d Muhammad ibn Mansurning 
madrasasidagi kutubxona. 
4. Nizom al-Mulk Hasan binni Ishohning madrasasidagi kutubxona. 
5. Somoniylarga tegishli ikki kutubxona. 
6. Al-Amidiyya madrasasidagi kutubxona. 
7. Marvdagi oxirgi vazirlardan Majdi mulkning kutubxonasi. 
8. Madrasa Xotuniyadagi kutubxona. 
9.Yana u erda Az-Zamiriya kutubxonasi. Bularning hammasi 1221 yilda 
mo’g’ullar tomonidan xarob etilgan». 
Axmad Tayibshoh Movarounnahriy bir necha xatga, ayniqsa, suls xatiga 
ravshanlik kiritgan. 1215 yilda vafot etgan. Ba’zilar bu xattotni Ibrohim shoh Tayib 
Axmad deydilar. 
Mavlono Yusuf Xurosoniy xattot Yoqutning mashhur shogirdlaridandir. Ustozi 
bilan bir vaqtda vafot etgan. Yoqut xat bilan 1210 yilda ko’chirilgan «Kalimoti 
murtazaviyya» asari Ayoso’fiya kutubxonasida saqlanadi. «Kalimot» bilan birga Ali 
binni Hilol xatida Salomat ibn Jandal ismli arab shoirning qasidasini ko’chirgan. Bu 
qasidani 1218 yilda ko’chirib tamomlagan. 1269 yilda vafot etgan. 
Ibroqim Mirzo Shohrux o’g’li Temur nabiralaridan bo’lib, Sharafiddin Ali 
Yazdiy shogirdlaridandir. Ulug‘ tarixchi o’zining «Zafarnomaiy Temuriy» asarini 


143 
Temurga bag’ishlab yozgan. Mirzo Ibrohim olti xil xatda tengi yo’q xattot edi. 
Yoqut uslubiga taqlid qilib, xat san’atida undan o’tib ketgan. U yozgan xat 
qoldiqlarining ba’zilari hozir ham Sheroz qadimiy binolarida saqlanib qolgan. Xattot 
1431 yilda vafot etgan. 
Ahmad Rumiy Sulton Boysunqor kitobxonasining xattotlaridan bo’lib, ko’p 
vaqtlar ulug’ kishilar bilan suhbatlashgan. 
Sulton Boysunqor Temuriy shahzodalaridandir. U 35 yoshida -1427 yilda vafot 
etgan. «Davlatshox tazkira»da ko’rsatilishicha, uning kitobxonasida 40 nafar 
mashhur xattotlar tun kun kitobat bilan shug’ullanar edilar. Xattotlik, zarafshonlik, 
oltin xalash, naqsh, lavxa, rasm, miniatyura va boshqa badiiy san’atlar ishlash 
Boysunqor davrida ravnaq topgan. Istanbulning xar bir kutubxonasida hech 
bo’lmaganda bir nusxa uning davrida ko’chirilgan asar mavjud. Sulton buyrug’i 
bilan ko’chirilgan qo’lyozmalardan «Faraj ba’da shiddat»ning tarjimasi va «Nusxat 
ul-arvox» kitobi diqqatga sazovordir. 
Mirzo Ulug’bek astronomiya va xandasada o’z davrida yagona bo’lgani kabi 
Boysunqor mirzo she’r va xatda o’z davrining eng mashxur kishisi edi. 
Eronliklaming aytishicha, to’rt kishi to’rt xatda sulsda Boysunqor Mirzo, 
nasta’liqda Mir Imod, nasxda Mirzo Ahmad, shikasta xatda Darvesh Abdu Majid 
Tolqoniy ustod emish. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin