8. Yozuv darsida o’quvchilar egallaydigan amaliy imloviy bilimlar majmui ko’rsatilgan javobni belgilang. A) Talaffuzi yozilishidan farq qilmaydigan so’zlarni to’g’ri yozishni, gapda
so’zlarni alohida yozishni, bo’g’in ko’chirishni bosh harf bilan kishilarning, shahar,
ko’cha, hayvonlarning nomlarini yozish.
B) Jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni to’g’ri yozishni, alohida va
chiziqcha bilan yoziladigan so’zlarni, bo’g’inga bo’lib va bo’g’in ko’chirish
qoidasiga ko’ra yoziladigan so’zlarni, bosh harflar imlosini.
C) CHiziq va qisqa aytiladigan undoshli so’zlarni, jarangli va jarangsiz
undoshli so’zlarni, bo’g’in ko’chirish va bosh harflar imlosini.
D) Qo’shma so’z, sodda so’z, juft so’zlarining yozilishini, bo’g’in ko’chirilishi,
bosh harflar imlosini.
9. Savod o’rganish jarayonidagi yozuv darslarida o’tkaziladigan diktant turlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) Taolimiy diktant va tekshirish diktanti
B) Tekshirish diktanti, harfiy diktant, bo’g’in diktanti
C) Harfiy diktant va taolimiy diktant
D) Taolimiy diktant, izohli diktant, rasm diktant, yoddan yozuv diktanti,
saylanma diktant
10. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatishda qanday mustaqil ishlardan foydalaniladi? A) Ichda o’qish, rasmga qarab hikoya tuzish
B) Kesma harflardan alifbedagi matnni tuzish
C) O’qituvchi bergan savolga javob tayyorlash
D) Rasm chizish, harf terish kartoni va abakda analitik-sintetik ishlarni
bajarish, bo’g’inlar kassasidan foydalangan holda so’z tuzish, ichda o’qish, yozuv
daftarida yozish, hikoya tuzish
111
11. “Alifbe” darsligini tuzishda qanday xususiy mezonlarga asoslaniladi? A) g’oyaviylik, bayonning ilmiyligi, tushunarliligi
B) ko’rsatmalilik, onglilik
C) o’quv materialining hayot bilan aloqadorligi
D) barcha javoblar to’g’ri