Mavzu : Yozuv daftari asosida hosil qilinadigan imloviy bilimlar



Yüklə 85 Kb.
səhifə1/3
tarix29.07.2023
ölçüsü85 Kb.
#137892
  1   2   3
Bonu husnixat


Mavzu : Yozuv daftari asosida hosil qilinadigan imloviy bilimlar va diktant turlari
Reja :
1. “Yozuv daftari”ning tuzilishi
2.Yozuv daftari asosida hosil qilinadigan imloviy bilimlar va diktant turlari
3.Harf va so’z diktanti haqida ma’lumot.

1.“Yozuv daftari”ning tuzilishi
Yozuv daftari asosida uyushtiriladigan yozuv darslarida o’quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilar.
Yozuv ko’nikmalarini shakllantirish ham bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog’liq. Shu tufayli yozuv daftari ham savod o’rgatish jarayonining davrlashtirilishiga mos holda tuziladi. O’quvchilar tayyorlov davrining birinchi bosqichida yozuv chiziqlarini farqlash (asosiy yozuv chizig’i: ( = ); yordamchi yozuv chizig’i: ( - - - // ), harf elementlarini yozish, elementlar oralig’ini chamalash orqali ular orasida bir xilda masofa qoldirish, hoshiyalar ustidan chizishni mashq qilish orqali qo’lni yozuvga tayyorlash ishlarini bajaradilar.
Ikkinchi bosqichda unli harflarning kichik va bosh shakllarini yozishni o’rganadilar.
Asosiy davrda undosh harflarning kichik va bosh shakllarini, o’rganilgan unli va undoshlar bilan bo’g’in, so’z, gap yozishni mashq qiladilar. Bu davrda harflarning shaklini o’quvchi xotirasida to’g’ri gavdalanish, tovushlarning so’z ma`nosini farqlashdagi vazifasini anglashlariga erishish, so’z ma`nosini tushunish, so’zning ma`nosini izohlashga, so’z tuzishga o’rgatish, shular bilan bog’liq holda nutqni boyitish, fikrlash faoliyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Daftarda ta`lim beruvchi, o’rganuvchi-tekshiruvchi xarakterdagi mashqlar berilgan. U bilan ishlashda lug’at ishiga doir, talaffuz mashqlari, og’zaki suhbat, hikoyalash, tuzilgan hikoyadan gapni, gapdan so’zni ajratish, so’zni bo’g’inga bo’lish, so’z yoki bo’g’indagi yozilishi o’rganiladigan harfni ajratish, bo’g’inlarni biriktirish, tuzilgan so’zlarni o’qish va yozish kabi ish turlari bajariladi.
Yozuv daftarida o’quvchilar “Alifbe” kitobida o’qigan, tovush tarkibini bir butun holda gavdalantira oladigan til birligini yozadilar.
Daftarning yuqori qismida predmet yoki mazmunli rasmlar berilgan. Ayrim predmet rasmlari nomlarini ifodalovchi so’z nusxalari katakchalarga ajratib berilgan, ayrimlarida ajratilmagan, ulardagi tovush soni tahlil yo’li bilan aniqlangach, bolalarning o’zlari katakchalarga va bo’g’inlarga mustaqil ajratadilar. Ba’zi o’rinlarda rasm asosida tuzilgan gapning nusxasini o’quvchilarning o’zlari chizadilar. Nusxa asosida gapning yozilishini izohlaydilar.
Predmet rasmi berilgan o’rinda shu predmet nomi – so’z bo’g’in – tovush jihatdan tahlil qilinadi, so’zdagi, tovushlar soni suhbat yo’li bilan aniqlanadi va tasmachada belgilanadi.
Shu so’zni men talaffuz qilaman, siz unda nechta bo’g’in borligini aniqlaysiz (non – bir bo’g’inli so’z).
Non so’zini aytib, so’z boshidagi va oxiridagi bir xil undoshni ayting (n).
Nooon – qaysi tovushni cho’zib aytdim? (o unli tovushini)
Demak, so’zda nechta tovush bor? (3 ta tovush bor)
Tasmachani nechta katakchaga ajratish kerak? (3 ta katakchaga ajratish kerak )Undosh va unli tovushning o’rnini bo’yang.
Mazmunli rasm asosidagap nusxasiga mos gap tuziladi. Byning uchun o’quvchi shu nusxaga mos savol beradi. Masalan: Qizchaga ism qo’ying. Noila nima kiydi? (Noila do’ppi kiydi, yoki: Noila ko’ylak kiydi… Shundan so’ng qisqacha gapning necha so’zdan tuzilgani, boshlanishi, oxiriga nuqta, so’roq, undov belgisi qo’yilishi ustida tahlil ishlari o’tkaziladi.
Harfning yozma shakli uning bosma shakli bilan taqqoslash orqali tanishtiriladi.
Bulardan tashqari, daftar sahfalarida yozishga o’rgatish bilan bog’liq ta’limiy o’yinlar ham berilgan.
Bunda avvalo unli va undosh qo’shib o’qiladi, hosil bo’lgan so’zlar (on, o’n, un, in) o’z qatoriga yoziladi. Harflarning ulanishiga alohida diqqat qaratiladi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin