O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

(JN) 
va oraliq nazorat 
(ON) 
turlari bo‗yicha 55 ball va undan 
yuqori balni to‗plagan talaba fanni o‗zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan 
bo‗yicha yakuniy nazoratga o‗z xohishiga ko‗ra kirmasligiga yo‗l qo‗yiladi. 
Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir 
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari yig‗indisiga teng. 
ON ishchi 
o‗quv reja va ishchi dasturga muvofiq professor-o‗qituvchi 
tomonidan tuzilgan, kafedra mudiri tomonidan tavsiya etilgan va fakultet dekani 
tomonidan tasdiqlangan jadval asosida darsdan tashqari vaqtlarda o‗tkaziladi. 
YaN 
semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida tasdiqlangan jadvalga muvofiq o‗tkaziladi.
 
JN 
va 
ON 
nazoratlarda saralash balidan kam ball to‗plagan va uzrli sabablarga 
ko‗ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu 
73
http://www.tsue.uz 


136 
nazorat turigacha, so‗nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha 
bo‗lgan muddat beriladi.
 
Talabaning semestrda 
JN 
va 
ON 
turlari bo‗yicha to‗plagan ballari ushbu 
nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‗lsa yoki semestr davomida joriy, 
oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‗yicha to‗plagan ballari yig‗indisi 55 baldan kam 
bo‗lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. 
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‗lsa, fan bo‗yicha nazorat turi natijalari 
e‘lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan 
murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‗ra 
rektor buyrug‗i bilan 3 (uch) nafardan kam bo‗lmagan tarkibda appelyatsiya 
komissiyasi tashkil etiladi. 
Appelyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‗rib chiqib, shu kunning 
o‗zida xulosasini bildiradi. 
Baholashning o‗rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‗tkazilishi 
hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‗quv-uslubiy boshqarma 
hamda monitoring va ichki nazorat bo‗limi tomonidan nazorat qilinadi. 
13.2-jadval
74

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin