2.Yozuv daftari asosida hosil qilinadigan imloviy bilimlar.
O’qituvchi yozuv daftari bilan ishlashdan oldin “Bugun o’quvchilarga nimani o’rgataman?”, “Nima uchun o’rgataman? Qanday o’rgataman?” degan mulohaza yuritishi zarur. Aks holda yozuv darslari quruq yozish, nusxa ko’chirish darsi bo’lib qoladi.
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to’g’ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o’rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o’quvchilar “Yozuv daftari” bilan ishlaydilar. Sinfda o’rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo’lgani ma’qul.
To’g’ri hosil qilingan grafik malakalar esa boshlang’ich sinf o’quvchilarining imloni o’zlashtirishlariga ijobiyta`sir ko’rsatadi. Chunki yozish malakasini egallamagan o’quvchida boshqa bilimlarni o’zlashtirishga havas bo’lmaydi. Shu sababli har bir o’qituvchi avvalo yozuvning elementar talablariga e`tibor berib, bolaga yozuvga ichki ehtiyoj, qiziqish hosil qilishi lozim. Aslida grafik, grammatik, imloviy bilimlar har paytda hosil qilinadigan, bir-biri bilan uzviy bog’liq hodisalardir. O’qituvchi shuni nazarda tutib darsda uyushtiradigan ish turlarini izchil amalga oshirishi lozim.
Yozuv darslarida quyidagi imloviy bilimlar hosil qilinadi: unlilarning yozilishi (a, o, u, i, o’, e), ayrim undoshlarning yozilishi, ba`zi bosh harf bilan yoziladigan so’zlarni to’g’ri yozish, gapda so’zlarni alohida-alohida yozish, so’zlarni bo’g’inlarga ajratib yozish kabi.
3.Yozuv daftari asosidagi diktant turlari
O’quvchilarning grafik va imloviy bilimlari yozuv darslarida o’tkaziladigan diktantlar yordamida aniqlanadi. Bu diktantlar ta`limiy xarakterga ega bo’lganligi uchun ular grafik va imloviy bilimlarni o’rgatish, singdirishga yo’naltirilgan.
Yozuv darsida o’tkaziladigan diktantlar materialiga ko’ra : harfiy diktant, bo’g’in diktant, so’z diktanti, gap diktant turlariga ajratiladi.
Dastlabki soatlarda bo’sh qatorlarga 1-2 yoki 3-4 ta harf yozdirish bilan cheklaniladi, keyinchalik esa qator to’ldirib yozdiriladi. Bunda harf shaklini to’g’ri yozishlariga, chiziqlar orasida to’g’ri joylashtirishlariga, oralarida teng masofa (bir katak) qoldirishlariga diqqat qaratiladi:
Dostları ilə paylaş: |