O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   416
26. O’qish va yozuv malakasi...
A) tilga oid malaka 
B) nutqqa oid malaka 
C) til va nutqqa oid malaka 
D) ichki va tashqi nutqqa oid malaka 
27. Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” kitobi qachongacha qo’llanib 
kelingan? 
A) 1917-yilgacha 
B) 1912-yilgacha 
C) 1914-yilgacha 
D) 1919-yilgacha 
28. Savod o’rgatishda o’quvchilar toliqib qolmasliklari uchun ish turlari qancha 
vaqt orasida almashtiriladi? 
A) 8-10 daqiqada 
B) 15-20 daqiqada 


116 
C) 5-6 daqiqada 
D) 3-4 daqiqada 
29. Savod o’rgatishda yozuv darslarining davrlari qaysi javobda to’g’ri qayd 
qilingan? 
A) tayyorgarlik davri, asosiy davr 
B) yakuniy bosqich 
C) umumlashtiruvchi bosqich 
D) kirish bosqichi 
30. Fonematik eshitish qobiliyatini o’stirish deganda nima tushuniladi? 
A) So’zlarni to’g’ri, aniq talaffuz qilish, talaffuzda ayrim tovushlarni farqlash, 
bo’g’indan tovushni ajrata olishni
B) So’zlovchining nutqini tushuna olishni 
C) So’zlovchining nutqini tushunib, uni ifodali qaytara bilishni 
D) Turli mashqlar yordamida so’zlovchining nutqini anglashlari va qayta 
ifodalay bilishlarini 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


117 
HUSNIXATGA O`RGATISH METODIKASI 
Husnixat va uni o`qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari 

 Husnixat va uni o’qitish metodikasi pedagogik fan. 
Inson o’z fikrini 
boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu 
shaklining o’xshash va farqlash tomonlari mavjud bo’lib ular o’z o’rnida 
afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun 
mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat 
qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga ko’rish asosida 
idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. Yozuv kishilarning o’zaro 
fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq 
avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat 
qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish extiyoji 
yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni 
husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq , chiroyli va tez yozish 
imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur 
mazmunini va uning talablarini o’qitish usullarini yozuviga o’rgatishning gigeyenik 
shartlarini, o’quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish 
sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur. 
Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega. 
Yuqoridagi talab asosida yozishga o’rganishi boshlang’ich sinflardan boshlanadi. 1-
4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish uchun o’qituvchining o’zi husnixat 
bilan yozishi, shu bilan birga o’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgata olishi kerak. 
Husnixat va uni o’rgatish fani amaliy fan bo’lib u chiroyli yozishga o’rgatish 
bilan bir qatorda o’qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradi.
Pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan Husnixat va uni o’tilish 
metodikasi fanining maqsadi: 
1.Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish. 
2.Talabalarni-bo’lg’usi o’qituvchilarni husnixat talablari asosida yozishga 
o’rgatish. 


118 
3.Boshlang’ich ta’limida o’quvchilarni husnixatga o’rgatishning metod va 
usullari bilan qurollantirish. 
Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o’qitish metodikasining o’z predmeti bor. 
Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash, grafik 
jihatdan to’g’ri chiroyli yozishga o’rgatish hisoblanadi. 
Husnixat va uni o’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo’yadi: 
-talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish; 
-o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar xosil qilish; 
-boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil etishga 
o’rgatish; 
-boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari 
bilan tanishtirish. 
Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini 
tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko’nikmasini 
hosil qiladi. 
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lish 
o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar 
qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar, o’z hato kamchiliklarini ham 
o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.
Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib 
turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan 
yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga kitobxonning ko’p vaqt sarflashiga 
to’g’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o’qituvchi 30 talab o’quvchilar 
daftarini tekshiradi. Agar o’qib bo’lmaydigan qilib yozgan bo’lsa o’qituvchining 
ham unga ko’p vaqti sarf bo’ladi. Aniq va ravon qilib yozgan dastxati o’qituvchining 
ishini yengillashtiradi, keyingi talimiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun 
imkoniyat yaratadi. 


119 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin