O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Talabalar bilimini sinash va baholash usullari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Talabalar bilimini sinash va baholash usullari. 
Talabalar bilimini sinash va 
baholashda qanday usulni tanlash, o‗tilayotgan fan, qo‗yilgan maqsad, o‗qituvchining 
tanlovi kabilarga bog‗liq.
Talabalar bilimini baholashda test muhim o‗rin tutadi. Testlar talabalar bilimini 
baholash, bilim olishga ko‗maklashishdan tashqari masala yechish, referat yozish 
yoki savolga og‗zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan 
ajralib turadi.
Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning obyektiv usuli hisoblanadi, sababi 
unda o‗qituvchi bilan talaba o‗rtasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol 
o‗ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta‘sir etmaydi.
Testlarni yakuniy nazoratdan tashqari mavzuni boshlashdan avval ham, joriy 
va oraliq nazoratda ham qo‗llash mumkin.
Mavzu bo‗yicha dars o‗tishdan avval qo‗llanilgan pretestlar talabalar diqqatini 
shu testdagi asosiy xatolarga, o‗rganilayotgan kategoriyalarga qaratish imkonini 
beradi. Pretestda unga tanish bo‗lmagan g‗oya, tushuncha, gohida alohida so‗z bilan 
to‗qnash kelib, ularni mustaqil o‗rganishga harakat qiladi. Ular talabani mustaqil 
ishlashga undaydi, yo‗llanma beradi.
Oraliq testlar darsni o‗zlashtirish jarayoni qanday kechayotganini nazorat qilish 
imkonini beradi. Oraliq testlarning natijasini muhokama qilish jarayonida fandagi 
asosiy tushunchalarni samarali takrorlash va xotirada saqlash imkoni vujudga keladi. 
Testlar talabalar bilimini butun dastur bo‗yicha, shuningdek, tor tanlash doirasida 
yoki alohida ahamiyatga ega, yoxud an‘anaviy o‗zlashtirish qiyin tushuncha, 
mavzular bo‗yicha nazorat qilish, baholash imkonini beradi.
Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, oraliq 
testlar o‗tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko‗ra o‗qituvchi dastur bo‗yicha 
o‗z ishini, dars o‗tiladigan savollarni ko‗rib chiqadi, kelgusida dars o‗tishda qaysi 
savollarga ahamiyat berishni mo‗ljallaydi.
Testlar talabalar bilimini sinash va baholashda qator afzalliklarga ega bo‗lish 
bilan birgalikda, kamchiliklari ham bor. Test savollarini tuzish ko‗p mehnat, vaqt 
69
http://www.tsue.uz 
70
http://www.tsue.uz 


132 
talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda o‗qituvchilar ko‗proq tayyor test 
savollaridan foydalanishmoqda.
Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning mumkinligidir.
Iqtisodiy fanlar, ma‘lumki, mantiqiy fikrlashga o‗rgatibgina qolmay, o‗z fikrini 
atrofdagilarga tushuntirish, o‗rtoqlashish, nutq so‗zlash, ilmiy munozaralar olib 
borish, boshqa kishilarni fikrini tanqidiy nuqtayi nazardan baholashga ham o‗rgatishi 
kerak. Testlar esa bunday imkoniyatga ega emas.
Talabalar bilimini sinash va nazorat qilishda masala, mashqlardan ham keng 
foydalanish mumkin. Masala-mashqlar talabaning bilimini keng ko‗lamda tekshirish, 
olgan nazariy bilimini real hayotda qo‗llay bilish imkonini ochib beradi. 
O‗rganilayotgan savolni mohiyatini talaba tushungani yoki tushunmaganini 
aniqlaydi.
Bu usulning ham o‗ziga xos kamchiliklari bor. Birinchidan, talabani hisoblash 
bilan birga keng mushohada yuritishga yo‗naltiruvchi masalamashqlar tuzish oson 
emas. Ikkinchidan, talabalar hisob-kitobga haddan ziyod berilib ketib, nazariy 
jihatdan tahlil qilishga kam e‘tibor qaratishadi. Uchinchidan, masalamashqlar tor 
doiradagi savollarni qamrab oladi.
Talabalar bilimini sinash va baholashning keyingi paytda keng qo‗llanilayotgan 
usullaridan biri yozma ish yozishdir. Uning afzalligi shundaki, yozma ish uchun 
savollar oson tuziladi.
Talabalarni o‗z fikrlarini ijodiy ravishda bayon qilishlari uchun katta imkoniyat 
mavjud. Undan tashqari tavakkal qilib, javob berib bo‗lmaydi.
Talabalar bilimini sinash va baholashda yozma ish yoki esse yozishdan 
foydalanish mumkin.
Yozma ishning kamchiligi uni o‗qib chiqish uchun ko‗p vaqt talab qilinadi. 
Baholash qiyin. Ko‗p savollarni qamrab olmaydi. U esse tarzida yoki tayanch ibora, 
atamalar asosida yozma topshiriq tarzida bo‗lishi mumkin.
Esse yoki yozma topshiriq berilar ekan, har bir talabaning ishini obyektiv 
baholash uchun baholashning mezonlarini ishlab chiqish kerak. Bu mezonlarda 
talabalarning ishi ball bo‗yicha qanday baholanishi ko‗rsatiladi.
Yozma ishni baholashda ikki xil yondashish mavjud. Birinchisi, reyting 
usulidan foydalanish. Bu usulda ishning umumiy sifati qiziqtirib, ayrim tomonlariga 
e‘tibor berish zarurati yo‗q bo‗lsa, qo‗l keladi. Odatda, bu usul ko‗proq tayanch 
iboralarga asosida yoziladigan yakuniy nazorat ishida qo‗llaniladi. Yozma ish sifatiga 
ko‗ra ish 3-5 kategoriyaga bo‗linadi. So‗ngra ular ishning sifatiga ko‗ra 
tabaqalashtirib baholanadi. O‗qituvchi yozma ishni talabalarga qanday mezonga 
ko‗ra baholanishini tushuntirishi kerak.
Yozma ish o‗quv yilining oxirida yakuniy baholash uchun o‗tkazilib, ko‗p 
variantli usulda qo‗llaniladi. Har bir variantda asosiy savol va tayanch tushunchalar 
bo‗lib, ularga alohida javob yoziladi.
Qo‗yilgan savolga to‗g‗ri va to‗la javob yozilsa, savolning mohiyati, mazmuni 
yoritilib, boshqa iqtisodiy hodisa, jarayonlar bilan bog‗lab, hayotiy misollar bilan 
boyitilib, izchil, mavjud adabiyotlarda yoritilishiga baho berishga intilsa, mantiqiy 


133 
yaxlitlikka erishilsa, talabaga yakuniy nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 86 
– 100 foizi darajasida baholanadi.
Berilgan savolga to‗g‗ri javob yozilsa, qo‗yilgan savollarning mazmuni, 
sabablari ochib berilsa, boshqa iqtisodiy hodisa va jarayonlar bilan aloqadorligi
bog‗lanishlari ko‗rsatilsa, hayotiy misollar bilan asosan to‗g‗ri yoritilsa, lekin ta‘rif 
berishda va hayot bilan bog‗lashda ayrim noaniqliklarga yo‗l qo‗yilsa, yakuniy 
nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 71-85 foizi darajasida baholanadi.
Qo‗yilgan savolga asosan to‗g‗ri javob yozilsa, biroq masalaning mohiyati, 
mazmuni, boshqa hodisa va jarayonlar bilan aloqadorligi to‗la yoritilmasa, hayotiy 
misollar keltirilmasa yoki qisman keltirilsa, bunday ish maksimal ballning 56-70 foizi 
darajasida baholanadi.
Berilgan savolga javob yozilmasa, noto‗g‗ri yoki yuzaki javob yozilsa, uning 
mazmuni, sabablari, boshqa iqtisodiy hodisa va jarayonlar bilan aloqadorligini bayon 
qilishda, hayotiy misollar keltirishda chalkashliklarga, xatoliklarga yo‗l qo‗yilsa, ish 
yakuniy nazoratga ajratilgan maksimal ballning 0-55 foizi darajasida baholanadi.
Ikkinchi yondashishdagi baholash mezonida, ishning sifati avvaldan ishlab 
chiqilgan baholash standarti bo‗yicha amalga oshiriladi. Bu usul rubrikatsiyalash 
deyiladi. Bunda mezonlar alohida rubrikatlarga bo‗linib, har biri qancha ball bilan 
baholanishi ko‗rsatiladi. Ishni baholashda rubrikatsiya jadvalidan foydalaniladi. 
Bundy yondashish ko‗proq esselarni baholashda qo‗llaniladi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin