123
bo`ldi. Pahlaviy yozuvida faqat uzun unlilar o`z alomatiga ega edi.
Ushbu yozuv
o`ngdan chapga qarab yozilar edi.
V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlarning O’rxun-Enisoy yozuvidan keng
foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Enisey
daryosi qirg’oqlaridagi O’rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi
Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida olimlar
bu yodgorliklarni o’qiy olishmagan.
1892-1893-yillarda daniyalik olim
Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov
yodgorlikdagi yozuvlarni o’qishga muyassar bo’ldilar. O’rxun-Enisey yozuvi turkiy
xalqlarning eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi.
VII-VIII asrlarda O’rta Osiyo arablar tomonidan istelo qilindi. Shu davrdan
boshlab O’rta Osiyo jumladan o’zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalanila
boshlandi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalanildi.
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo’lishi bilan birga, o’zbek
tilining tovushlarini to’la ifoda eta olgan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan ilg’or
fikrli kishilar arab alifbosi yuzasidan o’z fikrlarini bildirishga xarakat qilganlar.
Chunonchi, Bobur o’zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi.
Ammo bu yozuv
amaliyotda joriy qilinmadi.
1926-yil iyun oyida O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining lotin
harflari asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.
O’zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o’zbek alifbosiga
o’tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to’liq amalga oshirildi. Ammo bu
yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o’zbek yozuvi
yangi alifboga o’tish haqidagi qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon qilinganidan so’ng lotin yozuvi
asosidagi o’zbek alifbosi masalasini o’rtaga qo’ydi. Bu masala O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-
sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy
etish to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni amaliyotga joriy qilish
borasida qizg’in ishlar olib borildi. “O’zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni hozirlash
124
jarayonida alifbodagi ayrim harflar ularning shakllari
yuzasidan fikr mulohazalar
paydo bo’ldi. Mana shular asosida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini
joriy etish to’g’risida”gi qarorga o’zgartirishlarning kiritilishi to’g’risida qaror qabul
qilindi.
Alifbo biror tilning yozuvida qabul qilingan va ma'lum an'anaviy tartibda
berilgan yozuv belgilarining majmui. Alifbo miloddan avvalgi 2000 yil ohirlarida
qadimgi Ugarit va Finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr
yozuvlari sanoq tizimi bo`lgan deb tahmin qilinadi.
Turkiy halqlarning rum va
turkiy yozuvlari bo`lgan.
Ammo, bu o`ziga xos turkiy yozuvlar alifbosi haqida ma'lumot uchramaydi.
Hozirgi harfiy va bo`g`in alifbosi finikiy, oromiy, yunon alifbosidan kelib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: